Referat mavzu: Marketing rejasi Bajardi: ik 419 guruhi talabasi – Ismoilov Shoxrux Marketing rejasi


Download 28.01 Kb.
bet5/7
Sana04.02.2023
Hajmi28.01 Kb.
#1162865
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat mavzu Marketing va uning nazariy asoslari Bajardi 102

Marketing sub'ektlari
Xizmatlar (uy-ro’zg’or, ishlab chiqarish, moliyaviy, transport va aloqa, ijtimoiy, intellektual) - marketing faoliyatining eng yaxshi rivojlanayotgan sektori. Ularning sifati o’zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog’liq va ularni standartlash qiyin.

G’oyalar rivojlanish va prognoz stsenariylari, loyihalar, texnologiyalar, patentlar, nou-xaular, ijtimoiy me'yorlar va an'analar, ehtiyojlar va ularning ierarxiyasini o’z ichiga oladi. g’oyalar marketingi mualliflik birinchiliklarini huquqiy ta'minotining rivojlanishiga uzviy bog’liqdir.

Tashkilot marketingning ob'ekti sifatida tashkiliy struktura va modellar jihatidan ham, huquqlar, imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi mumkin. Biznes muhitida va umuman jamiyat nazarida tashkilotning obro’izzati haqida alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji, odatda, firmaning, tovarning belgisi yoki firmaning xizmat ko’rsatish belgisi bilan tavsiflanadi.

Hududlarga marketing ob'ektlari sifatida uyjoy, dam olish joylari, xo’jalik qurilishlari, investitsiya ob'ekti sifatida er ham kiradi. Ancha kengroq ma'noda hududlar marketingi haqida gapirganda ko’chmanchilar, turistlar, biznesmenlar kategoriyasini umumiy holda belgilash, moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni tushunish mumkin.

Shaxs haqida gapirganda, avvalo, mehnat resurslari va ish joylari bozorini, shuningdek, madaniyat, san'at, siyosat, fan, ta'lim, tibbiyot, sport va boshqa sohalardagi buyuk shaxslar bozorini nazarda tutadilar.

Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud:
1. Maksimal yuqori iste'molga erishish.
2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash.
4. hayot sifatini maksimal ko’tarish.
Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy muhitning sifati.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi. Marketingni qo’llaydigan firmaning asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini Filipp Kotler quyidagicha ta'riflaydi:


Download 28.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling