Referat mavzu: Og’zaki hisoblash usullarini o’rgatish chirchiq-2023


Download 56.57 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi56.57 Kb.
#1351858
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Iskandarova Surayyo referat



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Boshlang’ich ta’lim fakulteti”


5111700- Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
20/5 guruh talabasi
Iskandarova Surayyoning
Boshlang’ich ta’limda ona-tili va matematikadan sinfdan tashqari ishlar fanidan

REFERAT

Mavzu: Og’zaki hisoblash usullarini o’rgatish




CHIRCHIQ-2023

Mavzu: Og’zaki hisoblash usullarini o’rgatish
Reja:

  1. 100 gacha og’zaki hisoblash

  2. Og’zaki hisoblashga doir didaktik (o’yinlar) topshiriqlar

  3. Og’zaki hioblashga doir didaktik (o’yinlar) topshiriqlarning ahamiyati va turlari



  1. 100 gacha og’zaki hisoblash

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim - tarbiya va kadriar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida"gi Farmoni va "Kadrlar tayyorlash millay dasturi"da matematika o'qitishning sifatini oshirish bilan birga o'quvchilarning tafakkuri va shaxsiy sifatlarini, matematik savodxonligini shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o'hirish masalalari berilgan. Boshlang'ich matematika kursining asosiy natural son va nol, butun musbat sonlar ustida to`rt arifmetik amal hamda ularning asosiy xossalari haqidagi aniq tasavvurlar va bu bilimlarga asoslangan og'zaki va yozma hisoblash usullarini ongli puxta o'zlashtirishni tashkil etish, shuningdek jadval hollaridagi hisoblash malakalarini avtomatizm darajasida yetkazilishini tashkil etadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari arifmetik amal ma’nosini, uning hadlarini
puxta o’rgangach, amal xossalarini ham o„rganib borishlari ularda hisoblash
malakalari shakllanishiga asos bo’ladi. 1-sinf o’quvchilari qo’shish va ayirish
amallarining xossalarini o’rganishlari turli hisob usullarini o’rganishlari uchun asos bo’ladi. O’quvchilar qo’shishning o’rin almashtirish xossasi bilan tanishishlari 10 ichida kichik songa katta sonni qo’shish (masalan, 2 + 7) ni bajarishlariga imkon tug’diradi. Qo’shishning songa yig’indini, yig’indiga sonni, yig’indiga yig’indini qo’shish; ayirishning sondan yig’indini, yig’indidan sonni, yig’indidan yig’indini ayirish kabi xossalar 10 ichida, 100 ichida, 1000 ichida, hatto ko„p xonali sonlarni
qo„shish va ayirishning tegishli hisoblash usullarini ongli o„zlashtirishlari uchun
asos bo„ladi. Ko’paytirishning o’rin almashtirish, guruhlash xossalari,
ko’paytirishning qo’shishga nisbatan, ayirishga nisbatan taqsimot qonuni, ya’ni
sonni yig’indi yoki ayirmaga ko’paytirish xossasi, shuningdek, sonni ko’paytmaga
bo’lish, sonni bo’linmaga bo’lish, yig’indini songa bo’lish kabi xossalar
ko„paytirish va bo’lishga oid hisob usullarini o’rganishlari uchun xizmat qiladi.
Arifmetik amallarni o„rganishdagi muhim vazifa o’quvchilarda og’zaki va
yozma hisoblash ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Og’zaki hisoblashlarning asosiy ko’nikmalari 1-2 sinflarda shakllanadi. Yozma hisoblash bilan o„quvchilar yuzlik mavzusida ikki xonali sonlarni qo„shish va ayirishni bajarish (2-sinf) jarayonida tanishishni boshlaydi. Bu hisoblash usuli 3-4 sinflarda to’rtala arifmetik amallarni bajarishni o’rganishda asosiy vosita bo„lib xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash o„rinliki, yozma hisoblashlarda og„zaki hisoblash ko’nikmalari takomillasha boradi, chunki
og’zaki hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy element sifatida kiradi.
Og’zaki hisoblash ko’nikmalariga ega bo„lish yozma hisoblashlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlaydi. Og’zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amal xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar hadlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Bu ularning o„xshashlik sifatlari bo’lsa, ularning farqli jihatlari ham bor:
Misollarni og’zaki ham, yozma ham bajarish mumkin. Imkon qadar shunday
misollarni tanlash kerakki, o’quvchi bu misollarni har ikki xil hisoblash usulida
bajarsin. Natija bir xil son hosil bo„ladi. Bu bilan o’quvchining ham og’zaki, ham
yozma hisoblash ko’nikmasi shakllanishiga imkoniyat yaratiladi.
O’qituvchi og’zaki va yozma hisob usullarining o’quvchi matematik nutqi
rivojlanishidagi ahamiyatini unutmasligi kerak. O’quvchi misolni bajarar ekan, u
xoh og’zaki, xoh yozma hisoblash bo’lsin, albatta, tushuntirib berishga o’rgatish
kerak.
O’qitish jarayonida o„qituvchi bor mahoratini ishga solib, turli usul va
metodlardan foydalanib, o’quvchilarda hisoblash malakalarini shakllantirish
imkoniyatlarini topib, arifmetik amallarning jadval hollari (jadvalda qo„shish,
ayirish, jadvalda ko’paytirish, bo’lish)ni avtomatizm (yod olish)iga e‟tibor
qaratmog„i darkor. Chunki barcha hisoblashlar zamirida arifmetik amallarni
bajarishning jadval hollari turadi. Aks holda yozma hisoblashlarda amallar
bajarishda o’quvchilar qiynalib qolishadi. Birinchi yarim yillikda o’quvchilar matematik amallar nomlari, tarkibiy qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari o’quvchilar matematik belgilarning ba‟zi elementlari amal ishoralari (plyus - qo’shish, minus - ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan tanishishlari hamda 2 + 6 (2 va 6 sonlari yig„indisi), 9 – 2 (9 va 2 sonlari ayirmasi) va boshqa shunga o„xshash eng sodda matematik ifodalarni o„qish va yozishni o’rganib olishlari kerak. 3 + 3 va 7 + 3, 6 + 3 va 6 – 3 ko„rinishdagi ifodalarni taqqoslashga doir mashqlarni bajarishda bolalar bu ifodalar orasidagi o„xshash va farqli xususiyatlarni ko’radilar va shu asosda ularning qiymatlari teng yoki teng emasligi, agar teng bo’lmasa, u holda berilgan ifodalardan qaysinisining qiymati katta (kichik) degan savollarni hal qiladilar.
Chiqarilgan xulosa har doim asoslanishi, so„ngra hisoblashlar yordamida tekshirilishi kerak. Birinchi sinfda matematika o’qitishda o’quvchilarda og’zaki hisoblashlarning puxta ko’nikmalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi. Shu munosabat bilan dasturda arifmetik amallarning ba‟zi muhim xulosalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar (yig’indining o’rin almashtirish xossasi, yig’indining guruhlash xossasi va hokazo) bilan tanishtirish kiritilgan, bular bilan bolalar amaliy asosda tanishadilar.
Dasturda 10 gacha, 100 gacha bo’lgan sonlar bilan qo’shish va ayirish
amallarini bajarish o„rtasida uzviy aloqa o„rnatilgan. 10 ichida raqamlash hamda
qo’shish va ayirishni o’rgangandan keyin 11 dan 100 gacha bo’lgan sonlarni
raqamlashga, 100 ichida sonlarni xonadan o’tmasdan qo„shish va ayirishga to’xtab
o’tish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan o’qituvchi bolalarga nafaqat jadvalni
eslab qolishlari uchun o’z vaqtida ko’rsatma beribgina qolmay, balki, uni
o„zlashtirishlari uchun zaruriy kundalik tayyorgarlik ishlarini ham olib boradi. 100
ichida sonlarni qo’shish va ayirishda oldin sonni yig’indiga, so’ngra yig’indini
songa qo’shishning har xil usullari qaraladi. Shundan keyin esa yig’indini
yig„indiga qo„shish va yig’indidan yig’indini ayirish qaraladi. O’quvchilar yig’indi
va ayirmaning asosiy xossalaridan kelib chiqadigan qoidalar bilan tanishadilar. Bu
qoidalardan foydalanib, ular og„zaki hisoblash, undan keyin esa yozma
hisoblashning har xil usullarini ongli, tushunib o’zlashtiradilar, yechishning eng
maqbul yo„llarini izlashni o’rganadilar.
Hisoblashlarning ravon va tez bo„lishiga katta e’tibor berilishi kerak. Shu bois qo’shish va ayirishga doir u yoki bu misolning yechilishini mufassal
tushuntirishdan o’quvchi yo’l qo’ygan xatoliklarni tushuntirishda zarur bo’lib
qolganda foydalanish kerak.
Matematika kursi asosiy kattaliklar va geometriya elementlari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ular imkoniyat darajasiga ko'ra o'quvchilarning son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarni yuqori darajada o'zlashtirishiga yordam bera borib, arifmetik bilimlar tizimiga qo'shiladi.
Dastur matematik tushunchalarning hayotiy materiallar asosida o'zlashtirishini ko'zda tutadi. Bu esa darsda o'quvchilar o'zashtirishi lozim bo'lgan tushuncha va qoidalar amaliyotga xizmat qilishini, hayotiy ehtiyojlar natijasida vujudga kelganligini o'quvchilarga yetkazib berish imkonini beradi hamda fan va amaliyot orasidagi aloqalarni to'g'ri tushunishga asos yaratadi. Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek matematika o'quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, ularning o'z fikrlarini aniq to'g'ri va tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi. O'qituvchining vazifasi - bolalarga matematikani o'qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishdan iborat.
Boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitishga haftasiga 5 soatdan vaqt ajratiladi. O'quv materialini sinflarga taqsimlashda o'rganilayotgan sonlar va ular bilan arifmetik amallarni bajarish doirasi asta - sekin kengaytirib borishi nazarda tutuladi. 1-sirifda - 0 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni raqamlash, 100 ichida sonlarni xonadan o'tmasdan qo'shish va ayirish; 2-sinfda - 0 dan 100 gacha bo'lgan sonlar, 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish va ayirish, jadval ichida ko'paytirish va bo'lish; 3-sinf - I dan 1000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal; 4-sinfda - 1 dan 1 000 000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal kabi mavzular qaraladi. Birinchi sinfda o'quvchilar ikki o'nlik ichidagi, ya'ni I dan 20 gacha bo'lgan sonlarning nomlari bilan tanishadilar. Bu esa xususan o'quvchilarda narsalarni sanash malakasini hosil qilish uchun qo'llaniladi.
Raqamlarning yozilishi bilan tanishtirish shu sonlarning ho'sil bo'lishini o'rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shu sababli ­darsdayoq o'quvchilar I soni bilan tanishadilar va I raqamini daftarlariga yozadilar. Shu bilan birga o'qitishning birinchi kunidan boshlaboq bolalarda ba'zi muhim umumlashmalar shakllana boshlaydi (birinchi o'nlik sonlar misolida) natural qatorning har bir keyin keladigan soni qanday bo'lishi oydinlashtiriladi, qatorning ixtiyoriy soni va undan oldin yoki keyin keladigan hamma sonlari o'rgatiladi. O'quvchilar sonlarni taqqoslash usullari bilan (oldin narsalarning mos to'plamlari ustida amallar bajarish asosida, keyin esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorida egallagan o'rinlari bo'yicha) tanishadilar: ular ikki yoki son yig'indisini topishni (oldin narsalarning mos to'plamlarini birlashtirish va hosil bo'lgan to'plamlar elementlari sonini sanash asosida topish, keyin esa bittalab yoki guruhlab qo'shish va boshqa usullardan foydalanib) o'rganadilar. Birinchi yarim yillikda o'quvchilar matematik amallar nomlari tarkibiy qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari o'quvchilar matematik belgilarning ba'zi elementlari - amal ishoralari (plus - qo'shuv, minus - ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan tanishishlari hamda (2 va 6 sonlari yig'indisi) 9-2 (9 va 2 sonlari ayirmasi) va boshqa shunga o'xshash eng sodda matematika ifodalarni o'qish va yozishni o'rganib olishlari kerak.
Umumiy o'rta ta'lim ikki bosqichdan iborat bo'lib, boshlang'ich va umumiy o'rta ta'limni qamrab oladi.
Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti boshlang'ich hamda umumiy o'rta ta'lim nihoyasida o'quvchilar egallashi lozim bo'Igan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi.
Har bir sinf yakunida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar fanlar bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv dasturlari bo'yicha o'z aksini topadi.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar matematikadan quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart.
a) Sonlar va hisoblashlarga oid:
- sonlarni o'qish va yozish, ularni xona qo'shiluvchilarining yig'indisi ko'rinishidagi yozuvini tushuntirish.
- sanoq texnikasini egallash (to'g'ri va teskari tartibda sanash, juftliklar va o'nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish kabi)lar.
- natural sonlarni o'zaro taqqoslash ">", "<" va "=" belgilarini to'g'ri qo'llash.
- sonlarni yozma qo'shish, uch xonali va to`rt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va ikki xonali songa ko'paytirish va bo'lish;
- qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lishning jadvalli hollari natijalarini bilish, murakkab bo'lmagan hollarda yuz ichida og'zaki hisoblashlarni bajara olish;
- "yig'indi", "ayirma", "ko'paytma" va "bo'linma" atamalari ma'nosini tushunish va sonli ifodalarni o'qishda ularni qo'llay olish;
"... ta ortiq", "...ta kam", "... marta ortiq", "... marta kam" munosabatlarining, "hammasi", "qoldi", "teng" munosabatlarining ma'nosini tushunish va ularga tayangan holda sodda masalalarni yecha olish;
- miqdorlar mahsulot narxi, miqdori va qiymati to'g'ri chiziqli harakatda yo'l, tezlik va vaqt orasidagi bog'lanishlarni qo'llab, amaliy mazmundagi masalalarni yechish;
- "yarim", "uchdan biri", "to'rtdan biri" atamalari ma'nosini tushunish va ularni qo'llash, kasrlar yordamida ulushlarni yozish, doira va geometrik shakllar modelida 1/2, 1/3 larni ko'rsatish, amaliy mazmundagi masalalarni yechishda sonning ulushini va ulushiga ko'ra sonni topa olish;
b) Geometrik shakllarga oid.
- rasmlarda kesma, uchburchak, to'rtburchaklar (jumladan, to'g'ri to'rtburchak va kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish;
- tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa olish;
- kesma uzunligini o'lchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini ko'z bilan chamalab o'lchay olish;
- chizg'ich va sirkuldan foydalanib to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasay olish;
ko'pburchak parametrini, to'g'ri to`rtburchak yuzini va kvadrat birliklardan tuzilgan shakllarning yuzini hisoblay olish;
- uzunlik (mm, sm, dm, m, km.) va yuza (sm, kv, dm, kv, m, kv) o'lchovi birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, ularni o'z o'rnida qo'llay olish
Boshlang’ich sinflarda og’zaki mashqlarni kiritish bir qator ijobiy xususiyatlarga ega.Birinchidan, maktab o’quvchilarida tez og’zaki hisoblash ko’nikmalari shakllantirilishi kerak.Ikkinchidan ,ikki xonali va uch xonali sonlar ustida amallar bajarilganda og’zaki ihlashga e’tibor ko’proq qaratiladi.Uchinchidan, arifmetik amallarni yozma bajarishda o’quvchilar qo’shish ,ko’paytirish jadvallarini yaxshi bilishlari,ikki xonali sonni ikki xonali songa og’zaki bo’lishni bilishlari lozim.
O’quvchilarning masala yechish ko’nikmalarini shakllantirish uchun masalalardagi tushunchalarni arifmetik tilga aylantirish orqali masalan , ta ko’p,marta kam kabi og’zaki hisoblashlashlarni bajarish kerak.Bunday og’zaki masalarni olishda hisoblash oson bo’lishi uchun sonlar kichikroq tanlansa maqsadga muvofiq bo’ladi.Masalalarni tuzishda natija va berilganlardan biri orqali ikkinchisini topish masalasiga e’tibor berish lozim.
Tez og’zaki hisoblash quyidagi masalalar tarzida o’tkazilishi mumkin:
1. Qandaydir sonni qo’shish yoki ayirish orqali sanash,masalan 2,14,26,38,…..
2. O’qituvchi tomonidan o’qilib ishlanadigan masalalar
3. Jadvallar,sonli figuralar , hokazolar yordamida yechiladigan misol va masalalar.
Og’zaki tez hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish uchun ikki xil masalalar guruhini tuzish mumkin:
1. Hisoblash usulini o’rganish uchun yechiladigan masalalar
2. Hisoblashlarda tezlikni oshirish uchun ishlatiladigan masalalar.
Birinchi holda , bir amalga oid misol olinadi,masalan, 48 + 16 va o’quvchilardan yechish talab qilinadi va so’ngra amalni qanday bajarganligini tushuntirib berish so’raladi.
Usuli 48 + 10 + 6 yoki 48+ 2+ 14
Ikkinchi holda qiyinroq misollar olinadi: masalan,
42+5-6 va hokazo
Misolni aytishda misol ikki qismdan iborat bo’lganligi uchun ,uning birinchi qismi aytilganidan keyin ozroq vaqt berilib ikkinchi qismi aytiladi.(42 +5) – 6
Murakkab masalalar yechilganda oraliq natijalar aytilmaydi,agar o’quvchilar xato qilishsa har bir bosqich alohida olib yechiladi. 100 ichidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarishda turli usullardan foydalanish mumkin, 34 + 27 yig’indini hisoblashda : 34+20+7;34+6+21;(30+20)+7 va hokazo.Lekin bular orasidan hisoblashni yengillashtiradigan usulini tanlab olishni o’rgatish darkor.
Ayirishda ham ikkita asosiy usulni keltirish mumkin: Birinchi holda kamayuvchidan ayriluvchining o’nligi olinib,so’ngra birligi ayriladi ya’ni
61-34=61-30-4
Ikkinchi holda kamayuvchidan birligi olinib,so’ngra ayriluvchining qolgan qismi ayiriladi,ya’ni
61-34=61-1-33.
Bu usullar taqqoslab ko’rilsa ikkinchi usul qiyinroq ekanligi kelib chiqadi,lekin shu bilan bir qatorda masalani boshqacha tarzda qo’yish mumkinligini hisobga olish kerak:
Sonlarni razryadlar bo’yicha ham ayirish mumkin:
61-34=(50-30) + (11-4).
Darslar rejasida og’zaki mashqlarni albatta kiritish maqsadga muvofiq,shu maqsadda mazkur qo’llanmani yozishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.Qo’llanmada masalalar qanday tartibda berilgan bo’lsa,shunday foydalanish mumkin.Avvaliga og’zaki hisoblashlarga oid osondan murakkabga qarab,sonlarni orttirish va kamaytirish kabi amallar so’ngra esa tayyorlov masalalari olingan.Bir amalli masalalardan boshlanib, bir necha amalli murakkab masalalar berildi.O’quvchilarning tayyorlanganlik darajasiga qarab ba’zi qiyin masalalar qoldirilib ketiladi va keyinroq ishlashni tavsiya qilamiz.
Tanlangan masala o’qituvchi tomonidan o’qiladi,iloji boricha takrorlamasdan o’qish kerak.Oddiy masalalarning shartlari o’quvchilar xotirasida saqlanishi lozim.Murakkab masalalarni yechishda masalada aytilgan sonlarnigina yozish mumkin. Tayyor masalalarni yechish davomida o’quvchilarning o’zlariga ham masalalar tuzishni o’rgatib borish maqsadga muvofiq.



  1. Download 56.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling