Referat mavzu: Korrupsiya tushunchasining mazmun mohiyati va namoyon bo’lish xususiyatlari


partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib


Download 185.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi185.45 Kb.
#1330557
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat Asil 2


partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib 
borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa 
mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. 
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni 
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. 
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi 
mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. 
Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” 
sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr 
yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga 
qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi. 


Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni 
bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati 
yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi. 
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi 
navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli 
qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar 
shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi. 
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli 
instansiyalar tomonidan tartibga solinishi: 
aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki; 
davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda 
topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi; 
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; 
inflyasiyaning yuqori darajasi; 
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi; 
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. 
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud. 
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi 
tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) 
yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket 
qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham 
bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki 
tuzilmalar yaratilgan. 
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini 
oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali 
kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga 
erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k. 
Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni 
korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz 
bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali 
usul hisoblanadi. 


Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, 
Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi 
kurashda muhim o‘rin egallaydi. 
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati 
ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy 
nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy 
savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni 
korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. 
Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda 
toʻgʻanoq boʻladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Bozor 
iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama 
hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz toʻsiq ham ayni shu 
korrupsiya hisoblanadi. Har yili oʻnlab qoʻshma korxonalarning ochilishi va 
yopilishi zamirida ana shu “koʻrinmas qoʻllar” yotadi. Korrupsiya darajasi 
yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl 
sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga oʻxshaydi. 
Oldin Gʻarb, keyinroq Osiyo davlatlarida bu masala chuqurlashib, jamiyatda 
“kasallik” hududi, koʻlami va darajasi kuchayib borayotgan ekan, nima qilmoq 
kerak, degan doimiy savol paydo boʻladi. Nima qilsa, dunyoni egallab, mamlakatlar 
iqtisodiyotiga raxna solayotgan bunday balo-qazoning taʼsir doirasi kamayadi?! 
Korrupsiya keng qamrovli tushuncha boʻlib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, 
toifalari, guruhlarikundalik faoliyatiga aylanib, oʻzaro bir-biriga bogʻlanib, 
chirmashib ketganligidan koʻz yumib boʻlmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu 
masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak boʻlishi, 
shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar 
tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. 
Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, 
siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini 
topish ustida bosh qotirishi lozim. 
Keyingi yillarda xorij, jumladan, MDH mamlakatlari matbuotida korrupsiyaga 
qarshi kurashish yoʻllari haqida maqolalar paydo boʻla boshladi. MDHga aʼzo 
mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, biz 


shoʻrolar tuzumidan qutulganimizga oʻttiz yilboʻlganiga qaramay, sud-huquq 
organlari hamon davlat hokimiyatining itoatkor organiga aylanganicha turibdi. Bu 
jamiyat kushandasi, yaramas illat haqida davlatimiz rahbari deyarli har bir 
chiqishida taʼkidlab oʻtadi. Biz viloyatlar sessiyalarida tashkiliy masala koʻrilganda, 
birinchi navbatda, mazkur masalaga roʻbaroʻ kelmoqdamiz. 
Poraxoʻrlik va korrupsiya oʻzbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik 
yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. 
Garchi bu masala uzoq yillardan beri taʼkidlanib, “qoʻlga tushgan” amaldorlar 
televideniye va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora 
rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, 
tamagirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yoʻqolib ketmayapti. 
Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga 
olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay 
qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning 
yetarli darajada emasligi, oʻz haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat 
mezonining buzilishini koʻpaytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat 
tashkilotlari shaklan demokratik mezon, oʻarb andozasiga oʻxshasa-da, mazmun-
mohiyatiga koʻra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga 
siljishimizga xalaqit beradi. 
Bizningcha, bu borada bitta tashkilot — adliya organlari roli kuchayib, imtiyozlari 
koʻpayib borishi kerak. Yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish 
agentligi ham Adliya vazirligi bilan qonun ustuvorligini toʻliq taʼminlagan holda, 
barcha ishni birga olib borishi davr talabi. 
Davlat va jamiyatda inson ongi, dunyoqarashi bilan bogʻliq muammolar tahlilidan 
kelib chiqsak, sobiq ittifoqdan meros qolgan korrupsiya illatiga qarshi kurashda hali 
ancha aziyat chekishga toʻgʻri keladi. Sababi Xitoy va Singapurnikiga oʻxshagan 
yuqoridan quyigacha qatʼiy ishlaydigan iyerarxiya tizimi hali toʻliq ishga 
tushmagan. 
Lekin bu tabiiy jarayonni sunʼiy ravishda sekinlashtirmaslik yoki ayrim kuchlarning 
tazyiqi ostida “toʻxtatmaslik” lozim. Bu borada rivojlangan davlatlar boy 
tajribasidan unumli foydalanish zarur. Masalan, AQSHda reportyor-jurnalistlar 
korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali jamoat nazoratini oʻrnatgan. MDHda, 


jumladan, Oʻzbekistonda surishtiruv jurnalistikasi sayoz holatda boʻlib, bugungi 
davr ehtiyojidan orqada qolmoqda. 
Aniqroq aytadigan boʻlsak, jinoyatchilar “kirdikor”larini fosh etishga urinib, 
mustaqil surishtiruv olib boradigan fidoyi jurnalistlar himoyasi ishlamaydi. Bundan 
ham achinarlisi, hozirgi kunda biron-bir rahbarning yashirin boylik orttirishini 
isbotlagan maqola matbuotda chop qilinsa-da, unga qatʼiy choralar koʻrilmaydi, 
ahvol ham oʻzgarmaydi. Masalan, bir vaqtlar rahbar haqida felyeton chiqsa, 
partiyadan oʻchirilar, qamalar, shuning uchun amaldorlar “toʻrtinchi hokimiyat”dan 
hayiqardi. 
Demak, “Mushtum”ga oʻxshagan ikki-uchta kuchli vaqtli matbuot nashri faoliyati 
qoʻllab-quvvatlansa va televideniyeda maxsus koʻrsatuvlar deyarli har kuni (xoh 
katta, xoh kichik tamagirlik holati boʻlsin) berib borilsa, koʻpchilik hushyor tortishi 
aniq. Tanqidsiz taraqqiyot boʻlmasligi fuqarolar ongiga singdirib borilishi -kerak, 
deb hisoblaymiz. 
Jamiyatda ustuvor soha — taʼlim tizimida tahsil oladigan oʻsmirlar, yoshlar ongida 
tolerantlikni uygʻotish muammosi oldimizda koʻndalang turibdi. “Jamiyatda 
poraxoʻrlik illatini yengib boʻlmaydi”, degan fikr yoshlar ongida shakllanib qolgani 
(Yaponiya yoki Xitoy fuqarosi ongida nega u shakllanmaganligi alohida mavzu) eng 
katta kamchiligimiz. 
Bu borada oʻnglanish, siljish qilmasak, millatimiz obroʻsiga korrupsiya illati soya 
solib turaveradi. Toki, biz oilada, bogʻchada, maktabda oʻgʻil-qizlarimiz ongiga, 
ruhiyatiga tamagirlik, poraxoʻrlik yomon illatgina emas, balki u jamiyatimiz 
tanazzuli, iqtisodiyotimiz orqaga ketishi sababi ekanligi haqida koʻproq tarbiyaviy 
va targʻibot ishlarini olib bormasak, maqsad-muddaoga erisha olishimiz qiyin. 
Soʻnggi yillarda Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan davlat xalqqa xizmat qilishi 
kerak, degan ulkan gʻoya fuqarolik jamiyati institutlariga tizim va dasturlarni ishlab 
chiqish imkoniyatini bergan edi. Ammo nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy 
Download 185.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling