Referat mavzu: Nafas olish azolari kasalliklari Bajardi: Mahamatova Yulduz Tekshirdi: Ergasheva Nigora


Download 461.98 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi461.98 Kb.
#1020922
TuriReferat
Bog'liq
Nafas olish azolari kasalliklari - Mahamatova Yulduz


REFERAT
Mavzu: Nafas olish azolari kasalliklari
Bajardi: Mahamatova Yulduz
Tekshirdi: Ergasheva Nigora

Nafas a'zolari kasalliklari bolalarning umumiy kasalliklari


ichida oldingi o'rinlardan birini egallaydi. O'pka va havo
o'tkazish yo'llarining kasalliklari (traxeya va bronxlar) har
xil yoshdagi bolalarda paydo bo'ladi, lekin erta yoshdagi
bolalarda shu iumladan yangi tug'ilgan chagaloqlarda tez-
tez uchraydi.
Asosiy klinik ko'rinishi. Bolalarda umumiy va shunga
o'xshash mahalliy belgilar nafas a'zolarining zararlanganligi hagida ma'lumot beradi. Mahalliy belgilariga yo'tal,
hansirash, ko'krak qafasida og'riq, balg am ajralishi, gon
tuflash kiradi. Bunday klinik belgilar tana haroratining
oshishi, holsizlik, ishtahaning pasayishi va boshqalar
umumiy belgilariga kiradi, chunki bu belgilar ko'p kasal-
fiklarda uchraydi, ular tashxis qo'yish uchun yordamchi
ahamiyatga ega.
Yo'tal nafas olish tizimi zararlanishida paydo bo ladigan
muhim ahamiyatga ega bo'lgan belgilardan biri, u hatto
sog lom kishilarda ham uchraydi. U o'zi bilan murakkab
reflektor aktni namoyon etadi, nafas olish yo llarini yot
tanachalardan, changdan yoki balg amdan tozalashga yo'nal-
yotlat b igr ba, loc on n ta sonala, п ires velus (anisti arsvonida
plevra tasirlanishida (masalan, plevritda) ham paydo bo ladi.
Yo'tal qurug va ho'l, doimiy va davriy, xurujsimon,
qattiq, tinch yo'talga bo'linadi.
Quruq yo'tal, ya' ni balg amsiz yo'tal, nafas olish yo'lla-
ri-katta bronxlar, plevrada g'ayri tabiiy jarayon (o'tkir
yallig' lanish, o'sma, chandiq) ning paydo bo'lganda yoki
juda yopishqoq balg'am ajralmaydigan hollarda kuzatiladi.
Quruq yo'tal - yo'talaolmaydigan va shuning uchun ba-
lg'amini yutib yuboradigan, kichik yoshdagi bolalarda uch-
raydi. Quruq yo'tal ko'proq,. yugori nafas yo llarini o'tkir virusli kasalliklarining birinchi kunlarida, o'tkir zotiljam-
ning boshlanishida, plevritda, surunkali laringitda, traxeya
va higildoq stenozida kuzatiladi.
Balg'amli yoki ho'l yo'tal nafas a'zolarining ko'pgina
kasalliklarida uchraydi ya'ni pnevmoniya, surunkali bron-
xit, bronxial astma, bronxoektazda va boshqa kasalliklarda.
'Davom etishiga garab doimiy va davriy yo'talga ajratila-
di. Doimiy yo'tal surunkali bronxit, hiqildoq va traxeyaning
surunkali kasalliklari, silga xosdir. Davriy yo'tal o'pka,
bronxlarining surunkali kasalliklari gaytalanishida kuzatiladi.
Ayrim vaqtlarda qaltiroqli (konvulsiv) yo'talda, yo'tal
turtkisi bir-birining orqasidan keladi, bu esa qusish bilan
tugallanadi. Mana shunaga yo'tal tutishlar (yo'tal reprizlari)
ko kyo'talga xos belgidir, xurujsimon yo'tal bronxial astmada
bo'g'ilish xuruji hisobiga ro'y beradi.
Qattiq, «Akkillaydigan» yo'tal laringitda, higildogning
allergik shishida, ko'kyo'talda kuzatiladi. Kalta yo'tal yoki
tinch yo'tal bronxit, pnevmoniya, plevrit, sil kasalliklarida
paydo bo'ladi.
Balg'am, traxeya, bronx suyuqligi, g'ayritabiiy patalogik
o'zgarishlarda tupurish vaqtida ajralib chigadi. Sog lom
bolalardan odatda balg am ajralmaydi.
Balg'amni tekshirish bronx, o'pka tizimidagi g'ayritabi-
iy jarayonning tabiatini aniqlash uchun muhimdir. Makros-
kopik, mikroskopik, bakterioskopik va turli xil tekshiruvlar
o'tkaziladi.
Makroskopik yoki ko'rish yo'li bilan balg amning tabia-
ti, hidi, rangi, kunlik miqdori aniqlanadi.
Balg amning kunlik miqdori, bir necha tupuklardan
(bronxial astma, o'tkir bronxitda), bir necha o'nlab (su-
runkali bronxit va zotiljamda) va hatto yuzlab (bronxoek-
tozda) millilitrlarga teng bo'ladi.
Balg'amning rangi uning tarkibiga bog liq. Tiniq va rangsiz
balg'am astma, yashilroq yoki to'q yashil rangi surunkali
bronxit, pnevmoniya, yiringli plevritda bronx bo'shlig'iga
yiring kirishi hollarida bo'ladi. Zangsimon balg'am krupoz
pnevmoniyada aniqlanadi.
Balg'amning hidi hamisha ehtiyotkorlik belgisi hisobla-
nadi, chunki odatda balg'am hidga ega emas. Balg'amning
go'lansa hidi o'pkaning yiringli kasalliklarida (abssess)
kuzatiladi. O'kir rinit (tumov)
virusli, mikrobli bo'lishidan
tashqari, allergik asosda ham kelib chigadi. Ko pincha rinit
avni vagtda halgumning yallig lanshi (rinofaringit) bilan
kechadi. Dastlab bolaning burni bitib, aksira boshlaydi.
Bolaning burnidan avval rangsiz suyuqlik oqadi, bu suyuqlik
bora- bora shilliq moddaga, keyinchalik esa ba'zan yiringga
aylanadi. Bunday paytlarda, katta yoshdagi bolalar
darmonsizlik va bosh og'rig'idan shikoyat qilishadi. Tana
harorati subfebril (37,3--37,9°C) darajaga ko'tarilib, bu holat
2-4 kun davom etshi mumkin.
Emizikli bolalarda esa, burunning bitib qolishi natijasida
nafas olishi, ona ko'kragini so'rishi giyinlashadi. Bola ona
ko'kragini bir necha bor so'rgach nafas olish uchun
ko'krakni tishlab, og'iz orqali nafas oladi va ya'na emishga
kirishadi. Bu holat bir necha marotaba takrorlanadi. Oqibatda
bola charchaydi, to'yib emolmaydi, oza boshlaydi. Ba'zan
bola nafasini yengillashtirish uchun boshini orgaga tashlab
yotadi (soxta opistatonus). Odatda kasallik 5-7 kun
mobaynida o'tib ketadi yoki nafas yo'llarining boshqa
gismlariga targalishi natijasida cho'zilishi ham mumkin.
Davolash. Eng avvalo, burun yo'llari tozalanib, bola
bemalol nafas olishi lozim. Buning uchun oldin burun
teshigini 2 % li soda eritmasiga ho'llangan paxta tampon
bilan ohista tozalab, keyin 1: 1000 nisbatdagi adrenalin
eritmasidan 2 tomchidan (yoki 1% li efedrin eritmasi)
tomiziladi. Keyin kuniga, 2 mahal 4 tomchidan 2 % li
protorgol yoki kollargol eritmasi tomiziladi. Halq orasida
emizikli bolalaming burniga onaning ko'krak sutidan tomizish keng tarqalgan bo'lib, bu muolaja bolaning nafas olishini
yengillashtiradi. Muttasil burundan kelib turgan suyuqlikdan
ta 'sirlanmasligi uchun burun atrofi terisiga va yugori labga
vazelin yoki qizdirilgan toza kungaboqar yog'i surtib turiladi.
Bolaning oyoqlariga iliq isitgich (grelka) qo'yish, iliq suvli
vanna qilish ham uning umumiy ahvolini yengillashtiradi.
4.2 Angina
Angina-o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, bodomcha bez-
lari va regionar limfa tugunlarining zararlanishi bilan
kechadigan kasallikdir.
Etiologiyasi va patogenezi. Anginaning go'zg'atuvchisi
80-90% hollarda har xil serologik turdagi B- gemolitik
streptokokklarning A guruhi hisoblanadi. Ba' zan stafilokokk,
kamdan-kam hollarda borreliyalar (Simonov-Plaut-Vinsan
anginasi) va boshqalar qo'zg atuvchi bo lishi mumkin.
Kasallik manbai bo'lib skarlatina, streptokokkli resperator
kasalliklar bilan kasallangan bemorlar hisoblanadi. Kasallik
havo-tomchi yo'li orgali kamdan-kam alimentar yo'1 bilan
o'tadi.
Qo'zg'atuvchining ko payishi va yig ilishi, bodomcha bez-
larida sodir bo'ladi, u yerdan streptokokk gematogen va
limfogen yo'llar bilan a zolarga tarqaladi. Shuning bilan birga
asorat beradi: paratonzilyar abssess, otitlar, mastoiditlar,
miyaning otogen abssessi. Gemolitik streptokokk toksin ajratadi.
(streptolizin, streptokinoza va boshqalar) bular ayrim
a'zolarni zararlaydi, ayniqsa yurak, buyraklarni a'zolarda
esa allergik holatni yuzaga keltiradi.
Angina bilan kasallanib o'tgandan so'ng a'zolarda im-
munitet hosil bo'lmaydi. Ayrim paytda angina qaytalashi va
surunkali tonzillit shakllanishi mumkin. Streptokokkli
anginadan so'ng miokardit, glomerulonefrit, revmatizm
rivojlanadi. Surunkali tonzillitning kelib chiqishida boshqa
mikroa'zolarning roli katta bo'ladi. Asoratlarning paydo
bo'lishida boshqa qo'zg atuvchilarning qo shilishi muhim rol
o'ynaydi
Klinik ko'rinishi. Kasallik o'tkir boshlanadi titrash, bosh
og'rig'i, «Lanjlik sezgisi», tana haroratining tezda yuqori
ragamlarga yetishi (40°C
gacha) paydo bo'ladi. Umumiy
zaharlanish hisobiga birinchi kunning oxiriga borib yutinganda og'riq paydo
bo'ladi. Isitma davri 3-5 kun
davom etadi. Uzoq davom eta-
digan isitma faqat anginaning
asoratida bo'lishi mumkin.
Anginaning tez va erta bel-
gisi-yugori bo'yin oldi lim-
fatik tugunlarining kattalashi-
shidir. Yurak gon-tomir tizi-
mi faoliyatining buzilishi,
4.1-rasm. Lakunar angina
(bradikardiya, gipotenziya,
sistolik shovgin va boshaa-
lar,) ko'proq birinchi 3-5 kunlarda tana harorati me' yor-
lashuvidan keyin va kasallikning 10-14 kunlari asta-sekin
yo'qoladi. Tabiati jihatidan angina kataral, follikulyar,
lakunar, yarali-nekrotik turlarga bo'linadi. Kataral angina-
da tanglay yoylari, tilcha, bodomcha bezlarining qizarishi
va shishishi kuzatiladi. Follikulyar anginada - bodomcha
bezlarda follikulalarning yiringlaganligi ko'rinadi. Lakunar
anginada - lakunalarda yiring borligi aniqlanadi. Kamdan-
kam hollarda anginaning xillari faqat bir kasallikning alohi-
da bosgichi hisoblanadi. Angina kataral boshlanishi mumkin,
birinchi kunning oxiriga borib yiringlashgan follikulalar se-
ziladi, follikulalar ochilgandan keyin esa yiring lakunalarga
yig'iladi va lakunar angina shakllanadi. (4.1-rasm).
Nekrotik anginada bodomcha bezlarning shilliq pardasi-
da (nekroz) defekt bo ladi, iflos kul rang parda bilan qop-
lanadi.
Asorat faqat noto"g' ri davolanganda yoki davolash kech
boshlanganda ro'y berishi mumkin. Ko prog asorati miokar-
ditda, kamdan-kam hollrda paratonzilyar abssess, otitlar,
halqum orga abssessi, burunning yon bo'shliqlarining yal-
lig Tanishi kuzatiladi. Asoratidan tashqari «tonzillogen» ka-
salliklar; revmatizm, gemorragik vaskulit, revmatoid artrit,
o'tkir nefrit va boshgalar rivojlanishi mumkin.
Tashxis klinik ma'lumotlarga qarab, tomoqdan surtma
olinib mikroa'zoni aniqlanishiga va antistreptolizin-O ga
(kasallikning ikkinchi haftasida ) asoslanib go'yiladi.
Download 461.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling