Referat mavzu: Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari Bajardi: Karimov Umed


Download 317.45 Kb.
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi317.45 Kb.
#1031486
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
pul va bank ma\'ruza

2. Pul tizimining shakllari.
Pul tizimining asosan 2 shakli mavjud:
A. Metallar pullar tizimi: metal pullar tizimining 2 turi mavjud:
1. Bimetallizm-2 valyutaga ya`ni oltinning va kumush tangalar muomalasiga asoslangan pul tizimidir. Lekin kumush konlarining ko`plab topilishi kumush tangalar zarb etish hajmini oshirdi. Natijada kumush tangalar keskin qadrsizlanib ketdi. Oqibatda muomalada bitta oltin tangalar qoldi.
2. Monometalizm- 3 ko`rinishi mavjud: 1. Oltin moneta standarti(oltin tangalar muomalasidir). 2. Oltin quyma standarti(bunda banknotalar ma`lum miqdordagi oltin quymalariga almashtirilgan). 3. Oltin deviz standarti bunda milliy valyutalar oltin qatorida to`lov vositasi sifatida ishlatilgan. Misol: 1944-yilda AQSHning Britton Vuds shahrida bo`lib o`tgan xalqaro konferensiyada AQSH dollari va Buyuk Britaniya funt-sterlingiga xalqaro rezerv valyuta degan maqom berilgan.
B. Metal bo`lmagan pullar tizimiga qog’oz va kredit pullarining muomalasiga asoslangan pul tizimi kiradi. Hozirgi zamon pul tizimi faqat kredit pullariga asoslangan pul tizimidir. Hozirgi zamon pul tizimiga xos bo`lgan xususiyatlardan quyidagilardan iborat:
1. Dunyo mamlakatlarida baho masshtabining bekor bo`lganligi
2. Naqdsiz pul aylanmasining rivojlanganligi va naqd pullarga bo`lgan talabning qisqarganligi
3. Markaziy bank tomonidan amaga oshiriladigan monetar siyosatning pul tizimini tartibga solishdagi rolining kuchayganligi
Pul tizimi uchta funksiyani bajaradi:

  1. Emission funksiya;

  2. Tartibga solish funksiyasi – muomaladagi pul massasini tartibga solish bilan bog’liq;

  3. Nazorat funksiyasi – bu funksiya pul tizimi doirasida qabul qilingan qonun xujjatlarning talablariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog’liq.

Insoniyat hozirga qadar pul tizimining 45 shaklini biladi:

  1. Bimetalizm – bu lotincha bis – ikki marta va metallon – metal degan ma`noni anglatadi. Bimetalizm – ikki nodir metaldan pul sifatida foydalanishga asoslangan pul tizimidir. Bu tizim XVI – XVIII asrlarda dunyoning ko`plab mamlakatlarida qo`llanilganpul tizimidir. Bunda asosan oltin va kumushdan yasalgan tangalardan pul sifatida foydalanilgan. Ayrim davlatlarda bronza tangalardan ham foydalanilgan. Bimetalizmning

3 turi mavjud:



  1. Parallel valuta tizimi – bunda ddavlat oltin va kumush tangalar o`rtasidagi nisbatni belgilamaydi.

  2. Ikkiyoqlama valuta tizimi – bunda davlat oltin va kumush tangalar o`rtasidagi nibatni belgilaydi.

  3. Oqsoqlanadigan yoki cho`loq valuta tizimi – bunda oltin tangalar erkin zarb etiladi, kumush tangalar esa yopiq rejmda zarb etiladi.

Bimetalizm jiddiy kamchiliklarga ega edi:

  • Ikkita valuta muomalada bo`lganda ikkita qiymat o`lchovi mavjud bo`ladi. Bu esa pulning mohiyatiga ziddir.

  • Oltin va kumushni qazib chiqarishda mehnat unumdorligi o`rtasida kata farq bor.

Buning natijasida oltin va kumush tangalarning qiymati o`rtasidagi nisbatni aniqlashda qiyinchiliklar va noaniqliklar yuzaga keldi. Ushbu kamchiliklarning mavjudligi va ko`plab kumush konlarining topilishi natijasida kumush tangalarning ko`payishi bimetalizm pul tizimining barham topishioga olib keldi. Uning o`rniga yagona metal pulga asoslangan monometalizm tizimi paydo bo`ldi.

  1. YAgona metal pul sifatida oltin tangalardan foydalanildi. Monometalizm grekcha “monos” - yakka yagona, bitt ava “ metallon” – metal degan so`zlardan kelib chiqqan. Oltinni metal sifatida juda noyob ekanligi va davlatlar o`rtasida notekis taqsimlanganligi, oltin tangalar emirilish xususiyatiga ega ekanligi va Tovar – pul munosabatlarini yuqori darajada rivojlanib ketishi monometalizm pul tizimini barham topishiga sabab bo`ldi. Natijada oltinga almashinadigan qog’oz pullar tizimi paydo bo`ldi.

  2. Oltinga almashinadigan qog’oz pullar bunda muomalaga chiqariladigan qog’oz pullar oltin bilan ta`minlanar edi. Milliy pulning oltin bilan ta`minlanishiga baho masshtabi deyiladi.

Masalan AQSH da 1934- yilda qabul qilingan aktga ko`ra 1$-0,88gr sof oltinga teng edi. Qog’oz pullarni oltin bilan ta`minlanishi ularni inflatsiyaga uchrash xavfini kamaytirdi. Ammo ushbu tizim tovar – pul munosabatlarini rivojlantirishga to`sqinlik qilib qoldi.
AQSH da 8400 tonna oltin zaxira mavjud.
Natijada oltinga almashinmaydigan banknotalar tizimi yuzaga keldi. Banknotallar Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladigan pullar bo`lib MB ning aktivlari bilan ta`minlanadi.
1976 – 1978 yillarda YAmayka davlatida davlatlararo xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Konferensiyada oltinni demonitizatsiya qilish to`g’risida qaror qabul qilindi. Bu oltindan xalqaro to`lov vositasi sifatida bekor qilish degan ma`noni anglatadi.
Oltindan tezavratsiya maqsadlari uchun foydalanishga ruxsat etildi.
Banknotalar emissiyasini oltin bilan ta`minlanmasligi inflatsiya muammosini yuzaga keltirib chiqardi. Ayniqsa harbiy xarajatlarni moliyalashtirish davlat qarzlarini MB kreditlari hisobidan to`lash XX – asrning 70 – yillariga kelib pullarni taklifini o`payishiga olib keldi.
Iqtisodchi olimlar o`rtasida pul tizimining tarkibiga oid ya`ni uning elementlari bo`yicha bir-biridan farqlanuvchi fikrlar mavjud.
Professor O.I Lavrushin
Pul tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  1. Pul birligining nomi;

  2. Pul aylanmasining tarkibi;

  3. Pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solish;

  4. Pul massasi va uning tarkibi;

  5. Milliy valutaning pariteti. Paritet so`zi bizning tilimizda tenglik degan ma`noni anglatadi. Milliy valutaning pariteti – bu milliy valuta qiymatining xorijiy valuta qiymatiga nisbatidir. Hozirgi davrda milliy valutaning pariteti milliy valuta va xorijiy valutaning xarid qobilyatini taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi. Misol: O`zbekistonda so`mning valyuta pariteti AQSH dollariga nisbatan aniqlanadi.

Hozirgi davrda 1 valyutaning 2 valyutaga nisbatan pariteti ularning xarid qobiliyatini bir biriga taqqoslash yo`li bilan aniqlanadi.
∑so`m/∑dollar
Markaziy banklar valyuta paritetini milliy valyutaning nominal almashuv kursi bilan xarid qobiliyati o`rtasida farq yuzaga keldimi, yo`qmi shuni bilish uchun hisoblaydi. Agar milliy valyutaning nominal kursi sun`iy ravishda yuqori bo`lsa, bu mamlakatda xorijiy valyutalarga bo`lgan qiziqish kuchayadi. Sun`iy deyilganining sababi shuki, kurs valyutaning xarid qobiliyatiga nisbatan baland o`rnatilgan, xorijiy valyutalarga sig’inish fanda fitishizm deyiladi.
Milliy valyutaning kursi bilan uning pariteti o`rtasida yuzaga kelgan farqni yo`qotish uchun devalvatsiyadan foydalanadi.
F. Milliy valutaning kursi – bu milliy valutaning horijiy valutaga nibati bo`lib u valuta bozorida aniqlanadi. birja kursi shu tariqa aniqlanadi.




  1. Download 317.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling