Referat Mavzu: Tadbirkorlik va ishlab chiqarish Bajarildi: Abduvahobova d tekshirdi: Qurbonxo’jayev F


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1193039
TuriReferat
Bog'liq
Iqtisodiyot referat



Toshkent viloyati Parkent tumani 
41-umumiy o’rta ta’lim maktabi 
Iqtisodiyot bilim asoslari
Fanidan 
Referat 
Mavzu:Tadbirkorlik va ishlab chiqarish 
Bajarildi: Abduvahobova D 
Tekshirdi: Qurbonxo’jayev F 


 
Tadbirkorlik va ishlab chiqarish 
Reja: 
1.Tadbirkorlik haqida tushuncha 
2.Biznes reja 
3.Tijorat va moliyaviy tadbirkorlik 
1.“Tadbirkorlik” deganda kishilarning foyda olish maqsadida, 
tavakkalchilik asosida o’z mablag’lari, mulki, bilimi va imkoniyatlarini 
ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tushuniladi. 
Bunday faoliyat bilan shug’ullana oladigan kishilarni “tadbirkor”, 
“ishbilarmon” yoki “biznesmenlar” deb atashadi. 
kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik 
asosida o’z mablag’lari, bilimi, mulki va imkoniyatlarini ishga solib, 
tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish tushuniladi.
foyda olish maqsadida tovar va xizmatlar yaratish 
uchun tavakkalchilikni zimmasiga oladigan kishilar. 
Tadbirkorlik layoqati bor kishilar: 
- boshlang’ich mulk va mablag’ topib, uni ishga sola olishi
- foyda olishga intilishi va tavakkal qila olishi; 
- ma’suliyatdan qochmasligi; 
- halol raqobat taradori bo’lishi lozim. 


2. Tadbirkorlik biznes-g’oyadan boshlanadi. Lekin biznes-g’oyaning 
o’zi muvaffaqiyatli biznes uchun yetarli emas. Uning uchun aniq 
hisob-kitoblarga asoslangan reja tuzish kerak bo’ladi.
Biznes-reja – biznes-g’oyani amalga oshirish uchun kerak bo’lgan, 
o’zaro muvofiqlashtirilgan xatti-harakat dasturidan iborat hujjat.
Biznes reja, birinchi navbatda, tadbirkorning o’zi uchun muhim. 
Odatda, biznes reja: 
- korxonaning qisqacha tavsifi; 
- ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatning qisqacha tavsifi; 
- ishla chiqarishni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari; 
- ishlab chiqarish xarajatlari, tushum, rejalashtirilgan foyda va uning 
taqsimoti; 
- ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmat bozorining tahlili; 
- yakuniy xulosalar kabi ma’lumotlardan tashkil topadi. 
biznes-g’oyani amalga oshirish maqsadida qilinishi 
zarur bo’lgan, o’zaro muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlar dasturi. 


3.Tadbirkorlikning tijorat turi bilan shug’ullanuvchilar tovarlarni 
sotib olishadi, so’ng esa boshqalarga sotishadi. Albatta, bu holda 
tovarning sotilish narxi, uning xarid qilish narxidan yuqori bo’ladi. 
Narxlar o’rtasidagi farq tadbirkorlik foydasi sifatida tadbirkor 
tomonidan o’zlashtiriladi. 
tovarni muayyan narxda sotib olish, so’ng boshqalarga o’z 
foydasini 
ko’zlab 
qimmatroq 
narxda 
sotishdan 
iborat 
tadbirkorlikning bir turi yoki tadbirkorlik faoliyati. 
Moliyaviy tadbirkorlik tijoratga o’xshab ketadi. Faqat moliyaviy 
tadbirkorlikda tovar oldi-sotdisi o’rniga pul va qimmatli qog’ozlar 
oldi-sotdisi bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati. 
Tadbirkorlikning sug’urta turi hozirda keng tarqalgan, bunday 
faoliyat bilan yuqori mavqega ega tadbirkorlar shug’ullanishadi, 
Chunki u katta boshlang’ich mablag’ni talab qiladi. Tadbirkor turli 
kutilmagan holatlarda ko’riladigan zararni qoplashga ma’lum haq 
evaziga kafolat beradigan shaxs sifatida faoliyat yuritadi. Hozirda 
hayot sug’urtasi, tibbiyot sug’urtasi, mulk sug’urtasi kabi sug’urta 
shakllari bor. 
turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan 
moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling