Referat mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinmg “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi pf-4947-sonli farmonining mazmuni va mohiyati
Download 37.33 Kb.
|
NAZAROV JAHONGIR INVESTITSIYALAR TAHLILI REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinmg “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmonining mazmuni va mohiyati
- TERMIZ-2023 Reja: Kirish. I bob. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-№-4947 haqida.
- 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida.
- Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari.
- Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI SURXONDARYO VILOYATI TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI ―IQTISODIYOT VA TURIZM ‖ fakulteti ―IQTISODIYOT ‖kafedrasi ―INVESTITSIYALAR TAHLILI fanidan REFERAT MAVZU: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinmg “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmonining mazmuni va mohiyati BAJARDI: I-220 GURUH TALABASI NAZAROV JAHONGIR QABUL QILDI: FARMONOVA .M.N. TERMIZ-2023 Reja: Kirish. I bob. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-№-4947 haqida. O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida. II bob. Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo’nalishlari. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar. Xulosa: Harakatlar strategiyasining to’rt yillik sarhisobi: Islohotlar samarasi va erishilgan natijalar. Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalish - Harakatlar strategiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo’lib, buning natijasida ko’pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek farmon demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, shuningdek inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va adolat, mamlakatimizda tinchlik – osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni qaror toptirish maqsadida davlat organlarining aholi bilan ochiq, to’g’ridan-to’g’ri muloqotini kuchaytirishga yo’naltirilgan. Harakatlar strategiyasiningmaqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining boy tarixiga tayanib, porloq istiqbolini qurayotgan davlat, hamjihat xalq, eng tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida dunyoga tanildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan, hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa'y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamon shiddatiga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta'minlashga qaratilgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimiz hayotida katta voqelik bo‘ldi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilab bergan mazkur hujjatda qayd etilgan har bir vazifa shu zaminda yashayotgan, ertangi kunga qat'iy ishonch bilan qarayotgan har bir inson hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar, davlat organlari vakillarining uchrashuvlari, xalq bilan muloqotlar chog‘ida bildirilgan mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning kontseptual masalalari kiritilgani e'tiborga loyiq. Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanishi uni hayotga tatbiq etish samaradorligini oshiradi. Shu jihatdan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshiriladigan Davlat dasturida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilgan. Buning tub mohiyatida xalqqa har tomonlama qulaylik yaratish mujassam. Faoliyati aholi bilan ishlash, uning manfaatlarini ta'minlash bo‘lgan tuzilmalar yanada takomillashtiriladi. Bu jarayonda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi sifatini tubdan yaxshilash, siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish kutilgan natijaga erishishda zarur vosita bo‘lishi shubhasiz. Xalq bilan muloqotning bugungi kun talabi darajasidagi zarur omillaridan biri “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishdir. Joriy yilda bu yo‘nalishda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi. Buning uchun zarur barcha asoslar yaratilayotgani aholiga, tadbirkorlik sub'yektlariga katta qulayliklar taqdim etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak, degan fikrlari faoliyatimizda muhim mezonga aylandi. Zero, sohamiz xodimlarining zimmasidagi vazifalarni bajarishga katta mas'uliyat bilan yondashishi, ishlarni qonuniy muddatlarda ko‘rib chiqib, adolatli va asosli qarorlar qabul qilishi bugungi kun talabidir. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta'minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bunday chora-tadbirlar sudlarning odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshiradi. Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlari kengaytirilishi ham sohada sezilarli yutuqlarga yo‘l ochadi. Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilgan. Aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, mamlakatimizning olis hududlarini ham elektr energiya, gaz bilan ta'minlashni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarining qulayligini ta'minlash, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus va oliy ta'limni sifat jihatdan yanada boyitish borasida qator chora-tadbirlar belgilangan. Tibbiyot maskanlari, xususan, birlamchi tibbiyot muassasalari, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish borasida aniq tadbirlar olib boriladi. Prezidentimiz rahnamoligida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, jamiyatimizda har tomonlama sog‘lom oilalarni qaror toptirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining soha xodimlari bilan har uchrashuvida bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar keng muhokama qilinmoqda, zarur topshiriqlar berilmoqda. Harakatlar strategiyasi tibbiyot sohasini izchil rivojlantirish, soha xodimlarining kasb malakasi va mas'uliyatini yanada oshirishda ham muhim dasturilamaldir. Mamlakatimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotini belgilab beruvchi ushbu muhim hujjatda yoshi ulug‘larni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari qayd etilgan. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Qishloq joylarda arzon uy-joylar, suv va gaz ta'minoti quvurlari, bugungi talablarga mos zamonaviy yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash nazarda tutilmoqda. Bu islohotlarning barchasi odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Download 37.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling