Отформатировано: Поз.табуляции:
9,82 см, по левому краю + нет в
8,25 см + 16,5 см
Отформатировано: Шрифт: 16 пт,
узбекский (латиница)
1- nav undan tayyorlangan bug„doy non ham pechda va ham formali qilib,
ham tortilib va ham donalab sotiladigan qilib pishirilgan, g‘ovak-g‘ovak, chuchuk
(kislotaliligi kam) bo‘ladi. 2-nav bug„doy unidan tayyorlangan non formali yoki
pechda yopilgan 3kg gacha og‘irlikdari katta yumaloq nondir. U tortilib va donalab
sotiladigan bo‘lib, o‘ta g‘ovak-g‘ovakligi va kislotasi kamligi bilan farq qiladi.
Jaydari bug„doy unidan tayyorlangan non formali yoki pechda yopilgan, og‘irligi
ko‘pi bilan 4 kg bo‘lgan yumaloq bulka non yoki og‘irligi 0,5-1 kg lik donalab
sotiladigan formali turlarda bo‘ladi, g‘ovakliligi o‘rtacha va kislotaliligi ko‘p
bo‘ladi.
Bug‘doy nonining asosiy yaxshilangan turlari quyidagilardir:
Kepaksiz non oliy nav undan shakar qo‘shib (4%) formada va pechda,
og‘irliri 2,5 kg lik qilib pishiriladi. Juda g‘ovak-g‘ovak va chuchuk (kislotasi kam)
bo‘ladi. Mayizli kepaksiz non oliy nav bug‘doy unidan tayyorlanadi, xamirga
shakar (4- 5%), qiyom (2%), mayiz (10%) va margarin (2%) qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |