Referat mavzu: Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni
Download 0.9 Mb.
|
kriptografiya
Xeshlash funktsiyasi
Xeshlash funktsiyasi (xesh-funktsiyasi) shunday o’zgartirishki, kirish yo’liga uzunligi o’zgaruvchan xabar M berilganida chiqish yo’lida belgilangan uzunlikdagi qator h(M) hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda, xesh-funktsiya h(.) argument sifatida uzunligi ixtiyoriy xabar (xujjat) M ni qabul qiladi va belgilangan uzunlikdagi xesh-qiymat (xesh) H=h(M)ni qaytaradi. Elektron raqamli imzo tizimining printsipial jihati— foydalanuvchining elektron raqamli imzosini uning imzo chekishdagi maxfiy kalitini bilmasdan qalbakilashtirishning mumkin emasligidir. SHuning uchun imzo chekishdagi maxfiy kalitni ruxsatsiz foydalanishdan ximoyalash zarur. Elektron raqamli imzoning maxfiy kalitini, simmetrik shifrlash kalitiga o’xshab, shaxsiy kalit elituvchisida, himoyalangan holda saqlash tavfsiya etiladi. Imzo chekiluvchi faylga joylashtiriluvchi elektron raqamli imzo imzo chekilgan xujjat muallifini identifikatsiyalovchi qo’shimcha axborot-ga ega. Bu axborot xujjatga elektron raqamli imzo hisoblanmasidan oldin qo’shiladi. Har bir imzo quyidagi axborotni o’z ichiga oladi: - imzo chekilgan sana; - ushbu imzo kaliti ta’sirining tugashi muddati; - faylga imzo chekuvchi shaxs xususidagi axborot (F.I.SH., mansabi, ish joyi); - imzo chekuvchining indentifikatori (ochiq kalit nomi); - raqamli imzoning o’zi. Elektron raqamli imzoning qator algoritmlari ishlab chiqilgan. 1977 yilda AQSH da yaratilgan RSA tizimi birinchi va dunyoda mashhur elektron raqamli imzo tizimi hisoblanadi va yuqorida keltirilgan printsiplarni amalga oshiradi. Ammo raqamli imzo algoritmi RSA jiddiy kamchilikka ega. U niyati buzuq odamga maxfiy kalitni bilmasdan, xesh-lash natijasini imzo chekib bo’lingan xujjatlarning xeshlash natijalarini ko’paytirish orkali hisoblash mumkin bo’lgan xujjatlar imzosini shakllantirishga imkon beradi. Ishonchliligining yuqoriligi va shaxsiy kompyuterlarda amalga oshirilishining qulayligi bilan ajralib turuvchi raqamli imzo algoritmli 1984 yilda El Gamal tomonidan ishlab chiqildi. El Gamalning raqamli imzo algoritmi (EGSA) RSA raqamli imzo algoritmidagi kamchiliklardan holi bo’lib, AQSH ning standartlar va texnologiyalarning Milliy universiteti tomonidan raqamli imzoning milliy standartiga asos kabi qabul qilindi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling