Реферат mavzu: shaxs psixologiyasi reja: «Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi
Download 26.41 Kb.
|
Mavzu shaxs psixologiyasi reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Shaxsning shakllanishi
O 'zini hurmat qilish =intilishlar taklif etgan edi. Ma'lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o'zini hurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko'p kuch va g'ayrat sarflashi va o'zini hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo'lib, bu ko'pincha murakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo'li intilishlarining darajasini pasayti-rishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erish-ganda ham o'zini hurmat qilish hissi yo'qolmaydi. Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish holla-ridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymosining mavjud bo'lishiga xavf tug'diradigan his-tuyg'ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va mumkin boigan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo'llaydigan alohida yo'nal-tiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga ya-qin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z. Freyd ishlab chiqqan edi. U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. 3. Shaxsning shakllanishiShaxs muayyan tarixiy hayot kechirish sharoitlarida, faoliyat (mehnat qilish, o'qish va hokazolar) jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanish jarayonida guruhlar va jamoalarda amalga oshiri-iadigan ta'lim va tarbiya yetakchi o'rin tutadi. «Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma'noda qo'llaniladi. Birinchisi shaxsning shakllanishi uning rivojlanish jarayoni va uning natijasi ekanligidir. Ikkinchi ma'nosi shaxsni maqsadga yo'naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatida shakllantirishdan iborat. Psixologiya tarixida shaxs rivojianishi va takomillashuvini ha-rakatlantiradigan kuchlar va mana shu masalalarni hal etishning ikkita yo'nalishi mavjud bo'lgan. Bu yo'nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik konsepsiyalari nomini olgan. Biogenetik konsepsiya inson shaxsining rivojianishi biologik, asosan nasliy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojianishi ichki sabab natijasida (o'zidan o'zi) sodir bo'iish xususiyatiga egadir. Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum boigan narsa, pesha-naga yozib qo'yilgan biologik omillar ta'sirining mahsuli deb ifoda-laydigan biogenetik konsepsiya pedagogikani shaxsning qismatiga ko'ra oldindan belgilab qo'yilgan ushbu fazilatlari paydo boiishining sustkash shohidi qilib qo'ygan edi Download 26.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling