Referat mavzu: Test topshiriqlarini tuzish va sinash metodikasi
O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i
Download 0.79 Mb.
|
Mustaqil ish mavzu O`zbekiston Respublikasi Davlat Ramzlari Baj
O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i
O`zbekiston davlat mustaqilligioga erishgach, o`zining xalqaro talablar va meyorlar doirasida qiyofasini ko`rsatmog`i, buning uchun esa o`zining butun imkoniyatlarini, o`ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo`lmog`i lozim edi. Odatda davlat ramzlari shunchaki ranglar yig`indisidagi shakllardan iborat emas, ular ayni shu davlatning va shu davlat fuqarolarining o`zligidan kelib chiqmog`i qolaversa, davlat siyosatining mazmun mohiyatini o`zida mujassam etmog`i lozim edi.
4
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yo`lining o`ziga xos va beg`ubor bo`lishi uchun yaxshi niyat ifodasidir. Qizil chiziqlar — bu har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo`sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi. Yashil rang — O`zbekistonning sahovatli va tabarruk tuppog`i, go`zal tabiati timsoli. Yarim oy — o`zbek xalqining ko`p asrlik an’analariga mos keladi. Yarim oy va yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir. O`n ikkita yulduz tasviri — qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli. Xullas mamlakatimiz davlat bayrog`i yurtimizning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo`lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi. 5
Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi. 6
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling