Referat mavzu: Orqa miya va orqa miya pardalari, uning bolalardagi xususiyatlari. Bosh miyaning umumiy ko‘rinishi. Bosh miyaning asosi. 12 juft bosh miya nervlarining chiqish joylari. Mrt va ktdagi orqa miya tasviri
Download 185.9 Kb.
|
1. Orqa miya va orqa miya pardalari. Uning bolalardagi xususiyat
Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti REFERAT Mavzu: Orqa miya va orqa miya pardalari, uning bolalardagi xususiyatlari. Bosh miyaning umumiy ko‘rinishi. Bosh miyaning asosi. 12 juft bosh miya nervlarining chiqish joylari. MRT va KTdagi orqa miya tasviri. Jo`rayev Tohirbek 1 . Orqa miya va orqa miya pardalari. Uning bolalardagi xususiyatlari. Orqa miya (medulla spinalis) tashqi tomondan oldindan orqaga qarab biroz yassilangan silindr shaklidagi tizimcha ko‘rinishiga ega. Uning ko‘ndalang o‘lchami kengroq. Orqa miya umurtqa kanali ichida joylashib, ensa suyagining katta teshigini pastki chekkasida bosh miyaga o‘tib ketadi. Bu sohada orqa miyadan o‘ng va chap birinchi orqa miya nervlarining ildizi chiqadi. Orqa miyaning pastki qismi torayib, orqa miya konusini (conus medullaris) hosil qilib, I—II bel umurtqalari sohasida tugaydi. U pastga tomon ingichka oxirgi ipga (filum terminale) davom etadi. Oxirgi ipning 15 sm cha Keladigan II dumg‘aza umurtqasi sohasigacha joylashgan yuqori qismi tarkibida nerv to‘qimasi bo‘lib, uni oxirgi ipning orqa miya qismi (pars spinalis fili terminalis) deyiladi. Uning atrofida bel va dumg‘aza nervlarining ildizlari joylashgan bo‘lib, orqa miya qattiq pardasidan hosil bo‘lgan yopiq qopcha bilan o‘ralgan. II dumg‘aza umurtqasidan pastda oxirgi ipning 8 sm keladigan tashqi qismi joylashadi. U orqa miyani o‘ragan uch qavat pardaning davomi bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, II dum umurtqasi suyak pardasiga birikib ketadi. Orqa miyaning uzunligi katta yoshdagi odamlarda o‘rta hisobda 43 sm (erkaklarda 45, ayollarda 41 – 42 sm), og‘irligi 34 – 38 g yoki bosh miya og‘irligining 2 % teng. Orqa miya mezenximadan hosil bo‘lgan uch qavat: tashqi qattiq Parda, o‘rta to‘r parda va ichki yumshoq parda bilan o‘ralgan. Orqa miyaning qattiq pardasi (dura mater spinalis) boshqa pardalariga nisbatan qalin bo‘lib (293-rasm), orqa miyani va uning oldingi va orqa ildizlarini o‘rab turadi. U ikki varaqdan iborat. Uning tashqi varag‘i umurtqa pog‘onasining ichidan qoplagan suyak pardani hosil qiladi. Ichki varag‘i esa yuqorida katta teshik chekkasiga birikib, bosh miya qattiq pardasiga o‘tib ketadi. Pastda qattiq parda II – III dumg‘aza umurtqalari sohasida yopiq qopchiq shaklida tugaydi va 8 sm uzunlikdagi oxirgi ipga davom etadi. Oxirgi ip II dum umurtqasigacha davom etib, suyak pardaga birikib ketadi. Umurtqa pog‘onasini qoplagan suyak usti pardadan qattiq parda epidural bo‘shliq (spatium epidurale) vositasida ajrab turadi. Bu bo‘shliqda yog‘ to‘qimasi bo‘lgan yumshoq biriktiruvchi to‘qima va umurtqa pog‘onasining ichki vena chigallari joylashgan.Qattiq parda zich tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, qon tomir va nervlarga boy. Qattiq parda orqa miya ildizlari va nervlarini o‘rab, umurtqalararo teshikka kirib suyak usti pardaga birikib ketadi. Bundan tashqari, orqa miyaning qattiq pardasidan chiquvchi ko‘p sonli fibroz tolalar umurtqa pog‘onasining orqadagi bo‘ylama boylamiga birikadi.Orqa miyaning qattiq pardasining ichki yuzasi To‘r pardadan ingichka subdural bo‘shliq (spatium subdurale) bilan ajrab turadi. Yuqori tomonda bu bo‘shliq kalladagi shu nomli bo‘shliq bilan qo‘shilsa, past tomonda II dumg‘aza umurtqasi sohasida yopiq holatda tugaydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bosh miyasi nisbatan katta bo’lib, yaxshi taraqqiy etmagan boiadi. Uning og‘irligi o‘rtacha og‘il bolalarda 390g, qiz bolalarda 355g bo‘lib, tana og‘irligining 12-13% tashkil qiladi. Uning tashqi ko‘rinishi kalla ichki yuzasiga mos. Yangi tug‘ilgan chaqaloq miyasi kattalamikiga nisbatan qisqa va keng. To‘rt yoshgacha miya bo‘yiga, eniga va balandligiga bir tekis o‘sib, uning og‘irligi bir yoshda 2 marta, 3 – 4 yoshda 3 marta oshadi. Bolalikning I davrida uning balandligi ancha tez kattalashadi. 7 yoshdan so‘ng miya og‘irligi sekin o‘zgarib, 20 yoshda erkaklarda 1355 g, ayollarda 1220 g ni tashkil qiladi. Download 185.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling