Referat mavzu: Nafas olish azolari kasalliklari Bajardi: Jo’rayeva Sojida Tekshirdi: Ergasheva Nigora
Download 461.96 Kb.
|
Nafas olish azolari kasalliklari - Jo’rayeva Sojida
REFERAT Mavzu: Nafas olish azolari kasalliklari Bajardi: Jo’rayeva Sojida Tekshirdi: Ergasheva Nigora Nafas a'zolari kasalliklari bolalarning umumiy kasalliklari ichida oldingi o'rinlardan birini egallaydi. O'pka va havo o'tkazish yo'llarining kasalliklari (traxeya va bronxlar) har xil yoshdagi bolalarda paydo bo'ladi, lekin erta yoshdagi bolalarda shu iumladan yangi tug'ilgan chagaloqlarda tez- tez uchraydi. Asosiy klinik ko'rinishi. Bolalarda umumiy va shunga o'xshash mahalliy belgilar nafas a'zolarining zararlanganligi hagida ma'lumot beradi. Mahalliy belgilariga yo'tal, hansirash, ko'krak qafasida og'riq, balg am ajralishi, gon tuflash kiradi. Bunday klinik belgilar tana haroratining oshishi, holsizlik, ishtahaning pasayishi va boshqalar umumiy belgilariga kiradi, chunki bu belgilar ko'p kasal- fiklarda uchraydi, ular tashxis qo'yish uchun yordamchi ahamiyatga ega. Yo'tal nafas olish tizimi zararlanishida paydo bo ladigan muhim ahamiyatga ega bo'lgan belgilardan biri, u hatto sog lom kishilarda ham uchraydi. U o'zi bilan murakkab reflektor aktni namoyon etadi, nafas olish yo llarini yot tanachalardan, changdan yoki balg amdan tozalashga yo'nal- yotlat b igr ba, loc on n ta sonala, п ires velus (anisti arsvonida plevra tasirlanishida (masalan, plevritda) ham paydo bo ladi. Yo'tal qurug va ho'l, doimiy va davriy, xurujsimon, qattiq, tinch yo'talga bo'linadi. Quruq yo'tal, ya' ni balg amsiz yo'tal, nafas olish yo'lla- ri-katta bronxlar, plevrada g'ayri tabiiy jarayon (o'tkir yallig' lanish, o'sma, chandiq) ning paydo bo'lganda yoki juda yopishqoq balg'am ajralmaydigan hollarda kuzatiladi. Quruq yo'tal - yo'talaolmaydigan va shuning uchun ba- lg'amini yutib yuboradigan, kichik yoshdagi bolalarda uch- raydi. Quruq yo'tal ko'proq,. yugori nafas yo llarini o'tkir virusli kasalliklarining birinchi kunlarida, o'tkir zotiljam- ning boshlanishida, plevritda, surunkali laringitda, traxeya va higildoq stenozida kuzatiladi. Balg'amli yoki ho'l yo'tal nafas a'zolarining ko'pgina kasalliklarida uchraydi ya'ni pnevmoniya, surunkali bron- xit, bronxial astma, bronxoektazda va boshqa kasalliklarda. 'Davom etishiga garab doimiy va davriy yo'talga ajratila- di. Doimiy yo'tal surunkali bronxit, hiqildoq va traxeyaning surunkali kasalliklari, silga xosdir. Davriy yo'tal o'pka, bronxlarining surunkali kasalliklari gaytalanishida kuzatiladi. Ayrim vaqtlarda qaltiroqli (konvulsiv) yo'talda, yo'tal turtkisi bir-birining orqasidan keladi, bu esa qusish bilan tugallanadi. Mana shunaga yo'tal tutishlar (yo'tal reprizlari) ko kyo'talga xos belgidir, xurujsimon yo'tal bronxial astmada bo'g'ilish xuruji hisobiga ro'y beradi. Qattiq, «Akkillaydigan» yo'tal laringitda, higildogning allergik shishida, ko'kyo'talda kuzatiladi. Kalta yo'tal yoki tinch yo'tal bronxit, pnevmoniya, plevrit, sil kasalliklarida paydo bo'ladi. Balg'am, traxeya, bronx suyuqligi, g'ayritabiiy patalogik o'zgarishlarda tupurish vaqtida ajralib chigadi. Sog lom bolalardan odatda balg am ajralmaydi. Balg'amni tekshirish bronx, o'pka tizimidagi g'ayritabi- iy jarayonning tabiatini aniqlash uchun muhimdir. Makros- kopik, mikroskopik, bakterioskopik va turli xil tekshiruvlar o'tkaziladi. Makroskopik yoki ko'rish yo'li bilan balg amning tabia- ti, hidi, rangi, kunlik miqdori aniqlanadi. Balg amning kunlik miqdori, bir necha tupuklardan (bronxial astma, o'tkir bronxitda), bir necha o'nlab (su- runkali bronxit va zotiljamda) va hatto yuzlab (bronxoek- tozda) millilitrlarga teng bo'ladi. Balg'amning rangi uning tarkibiga bog liq. Tiniq va rangsiz balg'am astma, yashilroq yoki to'q yashil rangi surunkali bronxit, pnevmoniya, yiringli plevritda bronx bo'shlig'iga yiring kirishi hollarida bo'ladi. Zangsimon balg'am krupoz pnevmoniyada aniqlanadi. Balg'amning hidi hamisha ehtiyotkorlik belgisi hisobla- nadi, chunki odatda balg'am hidga ega emas. Balg'amning go'lansa hidi o'pkaning yiringli kasalliklarida (abssess) kuzatiladi. O'kir rinit (tumov) virusli, mikrobli bo'lishidan tashqari, allergik asosda ham kelib chigadi. Ko pincha rinit avni vagtda halgumning yallig lanshi (rinofaringit) bilan kechadi. Dastlab bolaning burni bitib, aksira boshlaydi. Bolaning burnidan avval rangsiz suyuqlik oqadi, bu suyuqlik bora- bora shilliq moddaga, keyinchalik esa ba'zan yiringga aylanadi. Bunday paytlarda, katta yoshdagi bolalar darmonsizlik va bosh og'rig'idan shikoyat qilishadi. Tana harorati subfebril (37,3--37,9°C) darajaga ko'tarilib, bu holat 2-4 kun davom etshi mumkin. Emizikli bolalarda esa, burunning bitib qolishi natijasida nafas olishi, ona ko'kragini so'rishi giyinlashadi. Bola ona ko'kragini bir necha bor so'rgach nafas olish uchun ko'krakni tishlab, og'iz orqali nafas oladi va ya'na emishga kirishadi. Bu holat bir necha marotaba takrorlanadi. Oqibatda bola charchaydi, to'yib emolmaydi, oza boshlaydi. Ba'zan bola nafasini yengillashtirish uchun boshini orgaga tashlab yotadi (soxta opistatonus). Odatda kasallik 5-7 kun mobaynida o'tib ketadi yoki nafas yo'llarining boshqa gismlariga targalishi natijasida cho'zilishi ham mumkin. Davolash. Eng avvalo, burun yo'llari tozalanib, bola bemalol nafas olishi lozim. Buning uchun oldin burun teshigini 2 % li soda eritmasiga ho'llangan paxta tampon bilan ohista tozalab, keyin 1: 1000 nisbatdagi adrenalin eritmasidan 2 tomchidan (yoki 1% li efedrin eritmasi) tomiziladi. Keyin kuniga, 2 mahal 4 tomchidan 2 % li protorgol yoki kollargol eritmasi tomiziladi. Halq orasida emizikli bolalaming burniga onaning ko'krak sutidan tomizish keng tarqalgan bo'lib, bu muolaja bolaning nafas olishini yengillashtiradi. Muttasil burundan kelib turgan suyuqlikdan ta 'sirlanmasligi uchun burun atrofi terisiga va yugori labga vazelin yoki qizdirilgan toza kungaboqar yog'i surtib turiladi. Bolaning oyoqlariga iliq isitgich (grelka) qo'yish, iliq suvli vanna qilish ham uning umumiy ahvolini yengillashtiradi. 4.2 Angina Angina-o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, bodomcha bez- lari va regionar limfa tugunlarining zararlanishi bilan kechadigan kasallikdir. Etiologiyasi va patogenezi. Anginaning go'zg'atuvchisi 80-90% hollarda har xil serologik turdagi B- gemolitik streptokokklarning A guruhi hisoblanadi. Ba' zan stafilokokk, kamdan-kam hollarda borreliyalar (Simonov-Plaut-Vinsan anginasi) va boshqalar qo'zg atuvchi bo lishi mumkin. Kasallik manbai bo'lib skarlatina, streptokokkli resperator kasalliklar bilan kasallangan bemorlar hisoblanadi. Kasallik havo-tomchi yo'li orgali kamdan-kam alimentar yo'1 bilan o'tadi. Qo'zg'atuvchining ko payishi va yig ilishi, bodomcha bez- larida sodir bo'ladi, u yerdan streptokokk gematogen va limfogen yo'llar bilan a zolarga tarqaladi. Shuning bilan birga asorat beradi: paratonzilyar abssess, otitlar, mastoiditlar, miyaning otogen abssessi. Gemolitik streptokokk toksin ajratadi. (streptolizin, streptokinoza va boshqalar) bular ayrim a'zolarni zararlaydi, ayniqsa yurak, buyraklarni a'zolarda esa allergik holatni yuzaga keltiradi. Angina bilan kasallanib o'tgandan so'ng a'zolarda im- munitet hosil bo'lmaydi. Ayrim paytda angina qaytalashi va surunkali tonzillit shakllanishi mumkin. Streptokokkli anginadan so'ng miokardit, glomerulonefrit, revmatizm rivojlanadi. Surunkali tonzillitning kelib chiqishida boshqa mikroa'zolarning roli katta bo'ladi. Asoratlarning paydo bo'lishida boshqa qo'zg atuvchilarning qo shilishi muhim rol o'ynaydi Klinik ko'rinishi. Kasallik o'tkir boshlanadi titrash, bosh og'rig'i, «Lanjlik sezgisi», tana haroratining tezda yuqori ragamlarga yetishi (40°C gacha) paydo bo'ladi. Umumiy zaharlanish hisobiga birinchi kunning oxiriga borib yutinganda og'riq paydo bo'ladi. Isitma davri 3-5 kun davom etadi. Uzoq davom eta- digan isitma faqat anginaning asoratida bo'lishi mumkin. Anginaning tez va erta bel- gisi-yugori bo'yin oldi lim- fatik tugunlarining kattalashi- shidir. Yurak gon-tomir tizi- mi faoliyatining buzilishi, 4.1-rasm. Lakunar angina (bradikardiya, gipotenziya, sistolik shovgin va boshaa- lar,) ko'proq birinchi 3-5 kunlarda tana harorati me' yor- lashuvidan keyin va kasallikning 10-14 kunlari asta-sekin yo'qoladi. Tabiati jihatidan angina kataral, follikulyar, lakunar, yarali-nekrotik turlarga bo'linadi. Kataral angina- da tanglay yoylari, tilcha, bodomcha bezlarining qizarishi va shishishi kuzatiladi. Follikulyar anginada - bodomcha bezlarda follikulalarning yiringlaganligi ko'rinadi. Lakunar anginada - lakunalarda yiring borligi aniqlanadi. Kamdan- kam hollarda anginaning xillari faqat bir kasallikning alohi- da bosgichi hisoblanadi. Angina kataral boshlanishi mumkin, birinchi kunning oxiriga borib yiringlashgan follikulalar se- ziladi, follikulalar ochilgandan keyin esa yiring lakunalarga yig'iladi va lakunar angina shakllanadi. (4.1-rasm). Nekrotik anginada bodomcha bezlarning shilliq pardasi- da (nekroz) defekt bo ladi, iflos kul rang parda bilan qop- lanadi. Asorat faqat noto"g' ri davolanganda yoki davolash kech boshlanganda ro'y berishi mumkin. Ko prog asorati miokar- ditda, kamdan-kam hollrda paratonzilyar abssess, otitlar, halqum orga abssessi, burunning yon bo'shliqlarining yal- lig Tanishi kuzatiladi. Asoratidan tashqari «tonzillogen» ka- salliklar; revmatizm, gemorragik vaskulit, revmatoid artrit, o'tkir nefrit va boshgalar rivojlanishi mumkin. Tashxis klinik ma'lumotlarga qarab, tomoqdan surtma olinib mikroa'zoni aniqlanishiga va antistreptolizin-O ga (kasallikning ikkinchi haftasida ) asoslanib go'yiladi. Download 461.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling