Tayanch so’z va iboralar: Ma’lumotlar bazasi va banki, ekspert tizimlari, multimedia,
texnologiya, tarmoq, internet, internet xizmatlari, distansion ta’lim.
3.1. Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar
Tashkiliy boshqaruvning zamonaviy axborot tizimlari qaror qabul qiluvchi mutaxassislar,
rahbarlarga o’z vaqtida, ishonchli axborotlarni kerakli miqdorda olishga, avtomatlashtirilgan
ofislarni tashkil qilish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llash bilan tovushli va rasmli
tasvirlarga ega tezkor yig’ilishlarni o’tkazish uchun sharoitlar yaratishda yordam ko’rsatishga
mo’ljallangan. Bunga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga o’tish orqali
erishiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari - bu, quyidagilarga asoslangan
texnologiyalardir:
- SHK va tashkiliy texnikalarni hamma joyda qo’llash;
- Foydalanuvchilarni (hisoblash texnikasi va dasturli sohada kasb egasi
bo’lmaganlarni) axborot jarayonlarida faol ishtirok etishida;
- Do’stona foyalanuvchi interfeysining yuqori darajasiga;
- Umumiy va muammoli belgilanishdagi amaliy dasturlar paketidan keng
foydalanishga;
- Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlarga shu jumladan, SHKning
mahalliy va global tarmoqlari tufayli uzoqdagilarga ham kirish imkoniyatlariga;
- Mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joyi yordamida boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqish va qabul qilishda vaziyatlarni tahlil qilishga;
- Sun’iy bilim tizimlarini qo’llashga;
- Ekspert tizimlarni tadbiq etishga;
- Telekommunikasiyalar vositalaridan foydalanishga;
- Geoaxborotli tizimlar va boshqa texnologiyalarini yaratishga.
Do'stlaringiz bilan baham: |