Referat mavzu: Tabiatni muhofaza qilish. Qashqadaryo misolida Geografiya 4 kurs sirtqi ta'lim talabasi
FLORA VA FAUNA DUNYOSIGA EKOLOGIK XAVF
Download 203.84 Kb.
|
Tabiatni muhofaza qilish. Qashqadaryo misolida
3. FLORA VA FAUNA DUNYOSIGA EKOLOGIK XAVF
Ekologik xavf, о‘rni kelganda, hattoki yadro talafoti va terrorizmdan ham dahshatliroq bо‘lib, Yer yuzidagi barcha xalqlarni tobora bu haqda chuqurroq о‘ylashga majbur etmoqda. Butunjahon yovvoyi tabiat (WWF), Global Footprint Network jamg‘armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda о‘tkazgan tadqiqot natijalariga kо‘ra, 1970 yildan buyon Yerdagi yovvoyi hayvon va qushlar soni 3430 turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52 foizga kamaygan, ya’ni havoda va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76, Yer ustida va suvda yashovchilar soni 39 foizga qisqargan. 4 daraxt bir kishining bir kecha-kunduzdagi kislorodga bо‘lgan ehtiyojini qondiradi Tabiat shu qadar nozikki, katta shaharning kislorod balansini saqlab turish uchun 1 kishiga 25 kvadrat metr yashil maydon talab qilinadi. Daraxt va buta barglari, kо‘katlar shahar osmonidagi changning 72 foizini ushlab qoladi. Yozda bir gektar о‘rmon bir kecha-kunduz davomida 220-275 kilogramm karbonat angidrid gazini yutib, 180-215 kilogramm kislorod ajratadi. Bu miqdor 430-500 kishini о‘n soat davomida kislorod bilan ta’minlashga yetadi. Tо‘rtta daraxt bir kishining bir kecha-kunduzdagi kislorodga bо‘lgan ehtiyojini qondira oladi. Ma’lumotlarga kо‘ra, faqat yog‘ochning о‘zidan 20 mingdan ortiq turli xil material va moddalar, bir kub metr yog‘ochdan esa 1,5 ming metr sun’iy ipak yoki 600 ta trikotaj kostyum yoxud 200 kilogramm qog‘oz olinar ekan. Kо‘rinib turibdiki, о‘rmonlar va daraxtlar inson ehtiyojini har tomonlama qondirib, odamlarni kiyintiradi, davolaydi va tashnaligini qondiradi. Biroq о‘rmonlarning tobora qisqarib borayotgani jiddiy xavotirlarga asos bо‘ladi. Tabiat oldida hisob beraylik! Kamyob va yо‘qolish arafasida turgan hayvonot va о‘simlik turlarini asrab-avaylash, kо‘paytirish bugun dolzarb vazifaga aylangan. Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasidagi tadbirlar, yо‘l qо‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasi esa Yer yuzi aholisiga ekologik vaziyatni yaxshilash uchun misoli bir bongdir. Aslida har kuni, har daqiqa xatti-harakatlarimiz uchun tabiat oldida hisob berishimiz kerak. Bebaho ne’mat - suvdan oqilona foydalanish, о‘simlik va hayvonat olamini asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlashga ustuvor vazifa sifatida qarab, nafaqat bugungi, balki, kelajak avlodlarimiz taqdiri uchun ham mas’ul ekanimizni unutmasligimiz darkor Xulosa Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi. Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan. Download 203.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling