Referat mavzu: Shaxsiy electron hisoblash mashinasi haqida tushuncha bajardi: tekshirdi


Download 238.86 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi238.86 Kb.
#1538651
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
ШАХСИЙ ЭЛЕКТРОН

EHMlarning birinchi avlodi (1940-1950 yillar) qatoriga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining olimlari yaratgan MESM, BESM-1, BESM-2, MINSK-1, URAL-1, URAL-2 va boshqalar kiradi. Bu mashinalarning hammasi elektron lampalar asosida qurilgan. Ular o‘lchamlarining kattaligi, elektr quvvatini ko‘p iste’mol qilishi, amallarning bajarilish tezligi pastligi, katta miqdorda axborotlarni saqlay olmasligi va ishonchsizligi bilan ajralib turardi. Bu toifa mashinalar sekundiga o‘rtacha 10000 amal bajaradi. Xotirasiga faqat 2047 tagacha so‘z sig‘adi. EHMlarning ikkinchi avlodi(1950-1965 yillar) tranzistorlar (yarim o‘tkazgich va magnitli elementlar) tuzilgan bo‘lib, bu avlodga mansub mashinalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, ular qo‘llanish sohasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgandir. Ikkinchi avlod EHMlarida oldingilariga qaraganda ma’lumotlarni ko‘proq, tezroq va ishonchli qayta ishlash imkoniyati yaratildi. EHMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi: Minsk-2, Razdan-3, M-220, BESM-6, Mir, Nayiri, Minsk-22, Minsk-32, Ural-14 va boshqalar. Bu mashinalarda qo‘yilgan masalalarni tez yechish imkoniyatini yaratidigan programmadan, ya’ni masalani yechishda EHM bajarishi lozim bo‘lgan amallar ketma-ketligidan foydalanish mumkin . Bunday EHMlarning o‘rtacha tezligi 100000 amal-sekund, xotirasiga 10000 tagacha so‘z sig‘adi. Elektron hisoblash mashinalarining keyingi mukammallashuvi turli vazifalarni bajaruvchi moslamalarning yaratilishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida, element va sxemalarning o‘lchamlarini kichraytirishni va ularning ishlashdagi ishonchligini oshirishni, xotira sig‘imini kattalashtirishni, ishlash tezligini yana ham tezlatishni talab etdi. Shunga asosan, mikroelektronikada tez orada 1 kub.sm hajmli kristallida eng kamida 5 dona elektronika elementini birlashtirgan elektron qurilma, ya’ni mitti integral sxemalar paydo bo‘la boshladi. Bunday sxemalar ikkinchi avlod mashinalarida mavjud bo‘lgan barcha kamchiliklarning ancha qismini bartaraf etishga va yangi hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Integral sxema, avvalo yasalayotgan moslamalarni juda ham kichiklashishiga olib keldi. EHMlarning uchinchi avlodi(1965-1975 yillar) tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o‘rniga integral sxemalardan keng ko‘lamda foydalanishi bilan xarakterlanadi. Integral sxemalardan foydalanish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashuviga va ishlash tezligining oshishiga erishildi. Bunday mashinalarning ishlashi ancha samarali va ishonchli bo‘ldi. Ularning xotira sig‘imi 2048 Kbaytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalarini bir nechta mamlakatlar birgalikda ishlab chiqarganligi uchun ularni Yagona Sistema (ES-?????? ???????) turidagi mashinalar deb nomlandi, ularning nomlari «ES» qisqartmasidan boshlanadi: ES-1050, ES-1022 va boshqalar. Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amallarni bajarishi mumkin bo‘ldi. Fan va texnikaning rivojlanishi odam bilan EHM o‘rtasida muloqot qilish mumkin bo‘lgan hisoblash mashinalari yaratish zaruratini tug‘dirdi. Bu imkoniyat yangi paydo bo‘layotgan to‘rtinchi avlod mashinalarida amalga oshirildi.

Download 238.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling