Referat mavzu: talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi. Bajardi: 110-20 guruh Beyjanov Umidbek Shavkatovich


Download 24.82 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi24.82 Kb.
#1535134
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogika va Psixologiya Referat


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Amaliy matematika” fakulteti


Komyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi
Umumiy pedagogika va psixologiya” fanidan

REFERAT
MAVZU: TALANTNING PAYDO BO‘LISHI VA TUZILISHI.



Bajardi: 110-20 guruh Beyjanov Umidbek Shavkatovich
Tekshirdi: Rashidova Gulnoza G‘ulomovna

JIZZAX 2023


REJA:


  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM:

  1. Ilmiy tadqiqotni rasmiylashtirish

  2. Dissertatsiya va unga qo‘yilgan talablar

  3. Tadqiqot loyihasining qismlari

  4. Qanday qilib tadqiqot loyihasini bosqichma-bosqich qilish kerak?

  5. Uslubiy asos

  6. Qobiliyat va talantlarning tabiiy shartlari

  7. Qobiliyat nazariyalari talqini

  1. XULOSA:

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha talanton qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidan (yig‘indisidan) iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi.


Talantning asosiy belgilari:

  1. muvaffaqiyatni ta’minlash;

  2. faoliyatni mustaqil bajarish;

  3. originallik unsurining mavjudligi;

  4. qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi;

  5. individual psixologik xislatligi;

  6. ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi, yaratuvchi imkoniyatligi kabilar.

Talant ham qobiliyatlarga o‘xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush shart-sharoitlariga bog‘liqdir. Jamiyatda talantli shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi uchun zarur ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda barkamol odamlarning shakllanishiga imkoniyat tug‘iladi.
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yetishmasligi tufayli ko‘pchilik talant sohiblari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lgandir. Mamlakatimizning yaqin o‘tmishida chorizm mustamlakachilik siyosatida, qatag‘on yillarida qanchalab talantli davlat va jamoat arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot namoyandalari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga erisha olmay dunyodan ko‘z yumdilar. Talantlarning uyg‘onishi (tug‘ilishi) ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lganligi tufayli mustaqil mamlakatimizda talantli yoshlarga nisbatan yuksak ehtiyoj sezmoqda, bu narsa yaqqol ko‘rinib turibdiki, shunday mezonga loyiq shaxslar mavjud va ular kelajagi buyuk davlatimiz poydevori hisoblanadilar.
Talant qobiliyatlar yig‘indisi yoki ularning majmuasidan iborat bo‘lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham, u bilan tenglashtirish mumkin emas. Bu omilga asos bo‘lib, XX asrning 20-30 yillarida Moskvalik psixologlar tomonidan olib borilgan fenomenal g‘oyat o‘tkir, noyob (nodir) xotiraga ega bo‘lgan insonlarni tekshirish natijalari hisoblanadi. Ma’lumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida aqlning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror xarakter, turg‘un qiziqishlar, sermahsul bilish jarayonlari, motivatsiya, yuksak his-tuyg‘ular va boshqa psixologik sifatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuni unutmasligimiz o‘rinliki, noyob xotiraga ega bo‘lgan ajoyib yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, yuristlar, jamoat arboblarining nomlari mashhurdir.

Download 24.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling