Referat mavzu: O’zbek modeli va uning mohiyati
Download 63.5 Kb.
|
O\'zbekiston modeli
Sho’ro tuzumi
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir.3 "O’zbek modeli" tushunchasining hayotimizga shiddat bilan kirib kelganiga bu yil roppa-rosa 22 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov dastlab 1992 yilda chop etilgan "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida o’zbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Keyinchalik bu g’oya davlatimiz rahbarining 1993 yildagi "O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" kitobida, "Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida, ijtimoiyiqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi. 22 yil tarix uchun katta muddat emas. Lekin ana shu nisbatan qisqa davr mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g’oya emas, balki ulkan hayotbaxsh kuch ekanligini to’la namoyon etdi. O’zbek modeli ikkita katta sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. Birinchi sinov - o’tgan asrning 90-yillarini o’z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri davom etayotgan pallada O’zbekiston postsovet maydonida birinchi bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan o’zib ketdi. Boshqacha aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir to’g’ri yo’l ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov - 2008 yilda boshlangan global moliyaviyiqtisodiy inqiroz bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli nafaqat butun jahonni qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki dunyodagi 10 mamlakat qatorida iktisodiy o’sishning eng yuqori (yiliga 8-9 foizdan kam bo’lmagan) sur’atlarini ta’minladi. Yulboshchimizning shu munosabat bilan chop etilgan ―Jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi, O’zbekistan sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choradari‖ asarida hamda mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida O’zbekistan iqtisodiyotining inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi konsepsiyasi ilgari surildi. Bu iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga qo’shilgan katta hissa edi.4 ―Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, hayot hyech qachon bir joyda to’xtab turmaydi va erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, dunyoda kechayotgan tub o’zgarishlar jarayonidagi o’z o’rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat kurashiga mos holda qadam tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat qozona oladi‖5 , -deb ta’kidlandi Prezidentimiz tomonidan. 3 Ислом Каримов, Асарлар, 17-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан‖. 2011. 223- бет 4 И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 16-бет 5 Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан‖. 2011. 333-334- бетлар 5 Ishni bajarishda Prezidentimiz I.A.Karimovning tanlangan asarlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi‖ (Toshkent., 2010), ―Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir‖ (Toshkent.,2012), ―Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan‖(Toshkent., 2011), «Qadr qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil O’zbekiston» (Toshkent., 2013) nomli risolalari, shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimovning ―O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida‖ (Toshkent., 2011), N.To’xliyevning ―Taraqqiyotning o’zbek modeli‖ (Toshkent.,2012) va davriy matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar asosida yoritib berildi. 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari XX asrning 90-yillari boshida O’zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani bilan boqliqdir. Istiqlolimiz sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqdisodiy, xalqaro masalalarni o’z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi. Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa bozor madaniyatini shakllantirish lozim edi. Bu esa oson ish emasdi. Zero, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan. To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmunmohiyatiga ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi. Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va monopollashuvdan qaytish mehanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishning 6 bozordan boshqa yo’li yuq, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi turardi. Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy mamlakatlaridan. Yurtimizda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun keng ekin maydonlari, yirik industrial baza, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a’zolari extiyojlarini to’la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa-da, eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz qashshoq mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy muvozanat buzilgan — shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasida bevosita uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga xizmat qiladi6 . Sobiq SSSRda ham bir qancha iqtisodiy islohotlar o’tkazilganini ta’kidlash lozim. 1953, 1965, 1979 yillarda o’tkazilgan xo’jalik yuritish mexanizmlarini takomillashtirish, moddiy manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar shular jumlasidandir. Lekin, iqtisodiy rivojlanishda burilish yasash maqsadida amalga oshirilgan bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi. Berishi ham mumkin emasdi. Chunki, islohotlarni amalga oshirishda shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasidagi bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala esa, ta’kidlanganidek, jamiyat poydevori hisoblanadigan mulk munosabatlarini qayta qurish bilan bog’liq. Mulk munosabatlarini o’zgartirish esa bevosita sosializmning taqdiri bilan bog’liq edi. Murt poydevor ustiga qurilgan binoni ta’mirlash bilan uning ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shovshuv va dahmaza bilan boshlangan, biroq nihoyasiga yetmay, orayo’lda qolib ketgan iqtisodiy islohotlar ham xo’jalik yuritishning ayrim bo’g’inlarini takomillashtirishdan nariga o’ta olmadi, butun iqtisodiyotni jonlantirishga ojizlik qildi. Natijada, yana odatdagidek ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo’r berildi. Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan keng foydalanish orqali naridan-beri ta’minlash imkonini berdi. Ammo tabiiy resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod manfaatlarini hisobga olmasdan, pala-partish foydalanish talay muammoalarni, jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi. Ekstensiv omillarning borgan sari imkoniyatlari torayib ketaverishi, intensiv xo’jalik yuritish mexanizmining mavjud emasligi ertami-kech iqtisodiy tanqislik va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham! Iqtisodiy tanglik XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo, mahsulot ishlab chiqarishning butunlay pasayib ketishida, ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanmaganida, ishsizlik darajasining o’sishida, pulkredit va valyuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo’ldi. Xususan, 1990 yilda sobiq ittifoq yalpi milliy mahsuloti 1989 yildagiga nisbatai 2 foiz, ishlab chiqarilgan milliy daromad hajmi 4 foiz, mehnat unumdorligi 3 foiz pasaydi. 6 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-7-9 бетлар. 7 Tashki savdo aylanmasi 6,6 foiz qisqarib, tashqi savdoning salbiy saldosi 9,8 millard rublga yetdi. Davlat qarzi esa bir yilda 150 millard rubl ko’payib, Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling