Referat mavzu: kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar,magistirlik va doktorlik dissertatsiyalari, o’quv qo’llanma hamda darsliklar monografiyalarni tahlil qilish


Download 0.57 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1542063
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ibrohimova nafisa

referat

mavzu:kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar,magistirlik va doktorlik dissertatsiyalari, o’quv qo’llanma hamda darsliklar monografiyalarni tahlil qilish

Bajardi:ibrohimova nafisa

reja

  • Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar haqida
  • Magistirlik va doktorlik dissertatsiyalari?
  • Monografiya haqida umumiy ma`lumot.
  • Xulosa


Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo‘yiladigan talablar. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlar muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga qo‘yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi bilan bog’liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari va bank tizimining rivojlanish tendentsiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ish mavzusi keng qamrovli nazariy va amaliy xususiyatga ega bo‘lishi, tijorat banklarini rivojlantirishning eng muhim vazifalarini qamrab olishi va ilmiy-ishlab chiqarish yo‘nalishida tadqiqotlar olib borishni nazarda tutishi lozim. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ish mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, biznes, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.

Mavzuning dolzarbligini asoslashda ushbu masala ustida tadqiqotlar olib borish nima uchun zarurligini, tijorat banklari bilan bog’liq qanday muammolar bunga sabab bo‘lganini va tadqiqot yakunlari bo‘yicha erishilajak natijalar muammoni echishga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniq bayon etib berish lozim. Mavzu tanlashda ayrim talabalarning istiqbolda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga layoqati borligini nazarda tutgan holda bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu kelgusida magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlashda ham davom ettirilishi maqsad qilib qo‘yilishi mumkin. Shu bilan birga tavsiya qilinayotgan va tanlangan mavzuning o‘quv jarayonida foydalanishini ham nazarda tutmoq lozim. Buning uchun mavzuning o‘qilayotgan ma’ruza yoki olib borilayotgan amaliy mashg’ulot dasturida o‘z ifodasini topishiga erishish lozim Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari ixtisoslashgan kafedralar tomonidan belgilanadi va unstitutning ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi, mavzular har o‘quv yilida 20-30 foizga yangilanishi tavsiya etiladi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling