Referat mavzu: Milliy g’oya va oilada shaxs tarbiyasi Bajardi: Aliqulov Kamoliddin Tekshirdi: Shoira Ayibovna Guruh: spp 21
Download 50.44 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy g’oya
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti < > Oila psixologiyasi fanidan REFERAT Mavzu: Milliy g’oya va oilada shaxs tarbiyasi Bajardi:Aliqulov Kamoliddin Tekshirdi:Shoira Ayibovna Guruh:SPP-2.21 Mavzu:Milliy g’oya va oilada shaxs tarbiyasi Reja: 1.Milliy g’oya 2.Oilada shaxs tarbiyasi 3.Xulosa 4.Foydalanilgan adabiyotlar Milliy g’oya Milliy g’oyani omma ongiga singdirishni eng avvalo oiladan boshlash, oilaning etnopsixologik xususiyatlarini, oila a’zolari ongiga sog’lom fikrlarni singdirishning pedagogik tamoyillarini, psixologik mexanizmlarini, oila a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning ma’naviy-madaniy jihatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Bugun barchamizga istiqlol mafkurasi va milliy g’oya mamlakatimiz erishayotgan va erishajak yutuqlarning asoslaridan birini tashkil qilishi, millatni millat, xalqni xalq qilib birlashtiruvchi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining zaruriy mezoni ekanligi tarixiy haqiqatdir. “Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo`lib yetishishiga bevosita ta’sir ko`rsatadigan tarbiya o`chog’i ekanini tan olishimiz darkor” 26 . Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs mafkuraviy tasavvurlarining asosida yotgan fazilatlar o`smirning eng avvalo oilaviy munosabatlar tizimida tutgan o`rnidan, ota va ona, oiladagi boshqa katta avlod vakillarining ijtimoiy mavqelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero, mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar shaxsning yaxlit strukturasidagi muhim omillardan hisoblanadi. Milliy g’oyani oila muhitida bolaning ongi, qalbiga singdirishning muhim vositasi – bu oilaviy qadriyatlarni saqlash va ilg’or oilaviy an’analarni kundalik tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining bir bo`lagiga aylantirishdir. Bunda ota-onaning o`rni va roli bevosita xarakterga ega bo`lib, faqat sog’lom muomala va samimiyat muhitigina o`smirning dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo`yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o`rtaga qo`yilgan maqsadlarga erishish o`zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat-shijoatiga, to`la-to`kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir. SHu nuqtai nazardan, oilaviy an’analar, rasm-rusmlar va odatlar orqali bolalarimiz ongiga milliy g’oyani va istiqlol mafkurasini singdirishni ta’minlovchi psixologik omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish o`ta dolzarb va muhim vazifadir. Xalq psixologiyasida mafkuraviy ta’sirchan omillar mohiyatini bilish, yangicha rasm-rusmlar marosimlarning ahamiyatli tomonlarini kundalik turmush tarziga aylantirish yoshlar e’tiqodiga samarali ta’sir ko`rsatuvchi pedagogik texnologiyalarga kiradi. Ta’kidlash joizki, oila ijtimoiy institut sifatida o`zining barcha vazifalarini bajargan taqdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning kafolatli o`chog’iga aylanadi. Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o`stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan yetuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni, ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog’lom, barkamol inson faqat sog’lom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi sog’lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining aslosidir. Statistik ma’lumotlarga ko`ra bugungi kunda ayrim G’arb mamlakatlarida bir yilda o`nta nikohdan yettitasi buzilar ekan. SHuning o`ziyoq ma’naviy hayot, ahloq-odob masalasiga beparvolik va loqaydlik, erkinlikni o`zboshimchalik deb tushunish qanday og’ir va ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko`rsatib turibdi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, asrlar davomida o`zbek oilasi mustahkam va baxtli bo`lishi uchun o`zida yaxshi ma’nodagi paternalizm tamoyilini asrab kelmoqda. Paternalizm (lot. Pater – ota, paternus – otalarcha,) – kishilar ongiga “otalarcha g’amxo`rlik” va “ijtimoiy sheriklik” g’oyasini singdirishga qaratilgan qarash va faoliyat majmui. Oila muhitidagi paternalizm – otaning obro`- e’tiborliligi, farzandlar tarbiyasi va oila farovonligidagi o`z o`rni va mas’uliyatini anglashi va buning oila a’zolari tomonidan ongli e’tirof etilishidir. Bundan tashqari, ushbu tushuncha oiladagi keksalar, qariyalar, yoshlar, yordamga muhtojlar yoki iqtidorlilarga hamisha ko`maklashish, ular uchun yetarli hayot sharoitini yaratishni ham nazarda tutadi. Paternalizm g’oyasi o`zida insonparvarlik, hamkorlik g’oyalarini ifodalab, xalqning umumiy qiziqish va intilishlarini aks ettirgani uchun ko`p hollarda jamiyatni birlashtirib, uning ravnaqi uchun xizmmat qiladigan omil hisoblanadi, bu tom ma’noda mohiyatan o`zbek oilalarida o`z ifodasini saqlab qolgan. Bu qadriyat “oilaviy burch”, “hamjihatlik ruhi”, “fidoyilik”, “vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadoqat”, “kattalarga hurmat”, “kichikka g’amxo`rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi. ugun biz nihoyatda murakkab, tahlikali, tahdidli va tajovuzkor dunyoda yashayapmiz. Jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalar, beqaror siyosat, gegemonlik vasvasasi, o‘zaro ziddiyatlar, millatchilik kabi bo‘hronlar bizdan har qachongidanda ko‘proq milliy mustahkamlikni talab etmoqda. Milliy birlik yuksak milliy g‘oya zamirida shakllanadi, millatni yagona maqsad yo‘lida birlashishga da’vat etadi.O‘zbekistonning milliy g‘oyasi qanday bo‘lishi kerak? Mazkur savolni hozirgi taloto‘pli davrda hayotning o‘zi oldimizga ko‘ndalang qo‘ymoqda. Zero, milliy g‘oya barcha maqsad-muddaolarimizning kaliti hisoblanadi. G‘oyasizlik yoki ikkinchi darajali g‘oya millatni zaif qiladi, turg‘unlikka yetaklaydi. Agar teran mulohaza yuritsak, tevarak-atrofga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyoning rivojlangan mamlakatlari hayotidagi barcha buyuk tarixiy hodisalar tag-zaminida to‘g‘ri tanlangan va o‘zgarmas milliy g‘oya mujassam ekanligiga ishonch hosil qilamiz.Shu ma’noda, O‘zbekistonning milliy g‘oyasini ilgari surish payti keldi. Bizningcha, u sifatli ta’lim va samarali ilm-fan negizida yuqori intellektual darajali avlodni tarbiyalashdan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Chunki yuqori intellektual darajali avlodning paydo bo‘lishi, jamiyatning barcha bo‘g‘iniga kirib borishi, mamlakatdagi mavjud sohalarning ijobiy o‘zgarishiga, yangilanishiga, rivojlanishiga, taraqqiy etishiga olib keladi.Buyuk Sharq faylasufi Konfutsiy «Bilimsizlik insoniyat uchun eng qorong‘i tundir», deganida ming karra haq. Negaki, ilm insoniyatni yuksaklikka ko‘tarsa, bilimsizlik uni faqat tubanlik, jarlik sari yetaklaydi. Bunga insoniyat tamaddunida misollar juda ko‘p. Shuning uchun ertasining farovon bo‘lishini o‘ylagan jamiyat ilm sari intiladi, yosh avlodga bilim o‘rgatish, ziyo tarqatish payidan bo‘ladi. Biz bugun tarixiy davrda — istiqlol yillarida amalga oshirilgan islohotlarning samarasi to‘la-to‘kis namoyon bo'layotgan, xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Istiqlol yillarida yuqori o‘sish sur’atlariga erishilgani, jamiyatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy barqarorlik ta’minlangani, uning ma’naviy-ma’rifiy negizlari mustahkamlangani, um um an hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlar dunyo jamoatchiligi, nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Ayni paytda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asarlarida ana shu tadrijiy jarayonning mazmun-mohiyati, xalqimizning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida qanday yutuq va natijalarga erishayotgani, aholining ongi va tafakkuri qanday o‘zgarib borayotgani, jum ladan, ma’naviyat, fan va ta’lim-tarbiya sohalaridagi islohotlarning maqsad-muddaolariga alohida c’tibor qaratilgan. Ushbu asarlarda istiqlol arafasi va mustaqillik yillarida Respublikamizning Birinchi Prezidenti rahbarligida 0 ‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot modelini tanlab olgani va bu yo‘ldan sobitqadamlik bilan borayotgani, keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlarni amalga oshirilayotgani, ularning falsafiy va g‘oyaviy omillari har taraflama chuqur yoritilgan. Prezidentimizning tarixiy dalil va raqamlarga, teran ilmiy fikr va xulosalarga tayangan, mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lini butun murakkabligi va keng qamrovi har tomonlama yoritilgan, demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va 0 ‘zbekistonning eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish istiqbollari ko‘rsatib berilgan asarlari vatanimizning istiqlol tarixini va jamiyatimizning bugungi kundagi taraqqiyot bosqichlarini falsafiy o‘rganishda, xususan mustaqillik falsafasining shakllanishi, rivoji bilan bog‘liq masalalarni anglashda mustahkam nazariy asos bo‘lib xizmat qilayotgani shubhasiz. Shu bilan birga Prezidentimiz asarlarida uzoq muddatli strategik maqsadlarimizga erishish, ya’ni zamonaviy rivojlangan davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini tubdan yaxshilash va jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga xolisona baho berish, davlat va jamiyatimiz hayotida demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalari belgilab berilgan. Shu ma’noda, alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda rivojlanib borayotgan ijtimoiy fanlar, jum ladan «Milliy g‘oya va 0 ‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» o‘quv kursining nazariy asoslari ham Prezidentimiz asarlarida o‘z ifodasini topgan. Agar xalqimizning mustaqillikka erishish davri, istiqlolimizni qo‘lga kiritish va uni muttasil mustahkamlash jarayoni qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit va jiddiy falsafiy tahliliy tadqiqotlar kamligini, xususan haligacha 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining shakllanishi va rivojlanish jarayonini mazkur asarlar asosida o‘rganishga imkon beradigan darslik va o‘quv qo'llanm alarning yo‘qligini inobatga oladigan bo‘lsak, mazkur yo‘nalishdagi izlanishlarning ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati yanada yaqqol ayon bo'ladi. Bu borada avvalo, «strateg», «strategiya», «strategema» kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini chuqur bilib olish «Milliy g'oya va 0 ‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» o‘quv kursining nazariy asoslarini anglab olishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash joizdir. «Strateg» (yunoncha «stratos» — lashkar, qo‘shin, «ago» yetaklayman, boshqaraman, ergashtiraman) — Qadimgi Yunonistonda keng huquqlarga ega bo‘lgan harbiy rahbar, lashkarboshi ma’nosini anglatadi. Hozirgi davrda «strateg» tushunchasining mazm uni ancha kengaygan va nafaqat harbiy, balki davlat boshliqlari va jam oat arboblariga nisbatan ham qo'llaniladi. Download 50.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling