Referat mavzu: Taraqqiyotning o'zbek modeli Guruh: 104MTs Bajardi: To’raxo’jayeva G. Toshkent 2023
Download 172.62 Kb.
|
Taraqiyotning ozbek moduli
UNIVERSITY OF SCIENCE AND TECHNOLOGIES REFERAT Mavzu: Taraqqiyotning o'zbek modeli Guruh: 104MTs Bajardi:To’raxo’jayeva G. TOSHKENT 2023 Taraqqiyotning o'zbek modeli Reja: 1.«Model» tushunchasi va zamonaviy modellarning qisqacha tasnifi. 2.Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va «O’zbek modeli»ni ishlab chiqishning zarurati. 3.Bozor iqtisodiyotiga o'tish tushunchasi. «Model» tushunchasi va zamonaviy modellarning qisqacha tasnifi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan chuqur iqtisodiy- ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar natijasida rivojlanishning zamonaviy modellari shakllana boshladi. «Model» tushunchasining talqinlari turlicha bo'lib, ular ba'zan umumiylik jihatlariga ega bo'lsada, ko'pincha bir-biriga unchalik mos kelmaydi. Ba'zi olimlar modelni «davlat tuzumi» desa, boshqalari «ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» deb talqin etadi. Yana ba'zilari esa uni «ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yo'li shaklining chizgilari (ko'rinishi)», deb talqin etadi. Ba'zi o'zbek olimlarining fikricha, model – «iqtisodiy bazisning asosi bo'lgan huquqiy, ma'muriy, xo'jalik (bank, kredit, soliq va boshqa) mexanizmlar yordamida muvofiqlashadigan o'zaro iqtisodiy munosabatlarning keng ko'lamli tizimidir». Shuningdek, model ko'pincha «rivojlanish modeli» yoki «iqtisodiy rivojlanish modeli» tushunchasi sifatida ilmiy muomalaga kira boshladi. Aksariyat olimlarning fikricha, model «jamiyatda amal qilayotgan mulkiy munosabatlar va tashkiliy shakllar asosida ro'y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlaryig'indisi mazkur jamiyatning iqtisodiy modelini tashkil etadi». Model mohiyatini tushunish asosida jamiyatning xo'jalik hayotining ko'plab qonuniyatlarini anglab yetish mumkin. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan chuqur iqtisodiy- ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar natijasida rivojlanishning zamonaviy modellari shakllana boshladi. «Model» tushunchasining talqinlari turlicha bo'lib, ular ba'zan umumiylik jihatlariga ega bo'lsada, ko'pincha bir-biriga unchalik mos kelmaydi. Ba'zi olimlar modelni «davlat tuzumi» desa, boshqalari «ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» deb talqin etadi. Yana ba'zilari esa uni «ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yo'li shaklining chizgilari (ko'rinishi)», deb talqin etadi. Ba'zi o'zbek olimlarining fikricha, model – «iqtisodiy bazisning asosi bo'lgan huquqiy, ma'muriy, xo'jalik (bank, kredit, soliq va boshqa) mexanizmlar yordamida muvofiqlashadigan o'zaro iqtisodiy munosabatlarning keng ko'lamli tizimidir». Shuningdek, model ko'pincha «rivojlanish modeli» yoki «iqtisodiy rivojlanish modeli» tushunchasi sifatida ilmiy muomalaga kira boshladi. Aksariyat olimlarning fikricha, model «jamiyatda amal qilayotgan mulkiy munosabatlar va tashkiliy shakllar asosida ro'y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlaryig'indisi mazkur jamiyatning iqtisodiy modelini tashkil etadi». Model mohiyatini tushunish asosida jamiyatning xo'jalik hayotining ko'plab qonuniyatlarini anglab yetish mumkin. Bozor iqtisodiyotining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: xo'jalik faoliyatining erkinligi; bozor subyektlarining teng huquqli bo'lishi; iqtisodiy mas'uliyat va tadbirkorlar tavakkal qilishga moyilligi; iqtisodiy raqobat; mollarga baho belgilash erkinligi; moliyaviy ko'rsatkichlarning yetakchilik roli; bozorning barchaga taalluqli bo'lishi; bozorning ochiqligi; davlat tomonidan muvofiqlashuvi; aholini ijtimoiy himoyalash. Amerikacha model aholining faol qismini boyishiga, tadbirkorlik faolligini hartomonlama rag'batlantirish tizimi asosiga qurilgan.Aholining kam ta'minlangan guruhlari uchun turli imtiyozlar va ko'mak berish hisobidan maqbul hayot darajasi yaratiladi. Bu modelda ijtimoiy tenglik masalasi qo'yilmaydi. Bu model yuqori mehnat unumdorligiga va shaxsiy muvafaqqiyat qozonishga asoslanadi. Yapon modeli uchun mehnat unumdorligining o'sishiga nisbatan aholining hayot darajasini (jumladan, ish haqi darajasi ham) orqada qolishi xaraktedi jihatdir. Ana shu hisobdan mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi, bu mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshib boradi. Bu kabi model milliy o'zini o'zi anglashning yuqori darajasiga erishish, ayrim olingan inson manfaatlaridan millat manfaatlarini ustuvorligini ta'minlash, aholini mamlakatni gullab-yashnashi uchun fidoyilik qilish salohiyatini rivojlanishi natijasi asosidagina yashay oladi. Shved modeli aholining kam ta'minlangan qatlamlari foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash hisobiga mulkiy tengsizlikni qisqartirishga mo'ljallangan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish bilan ajralib turadi. Bu davlat hammasi bo'lib 4 % asosiy fondlarga egalik qilsada, o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 50 %idan ortiqrog'ini tashkil eta boshladi. Biroq, bu xarajatlarning yarmidan ko'prog'i ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo'naltiriladi. Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va «O’zbek modeli»ni ishlab chiqishning zarurati O'zbekistonning uzoq davr sho'rolar mamlakati tarkibida rivojlanishi, kommunistik partiya siyosati tufayli milliy o'zlik, milliy qadriyatlar va madaniyatning inqirozga uchrashi, sobiq totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan rejali iqtisodiyot, mam- lakatning inqirozlar arafasiga kelib qolganligi rivojlanishning faqat va faqat O'zbekistonga xos bo'lgan modelini ishlab chiqish va qo'llash zaruratini keltirib chiqargan edi. O'zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakka hokim mafkura zulmi ostida yashadi. Kommunistik mafkura o'z tabiatiga binoan totalitar ruhdagi mafkura bo'lib, u asosan hayotning barcha jabhalarini egallashga, har bir insonning shaxsiy hayotini ham butunlay nazorat qilishga da'vogar edi. Totalitar mafkura o'z tabiati va xarakteridan kelib chiqib «buyuk kelajak» uchun o'tmishni ham, boshqa har qanday mafkuralarni ham inkor etgan edi. Jamiyatning barcha sohasidagi hokimiyat butunlay partiyaga tegishli bo'lib, kommunistik partiya bilan davlat apparati bir-biri bilan chirmashib va qo'shilib ketgan edi. Shuningdek, jamiyatning davlatlashtirish darajasi ham o'zining eng yuksak cho'qqisiga chiqib, davlatdan mustaqil bo'lgan ijtimoiy hayot va jamiyatning demokratik institutlari butunlay yo'q qilindi: kommunistik partiyadan boshqa barcha partiyalar tor-mor qilindi, barcha jamoat tashkilotlari va nodavlat birliklar hukmron partiyaga bo'ysundirildi. Huquq va qonunlarning jamiyatdagi o'rni pasayib, kommunistik partiya qonun bilan cheklanmagan va qonunga bo'ysunmagan cheksiz vakolatlarga ega bo'ldi. Kommunistik partiya apparati iqtisodiyotning barcha sohalarini monopoliya qilib olgan holda ma'muriy-buyruqbozlik usulida rahbarlik qila boshladi. Kommunistik partiya shaxs hayoti, oila, din, san'at, fan, madaniy an'analar kabi ijtimoiy hayot sohalarini ham o'z nazorati ostiga olib, bu sohalardagi qadriyat va me'yorlarni belgilab berishga ham da'vogarlik qila boshladi. Jamiyat a'zolarining erkin fikrlash, mehnat qilish va o'z shaxsini intellektual va ma'naviy jihatlardan yuksaltirish, yaratuvchilik ijodiy qobiliyatini takomillashtirish kabi sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari totalitar rejim tomonidan siqib qo'yilganligi uchun ham sobiq sho'ro jamiyati o'zini o'zi rivojlantirish va yangilash imkoniyatlaridan deyarli mahrum bo'lgan edi. Shuning uchun ham bu jamiyat tez o'zgarayotgan dunyoga nisbatan moslasha olmadi. Kommunistik partiya va davlatning ishlab chiqarish va moddiy-ma'naviy boyliklarni taqsimlashdagi o'rnining beqiyosligi, ularning xususiy mulkchilik va bozor raqobatchiligini ta'qiqlash siyosati, shuningdek, ortiqcha ijtimoiy differensiatsiyaga yo'l qo'ymasligi oqibatlarida jamiyat va davlat rivojlanishidagi barcha maqsadlar majburlash vositalarida amalga oshirila boshlandi. Boshqacha aytganda, boshqaruv noiqtisodiy usullarda, ya'ni iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini hech bir hisobga olmagan holda amalga oshirildi. Shuning uchun ham jamiyatda demokratiya unsurlarining shunchaki yashashi uchun biron-bir imkoniyat ham yo'q edi. Davlat hokimiyatining barcha jabhasi faqat kommunistik partiyaga tegishli edi. Bu holatni taniqli siyosatshunos Xanna Arendt o'zining «Totalitarizm virusi» nomli asarida quyidagicha ifodalaydi: «Partiya doimo jamiyatning tizilmalashuvi bilan bog'liq bo'lib, uning ma'lum qatlamlari manfaatlarini ifoda etdi. Olomon uchun tuzilmaviylikning yetishmasligi yangi tipdagi partiyaga bo'lgan zaruriyatni shakllantirdi. Butin bir jamiyat manfaatlarini ifoda etishga da'vogarlik qilayotgan partiya fuqarolik jamiyatini olomon guruhlarga aylantirdi, partiyaning o'zi esa partiyaviy- byurokratik davlat tizimiga o'sib o'tdi. Rus olimi A.A.Kara-Murza sobiq sovet davridagi partiyaning hukmron mavqeyini quyidagicha ifodalaydi: «Partiyaga uning safidan chiqarish imkoniyati mavjud bo'lganligi uchun ham qabul qiladilar. Mamlakatdagi barcha lavozimlarga partiya a'zolari boshqalardan iste'dodli, a'lo, adolatli bo'lganliklari uchun emas, balki ularga nisbatan ko'proq itoatgo'y bo'lganliklari uchun qo'yiladilar — ularni salgina itoatsizliklari uchun hech bir sudsiz qatl etish yoki qamoqqa tiqish mumkin. Partiya va hokimiyatning kuchi partiyaviy «ta'sin>ning (shunday ataganlar) hamma yerda mavjud bo'lganligidadir. Partiyadan haydalgan odam bepoyon mamlakatning biron-bir burchagida ham tazyiqdan panoh topish uchun joy topa olmas edi Partiya va sovet davlatining baravarlashtirish siyosati kishilardagi shaxsiy tashabbus, ijodiy fikrlash, siyosiy yoki ishlab chiqarishdagi muammolarni mustaqil tarzda yechish kabi qobiliyatlarini rivojlanishiga imkon bermadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish tushunchasi O'tish davri iqtisodiyoti o'zining quyidagi asosiy xususiyatlari bilan tavsiflanad o'tish davrida iqtisodiyotning o'zgarib turishi, uning beqarorligi o'tish davri iqtisodiyotining muqobillik xarakteri alohida o'tish davri iqtisodiyoti shakllari vujudga keladi va unga amal qilina boshlaydi o'tish davri iqtisodiyotidagi ziddiyatlar alohida xarakter kasb etadi Download 172.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling