Referat mavzu: «Shaxs patologiyasi»
Download 28.57 Kb.
|
shaxs patologiyasi
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI KAFEDRA:
REFERAT MAVZU: «Shaxs patologiyasi» Tayyorladi: Qabul qildi: REJA: SHAXS VA UNING BUZILISHLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA: shaxsning tuzilishi, taʻrifi shaxsning turlari, xarakter psixopatiyalar SHAXS PATOLOGIYALARINING TURLARI: psixopatiyalar tasnifi paranoid tip shizoid tip isterik tip FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR SHAXS VA UNING BUZILISHLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA: Shaxsning tuzilishi, taʻrifi Biologik va ijtimoiy komponentlardan iborat tuzilishga ega: temperament, xarakter, qiziqishlarning yunalganligi va kengligi, dunyoqarash. Shaxs bu biologik va ijtimoiy kelib chiqishga ega bulgan xususiyatlarga ega konkret insondir. Har bir inson – bu aloxida shaxsdir (yangi tugʻilgan chaqaloqlar bundan istisno). Temperament – miqdoriy xarakteristika boʻlib, kechayotgan jarayonlarning ritmi, kuchi, tezligi, tempini, tormozlanish va kuzgaluvchanlik jarayonlaridagi muvozanatni aniqlaydi, ijtimoiy muhit taʼsirida va yoshga xos oʻzgarmaydi Xolerik – qiziqqon, keskin va affekt tebranishlari bilan Sangvinik – chaqqon, emotsional, serharakat Melanxolik – tashqi tomondan tinch, tortinchoqlik va uyatchanlik belgilari bilan Flegmatik – bamaylixotir, ishonchli, sustkash Xarakter – sifatiy xarakteristika, ijtimoiy va biologik determinirlangan, yosh oʻtishi bilan va jamiyatning taʼsirida uzgarishlarga uchraydi. Normal xarakter – bu shaxsning barcha belgilaridagi bogliklik, yaxlitlik, organiklik, garmoniya, bunda belgilar biri ikkinchisidan kelib chikadi va adekvat shaxslararo munosabatlarni shakllantirishga xususiyatiga ega boʻladi, bu esa shaxsning jamiyatdagi adaptatsiyasiga yordam beradi. Xarakter aksetuatsiyasi – bu diagnoz emas, normaning chegarasi, dezadaptatsiya fakatgina maʼlum bir xolatda, shaxsning kuchsiz zvenosiga muxit taʼsir kilganda paydo boʻladi, bunda shaxsning kuchli tomonlari uni kompensatsiya qilishga qodir va adaptatsiya doirasida ushlab turadi. Psixopatiya – shaxsning turgʻun anomaliyasi boʻlib, hissiyot-iroda va harakat doirasining disgarmoniyasi, uziga xos, ustunlik qiluvchi affektiv tafakkur bilan tavsiflanadi. Shaxsning tibbiy psixologiya va psixopatologiyasi. Psixopatiyalar Psixopatiya – bu shaxsning ruxiy komatini disgarmoniya bilan xarak-terlanadigan patologik xolat. Bu xolatdan xam bemor uzi, xam atrofdagi odamlar ozob chekadilar. Psixopatiyalar tez uchrab turgan xolatlar. Vatanimiz olimlarning kur-satkichlar buyicha ularning tarkalishi xar ming axoliga 21-31dan tugri keladi. Chet mamlakat olimlarning kursatkichlar buyicha esa 5-15%ni tashkil etadilar. Psixopatiyalarning nomini 1891 yilda Kox tasvirladi. Psixopatiyalardan xarakterning aksentuatsiyasini ajratish kerak. Xarakterning aksentuatsiyasi – bu shaxsning butun xarakteriladigan uta kurinadigan bir yoki bir necha bichimlarning kuchayib ketishi. Aksentuatsiya xarakteri bilan insonlar 90%ni tashkil etadilar. Aksentuatsiyalardan inson na uzi, na atrofdagilaga xalakit bermaydi, atrof muxitda yaxshi moslanishkan. Psixopatiyalarning mezonlarini birinchi bulib 1933 yilda Gannushkin uzi-ning "Psixopatiyalarning statika va dinamikasi" deb nomlangan monografiyada tasvirladi. Xozirgi paytda bu mezonlarga psixopatiyalarning Gannushkin uchligi deb nomi berilgan. Bularda: Xarakterning patologik bichimlari doimiy buladilar. Shaxsning disgar-moniyasi bulib, tugilish paytdan boshlab insonning butun xayot davomida saklanib koladi. Xulk atvordagi bichimlari erta bolalik davridan kurinadi-lar; Shaxsning disgarmonik tuzilishini totalligi. Xissiy-irodaviy sferasi-dagi disgarmoniyasi shu kadar kurinadiki, balkim shaxsning butun ruxiy kiyo-fasini taʼriflab beradi. Ijtimoiy dezadaptatsiya. Patologik bichimlari shukadar uta kurinadiki, bal-kim insonning ijtimoiy adaptatsiyasiga xam , yaʼni atrof muxitda, oilasida kunikishga xalakit beradilar. Ruxiy faoliyatning patologiyasi ikkita sferaga tegishli – xissiy va irodaviy. Akl xech kachon jabrlanmaydi. Etiologiya va patogenez xakida zamonaviy tushunchalari: Psixopatiyalarning rivojlanishida kuyidagi faktorlar rol uynaydilar: 1. Konstitutsional va genetik faktorlar. Ular tugma, yaʼni yadroli psixopatiya-ni rivojlanishida asosiy rolni uynaydilar; 2. Bosh miyaning yengil ekzogen-organik buzilishlari; 3. Ota-onaning alkogolizmi. 74% bemorlarda bittasi yoki ikkalasi xam spirt-li ichimliklarni istemol kilishadi. 4. Nokulay ijtimoiy-psixologik va vaziyatli taʼsirlar. Mikroijtimoiy atrof, oilaning mikro iklimi, tarbiyalash xarakteri. Agarda psixopatiyaning rivojlanishida asosiy rolni oilaviy omillar uynasa, bu natijada chegaradagi psixopatiya rivojlanadi. Psixopatiyalarni rivojlanishida tarbiyalash xillari xam muxim rolni uynaydilar: 1. "Oilaning sanami (maftuni)" turi buyicha tarbiyalash Agarda taʼminli oilada kup kutilgan, kechki, bitta bola tugilsa – unga ilk davridan boshlab xamma uta kimmatli karashadi. Ota-onasi bolaning xar kan-day orzusini xar kanday yuli bilan bajarishadi. Ilk davridan boshlab bu bo-laga "Sen eng- eng….." deb uktirishadi. Keyinchalik bu bolalarda isteroidli psixopatiya rivojlanadi. 2. "Tipratikan kulkoplari" turi buyicha tarbiyalash Bolani kattik sharoitlarda tarbiyalashadi. Arzimagan aybga bola shiddatli ja-zolanadi. Ota-onasi doimiy bolaga buyruk berishadi, bola biror bir xulosani uzi kilolmaydi. Bu tarbiya bulak insonlarda irodasiz, bulaklarda esa kuzga-luvchang psixopatiyani rivojlanishiga olib keladi. 3. “Oltinoy” turi buyicha tarbiyalash Agarda oilada xoxlamaydigan, ota-onasidan bittasi xam xoxlamaydigan bulsa-da, bola tugilsa, bu bola yetarli mexribonni kurmaydi va eng ogir ishlarga bu-yuriladi, bolaning butun tashabbus va intilishlar bugiladilar. Keyinchalik bu bolalarda tormozlanish psixopatiyalar rivojlanadi. Bu insonlar doimiy ishonmaydigan va ikkilangan bulishadi. 4. “Nazoratsiz” tarbiya turi Kupincha ota-onalari narkotik moddalarni va alkogolni isteʼmol kilgandan-da bolalarga kerakli eʼtibor berishmaydi va shu natijada erta bolalikdan boshlab bolalar uzlariga-uzlari takdim etishadi. Keyinchalik bu bolalarda kuzgaluvchang psixopatiya rivojlanadi. Bolalar raxmsiz, shavkatsiz va tajo-vuzkor buladilar. Bu tarbiya turining gipogamxurlik tarbiyasi xam ajraladi. Bu xolat normal oilada xam uchrashi mumkin – kachonki bolaga kam eʼtibor berishadi – bolalar-da tajovuzkorlik va toshbagarlik rivojlanadi. 5. “Gipergamxurlik” Bolaning xar bitta kadami va xarakati ota-ona tomonidan nazorat kilinadi. Xar bir tashubbus va intilishi bugiladi. Ota-onasi xayot davomida bolani kul-ga ushab boshkarishadi. Bola mustakillikdan maxrum kilingan va uzi biror bir ishni bajara olmaydi. Psixopatiya rivojlanishida tipik xulk atvor reaksiyalari xam rol uynaydi-lar. Psixopatiyalarning zamonaviy tasnifi: I. Kuzgaluvchang turi; II. Tormozlanuvchang turi; III.Sikloid turi; IV.Aralashma turi V. Jinsiy perverziyalar bilan psixopatiyalar I. Kuzgoluvchang psixopatiyalar 1. Eksploziv turi Klinikasida uta achchiklanish, yengillik, tajovuzkorlik, beadablik bulib ku-rinadi. Bemorlar xissiy yengil, serjaxl buladilar. Arzimagan narsaga uta kuz-galadilar, urishib ketishadi. Kupincha narkotik va alkogolni isteʼmol kili-shadi. 2. Impulsivli turi Bu turiga yukoridagi turining bichimlari bilan yangi bichimlari xam kirisha-di – impulsivlik, bemor uta tez, sababsiz kuzgaladi. Bu reaksiya serjaxllik bilan xarakterlanadi. Bemor adolatsiz xarakatlarni kiladi. 3. Epileptoidli turi Bu bemorlar pastkash, mayda gap, uta tayinli bulishadi. Tayinligi xamma to-monlama buladi – kiymida, ishda,uyda. Bemorlar dinga berilgan bulishadi. Agarda xamma narsa bemor kilgan tartib buyicha ketsa – bemor tinch buladi, agarda bu tartib buzilsa – bemor xamma kulga tushgan narsalarni buzadi. II. Tomozlangan psixopatiyalar: 1. Astenik turi Bu bemorlarga tez charchashlik, xoldan toyish, bosh ogriklar,dardchil xolatlar, kayifiyatning pasayishi, atrofdagilardan va uzidan noroziligi xarakterli-dir. Xar kuni ishdan kelib ular kunning ogir utishiga shikoyat kilishadi. 2. Psixastenik turi Bu tur astenik turining bichimlari bilan va tashvishli vaxima bilan xarak-terlanadi. Bemorning kayfiyati kupincha tashvishli buladi, bemor doim yomon vokealarni kutadi, uzining salomatligiga tashvishlanadi, kup vrachlarga shikoyat kiladi, kasallikning yaxshi natijasida shubxalanadi. Yengil kasallik bulsa xam uziga kurpa tartibni tayinlaydi. Ikkinchi xarakterli bichim – bu mujmallik yoki ikkilanish – bemorlar biror bir xulosani kiyinchilik bilan isteʼmol kilishadi. 3. Isterik turi Bu turga ikkita eng asosiy bichimlar xarakterlidir: 1. Uta xayajonlik. Bu insonlar uzining xissiylarini uta kattik va kizgin bilan kechishadi; 2. Urtada bulishiga intilishadi. Bu insonlar ochik kiyinishadi, ayollar ochik, rangli makiyaj kilishadi, psevdologiyalarga (yolgon gapirishlarga) ega bulishadi. III. Sikloid turi 1. Gipotimli turi Bu turdagi psixopatlar tugma pessimistlar, doimiy atrofdagilardan norozi bulishadi, javrashadi, atrofda biror bir kiziktirgan narsani kurmaydilar. Xayot davomida muvaffakiyatsiz xisoblanadilar. 2. Gipertimli turi Bu turdagi bemorlar doim kuvnok, xarakatchang, xamma atrofdagini pushti rangda kurishadi. Ularning xayot davomidagi shiori:"Bugun xamma narsa yaxshi, ertaga esa bundan xam yaxshirok buladi". Bu bemorlar utirishlarning joni bu-lishadi, xammani kiziktirishadi. 3. Chin sikloid turi Bunda yukori turlarning almashuvi kuzatiladi. Bu insonlarning xayoti uchish va tushishlardan iboratdir. Xayot davomida ular 2-3 xayotni kechadilar. IV. Aralashma psixopatiyalar 1. Shizodli turi Bu turdagi bemorlar autik, odamlarga aralashmaydigan, kam ulfatli, ularning kizikishlari chegaralangan buladi, yolgizlik sharoitda uzlarini yaxshi sezisha-di. Ularning ish faoliyati kupincha mashinalar bilan boglangan buladi, odamlar bilan alokalari chegaralangan. Bu insonlar uta taʼsirchang, gap kutara olmaydigan bulishadi. Kiyimlari modadana chikkan, eski narsalarda yurishadi, xayotning tartibini uzgarmaydilar. 2. Paranoyyal turi Bu bemorlarda uta kimmatli vasvasasimon goyalar paydo bulishadi. Kuyidagi turlarga bulinadi: a) patologik rashkchilar. Bu insonlar uta shubxali, mayda gap, doim biror bir insonni orkasidan kuzatishadi. b) igvogarchilar. Bu insonlar doim adolatsizlikni kurishadi, uzining takliflari bilan xar xil joylarga shikoyat kilishadi. v) soxta ixtirochilar. Bu bemorlar axamiyatsiz, maksadsiz ixtirok etishadi. g) infantil turi. Bu insonlar xissiy-irodaviy sferada yetilmagan, ular atrof muxitda notugri muljallaganlar, ularning xulk atvori yoshiga mos kel-maydi, usmirlarning yoshiga mos keladi. d) irodaviy sferani pasayishi bilan psixopatlar. Bemorlar passiv, musta-kil biror bir xulosaga kelishmaydilar, yomon ulfatlarning taʼsiriga utib ke-tishadi. Bu ulfatlarda ulardan foydalanishadi. IV. Jinsiy perverziyalar bilan psixopatiyalar 1. Jinsiy maylning obyektini buzilishi bilan seksual perverziyali psi-xopatiyalar a) Gomoseksualizm – uzining jinsdagi insonlarga jinsiy mayl; b) Pedofiliya – bolalarga jinsiy mayl; v) Gerontofiliya – yoshi utgan va kari insonlarga jinsiy mayl; g) Narsissizm – uzini yaxshi kurish, uzining tanasiga jinsiy mayl; d) Insest – yakin karindoshlarga jinsiy mayl; ye) Nekrofiliya – uliklarga jinsiy mayl; j) Zoofiliya – xayvonlarga jinsiy mayl; z) Transvestizm – karshi jinsga karashli kiyimlarini kiyishiga jinsiy mayl; i) Fetishizm (idolizm, simvolizm) – biror bir narsaga jinsiy mayl; k) Ionizm – karshi jinsdagi insonga karashli narsani xidiga jinsiy mayl 2. Jinsiy kondirish usulining buzilishi bilan seksual perverziyali psi-xopatiyalar: a) Eksgibitsionizm – jinsiy aʼzolarining yolongochlashga jinsiy mayl. Bu tur xam gomoseksuallik, xam geterosesuallik bulishi mumkin. Bemor uzining jin-siy aʼzolarin kursatadi. Eksgibitsionizmning ikkita turi ajratiladi: 1. Sadistik turi. Maksadi – ayolni kurkitish va shu natijada jinsiy kondi-rishiga yetish; 2. Mazoxistik turi. Bu yerda esa aksincha – bemor kochmaydi, u odam kup bor joyini tallab va jinsiy kondirishga ayolning sukinishlaridan yetadi. b) Mazoxizm (passiv algolagniya) – jinsiy ulfatga keltiradigan jismoniy kiynalish va kamsitish natijasida jinsiy koniktirish; v) Sadizm (aktiv algolagniya) – jinsiy ulfatga keltiradigan ozoblaridan jinsiy koniktirish; g) Pigmalionizm – bu xaykallarga jinsiy mayl; d) Vuayerilizm (vizionizm) – yolngoch insonlarga yoki jinsiy alokaning kuza-tish natijasida jinsiy koniktirish; e) Frottaj – karshi jinsdagi insonlarning badaniga ishkalash va shu natija-da jinsiy koniktirish; j) Plyuralizm – bir birining oldida bir necha insonlarning jinsiy alokasi, yaʼni guruxli jinsiy aloka. Paranoyal sindrom—birlamchi tizimlashgan interpretativ vasvasaning ustunligi bilan tavsiflanadi (atrof haqiqatini, hujjatlarini vasvasali tushuntirish). Mazmuni bo‘yicha — rashk, erotik, kashfiyotchilik, kuzatib yurish vasvasalaridan iborat. Gallyutsinatsiyalar, nevrogallyutsinatsiyalar va ruhiy avtomatizm holatlarida uchraydi. Bemorlarning ongi aniq bo‘ladi. Paranoyal sindrom shizofreniyaning dastlabki bosqichlari paranoyal psixopatiya va alkogol paranoidlar uchun tavsiflidir. Kechishi bo‘yicha o‘tkir va surunkali paranoyal sindromlar farqlanadi. O‘tkir paranoyal sindrom — ko‘pincha interpretativ bo‘lib, birdan paydo bo‘ladi, xavotirli kayfiyat qo‘rquv, baʼzan ekstaz elementlari fonida birdan yark etib paydo bo‘ladi. Surunkali paranoyal sindrom asta-sekin vasvasaning progradiyentli taraqqiyoti va sistemalashuvi hamda kengayishi bilan tavsiflanadi va bemor shaxsiyati tobora o‘zgarib boradi. Sezilarli affektiv buzilishlar (xavotirli,qo‘rquv) deyarli uchramaydi. Paranoid-vasvasali (gallyutsinator-paranoid) sindromlar — kuzatish vasvasasiga jismoniy va ruhiy taʼsirotlar, verbal gallyutsinatsiyalar, ko‘pincha psevdogallyutsinatsiyalar va ruhiy avtomatik (Kandinskiy— Klerambo) sindromlari qo‘shiladi. Gallyutsinator-vasvasa sindromi strukturasida vasvasa yoki gallyutsinatsiyaning yetakchiligiga qarab turib uni gallyutsinator yoki vasvasali ko‘rinishlari farqlanadi. Paranoid vasvasa (gallyutsinator-paranoid) sindromlarning o‘tkir va surunkali shakllari farqlanadi. O‘tkir gallyutsinator-paranoid sindrom sezilarli af¬fektiv buzilishlar — xavotirlik, qo‘rquv, shalvirash fonida obrazli vasvasa va ruhiy avtomatizm sindromi bilan kechadi. Surunkali gallyutsinator-paranoid sindrom sistemalashtirilgan vasvasa bilan tavsiflanib, sezilarli affektiv buzilishlarsiz kechadi. Ruhiy avtomatizm (Kandinskiy — Klerambo sindro¬mi, tashqi taʼsirot sindromi, taʼsir sindromi, kirib borish sindromi, begonalanish sindromi, qo‘lga olish sindromi) — o‘zining ilk tushunchasidan begonalanish yoki yo‘qotish, o‘zining ruhiy kechinmalari jarayonlaridan begonalanish (tafakkur, sezgi hissiyotlaridan va tashqi kuchning taʼsirotini sezish bilan qo‘shiladi. Jismoniy, ruhiy taʼsirot va kuzatib yurish vasvasalari bilan kuzatiladi. Bu sindromni birinchi marta 1885 y. V. X. Kandinskiy yozgan. Klerambo (1920, 1926) ishlarida bu sindrom tasniflanadi. Ruhiy avtomatizmning uch turi farqlanadi. Assotsiativ avtomatizm (ideator) fikrlariing nasliy tezlashuvi yoki sekinlashuvidan iborat bo‘lib, tasodifan bemor tafakkuri to‘xtab boshiga begona fikrlarning kirishi, uning fikrlarini o‘qishi, boshqarishi, ixtiyorsiz obrazlarning toshib kelishi — mentizm, o‘zgalarning yasalgan, tuzilgan fikrlarini solib qo‘yilishi, fikrlarni olib qo‘yish, zo‘rlab bemorni ko‘pincha eng intim (ochiqlik belgisi) fikrlarini o‘qish, xususiy yoki yasalgan fikrlarning jaranglashi (fikrlar aks-sadosi) kuzatiladi. Hayoliy, tovushsiz gaplashishlar, telepatik fikran aloqalar, fikrlarni uzatish, bemorning o‘zini kuzatib yurganlar bilan dialog sifatida muloqoti, assotsiativ avtomatizm murakkablashuvi: ko‘pincha bunday gaplashish noxush va bemor uchun qiynoqlidir, ular depressiv affekt bilan kuzatiladi. Bunday buzilish, akustik (tovush) komponentidan ajralgan bo‘lib, ruhiy gallyutsinatsiya atamasi bilan belgilanadi. Ruhiy gallyutsinatsiyalar akustik kompo¬nent bilan murakkablashuvi, tovush hosil bo‘lishi “ichki” xissiyotga aylanishi, eshituv psevdogallyutsinatsiyasi paydo bo‘lganligi haqida darak beradi. Eshituv bilan birga qo‘ruv va boshqa psevdogallyutsinatsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Psevdogallyutsinatsiyalar Kan¬dinskiy— Klerambo sindromining asosiy buzilishlaridir. Sensor avtomatizm (senestopatik). Maxsus maqsadda, tashqi taʼsirdan bo‘layapti deb bemorlar o‘ylaydigan — jismoniy taʼsir, vasvasa deb nomlanuvchi, asosan ichki aʼzolarda turli-tuman noxush, og‘ir og‘riqlardan iborat holat namoyon bo‘ladi. Bemorlar ularning orqasidan kuzatib yuruvchilar maxsus ravishda ularda bosish, cho‘zish, kuydirish, sovuq jinsiy qo‘zg‘alish, ishtaxani buzish — yeb bo‘lmaydigan narsalarni yedirish, qabziyat yoki ich surishini chaqirish, zahar tanglik holatini chaqirish hollarini bajaradilar. Motor (harakat, kinetik) avtomatizmi. Bemorda shunday ishonch hosil bo‘ladiki, u «tashqi kuch» taʼsirida harakati va faoliyatining boshqarishini yo‘qotib qo‘yayotganidek tuyuladi. Ular tashqi taʼsir ostida, boshqaning xohishiga ko‘ra qo‘llari ko‘tariladi, kallalari buriladi, chopishga majbur bo‘ladi yoki baʼzida teskarisini, harakatsiz jim turishga va hokazolarga majbur qilinadi deb ishonadilar. Bunga nutq harakati psevdogallyutsinatsiyayei, yasalgan nutq akti, «lab va tillarning buyurilgan harakati, majburlab, zo‘rlab, eshitarli qilib so‘z va gapni gapirish (boshida — xayolan) ham kiradi (Segla, 189,5, 1914). Ruhiy avtomatizmning barcha turlari tizimlashgan kuzatib yurish va taʼsurot vasvasalari bilan birga kuzatiladi. Ruhiy avtomatizm sindromi shizofreniyada, epidemik ensefalitda, ruhiy tutqanoqda uchraydi. Uning o‘tkir varianti jaroxat, alkogol, tomirli va boshqa psixozlar uchun xosdir. Psixopatiyalarning davolanishi: 1. Kuzgaluvchang psixopatiyalarni davolashda neyroleptiklar – neuleptil, mel-leril, stelazin, galoperidol kullaniladilar; 2. Tormozlanish psixopatiyalarni davolashida trankvilizatorlar – elenium, tazepam, fenazepam, seduksen; 3. Nootroplar – piratsetam, nootropil, aminalon, ensefabol; 4. Psixoterapiya, asosan psixokorreksiya. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2009. Ibodullaev Z.R. Asab va ruhiyat. T., 2015. Agranovskiy. Klinik psixiatriya Xodjaeva N.I. Psixiatriya Mamatov M. Etnopsixologiya. Toshkent, 2006. Нарзикулова Ф.Б. Историко-теоретический анализ психологических идейАбу Али ибн Сино. Aвтореферат канд. дисс … T., 2008. Psixiatriya. Ma‘ruzalar matni. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi. 2016. http://www. psixologiya.ru http://www. psixologiya.uz http://www. pedagogika.uz http://www. ziyonet.uz Download 28.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling