Referat mavzu: Tizimli dasturiy ta’minotlar va ularning ahamiyati Bajardi: Aliboyev Baxtiyor 2023-yil nordic international university


Download 72.34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi72.34 Kb.
#1474069
TuriReferat
Bog'liq
Tizimli dasturiy ta’minotlar va ularning ahamiyati



XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
REFERAT
REFERAT
REFERAT
Mavzu:
Tizimli dasturiy ta’minotlar va ularning ahamiyati
Bajardi: Aliboyev Baxtiyor
2023-yil
NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY


Mavzu:
Tizimli dasturiy ta’minotlar va ularning ahamiyati
Reja:
1. Dasturiy ta’minot haqida tushuncha.
2. Sistemaviy dasturiy ta’minot. OS, Drayverlar, Utilitlar.
3. Amaliy dasturiy ta’minotni himoya qiluvchi dasturlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Dasturiy ta’minot haqida tushuncha.
Hozirgi
kunda
axborot
texnologiyalarining
asosiy
qismini
kompyuterlar tashkil etadi. Ma’lumotlarni qayta ishlash texnik asosi sifatida
kompyuterning imkoniyatlari uning dasturiy ta’minotiga bog’liqdir. Dastursiz
kompyuterlar esa “temir” dan boshqa narsa emas. Chunki biror bir
dastursiz kompyuter xech qanday “bilim”ga ega emas. Shuning uchun biror
kompyuterning qo’llanish sohasi undagi dasturlar to’plamiga chambarchas
bog’liqdir. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida
qo’llanishi tufayli
foydalanuvchi
, ya’ni kompyuterni ishlatuvchi shaxs ham
undan turli imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning borligi
ma’lum darajada dasturiy ta’minotga ham bog’liqdir.
Dastur (program, routine)–vazifani yechish uchun kompyuter
buyruq (ko’rsatma) larining tartiblashgan ketma-ketligidir.
Kompyuter texnikasi texnik vositalar (Hardware) va dasturiy vositalar
(software) ning birligi sifatida qaraladi.
Dasturiy vositalar–kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha
dasturlar to’plamidir. Ingliz tilida bu qism software deb ataladi va “yumshoq
qismlar” degan ma’noni bildiradi. Bu so’z dasturiy ta’minot bilan
kompyuterlarning
mutanosibligini,
dasturlarning
takomillashishi,
rivojlanuvchanligi va moslashuvchanligini ifodalaydi.


Insonning
dastur
bilan
va
dasturning
inson
bilan
o’zaro
muloqoti–
foydalanuvchi interfeysi
deyiladi. Dastur ishlash muhitiga
(holatiga) qarab, dastur
nografik
(grafikli bo’lmagan yoki matnli–1-rasm)
yoki
grafik
(4-rasm) interfeysga ega deyish mumkin.
1-rasm.
Kompyuterda ishlayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi 3 turga
ajratish mumkin:
Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy
ta’minotning keskin rivojlanishi va kompyuterlar qo’llanish sohasining
kengayibborishi ba’zi dasturlarning bir turdan boshqa turga o’tib qolishiga
sabab bo’lmoqda. Masalan, ba’zi amaliy dasturlarning qo’llanilish sohasi
chuqurlashib borganligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda
(Makromedia Flash, AutoCad va b).
Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni quyidagi o’zaro bog’langan guruhlar
orqali ifodalash mumkin:

Operatsion sistemalar va qobiq-dasturlar (MS DOS, Windows,
Dasturiy ta’minot
Uskunaviy
Amaliy
Sistemaviy


Unix, Linux, Norton Commander, Total Commander, Far va b. );

dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C++);

Uskunaviy sistemalar;

Ma’lumotlar
omborini boishqarish tizimlari-MOBT (FoxPro,
Acces,Paradox);

Mashina grafikasi sistemalari(ilmiy, o’quv, animatsion, ijodiy);

Integrallashgan dasturlar paketi(Word, excel, Acces);

Amaliy dasturiy ta’minot;
Sistemaviy dasturiy ta’minot. OS, Drayverlar, Utilitlar.
Sistemaviy dasturiy ta’minot – asosan boshqarish va tekshirish
vazifalarini bajaruvchi dasturlar, masalan:
a)
kompyuter qurilmalarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-
chiqarish);
b)
foydalanilayotgan ma’lumot nusxalarini xosil qilish;
c)
kompyuterning ishlash imkoniyatlarini tekshirish;
d)
kompyuter haqida ma’lumotlar berish va hokazo;
Sistеmaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:

kompyutеrning va kompyutеrlar tarmog’ining ishonchli va
samarali ishlashini ta’minlash;

kompyutеr va kompyutеrlar tarmog’i apparat qismining ishini
tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistеmaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan – asosiy (bazaviy)
dasturiy taminot va yordamchi(hizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan
iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyutеr bilan birgalikda еtkazib bеrilsa,
xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda yaratilishi
mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) – bu, kompyutеr ishini


ta’minlovchi dasturlarining minimal to’plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:

opеratsion tizim (OT);

tarmoq opеratsion tizimi.
Yordamchi(hizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy
ta’minot imkoniyatlarini kеngaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini
(intеrfеysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi,
kompyutеrning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi
va boshqa dasturlardir.
Opеratsion tizim (OT). Kompyutеrni yoqilishi bilan ishga tushuvchi
ushbu dastur kompyutеrni va uning rеsurslarini (tеzkor xotira, diskdagi
o’rinlar va hokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi,
bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
Bajaradigan vazifasiga ko’ra OT ni 3 guruhga bo’lish mumkin:

bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);

ko’p vazifali (ko’p kishi foydalanuvchi);

tarmoqli.
Bir vazifali
OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir
vazifani bajarishi uchun mo’ljallangan. Bunday OT larning tipik vakili MS
DOS dir.
Ko’p vazifali
OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHM dan
jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. Bunday sinf OT larning tipik vakillari:
OS/2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.
Tarmoq OT.
Local va global tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq
va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini
ta’minlash uchun mo’ljallangan. Tarmoqli OT larning tipik vakillari: Novell
NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, Solaris va boshqalar.
Tarmoqqa ulangan kompyutеrlarni yakkahol va birgalikda ishlashini
ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT- tarmoq opеratsion
tizimi dеb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni


ayriboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi hizmatlarni ko’rsatadi.
Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion sistema quyidagi
sifatlarga ega bo’ladi:
1.
Ishonchlilik.
Sistema o’zi boshqatayotgan kompyuter
qurilmalari kabi ishonchli bo’lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror
xatolik uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat
qilishi, hech bo’lmasa shu xatolik tufayli foydalanuvchi dasturiga
yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
2.
Himoyalash
. Ixtiyoriy foydalanuvchi o’z ishiga boshqa
foydalanuvchilarning ta’sir qilishini hohlamaydi. Shu sababli sistema
foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o’zgalar hatoliklari ta’siridan
hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
3.
Samaradorlik.
Odatda operatsion sistemaning o’zi EHM ning
katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi.
Demak sistemaning o’zi ancha ihcham bo’lishi va EHM ning resurslarini
samarali boshqarishi lozim.
4.
Qulaylik.
Operatsion sistemada ko’p hollarda bir paytda ikki
va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli
maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday
holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu
bois, mazkur hususiyat operatsion sistemaning muhim hususiyati
hisoblanadi.
5.
Bashorat
. Operatsion sistema foydalanuvchi so’roviga
bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari
sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma-
ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak.
6.
Moslashuvchanlik
. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab
sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi operatsion sistemasamaradorligini
oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7.
Kengaytiruvchanlik
.
Evolyusiya
jarayonida
operatsion


sistemaga yangi texnik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.
8.
Aniqlik
. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda
sodir bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga
foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish
imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
OS foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyutеr qurilmalari
bilan qulay muloqotni(intеrfеysni) ta’minlaydi. Asosiy dasturiy ta’minotni
qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami
to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar va drayverlar dеb
atashadi.
Drayvеrlar.
Ular
OS
imkoniyatlarini
kеngaytiradi.
Jumladan,
kompyutеrning kiritish – chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha,
printеrlar va boshqalar)ni boshqarishda yordam bеradi. Drayvеrlar
yordamida
kompyutеrga
yangi
qurilmalarni
ulash
yoki
mavjud
qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.


2-rasm. CD ROM qurilmasi uchun drayverlar majmui.
Utilitlar

bu,
ma’lumotlarni
qayta
ishlashda
qo’shimcha
opеratsiyalarni
bajarishga yoki kompyutеrga xizmat ko’rsatishga (tashxis, apparat va
dasturiy vositalarni tеstlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va
boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.
Utilitlar foydalanuvchiga qo’shimcha xizmatlarni (maxsus dasturlarni
ishlab chiqishni ta’lab etmaydigan) asosan disklar va faylli tizimlar bo’yicha
xizmat ko’rsatish ko’rinishida taqdim etadi.
Utilitlarning ba’zi ko’rinishlari:

kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi va testdan o’tkazuvchi
dasturlar (Arkonik disc direktor, Defrag);

kompyuter qurilmalari imkoniyatlarini o’zgartiruvchi drayver-
dasturlar;

axborotni zichroq yozishni ta’minlaydigan arxivator-dasturlar
(WinRAR, Zip);

kompyuterlar orasida ma’lumot almashishni ta’minlovchi
kommunikatsiya dasturlari;

kompyuterning
ishiga
zarar
keltiruvchi
dasturlardan
himoyalovchi antivirus dasturlar (Nod 32, Eset, Kasperskiy, Avast, Dr Web);

CD larga yozishni ta’minlovchi dasturlar (Nero, Clone CD) va
hokazo.
Amaliy dasturiy ta’minotni himoya qiluvchi dasturlar
Utilitlar ko’pincha quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi:

disklarga xizmat ko’rsatish (axborotlarni tartibga solish, uni
saqlash, to’xtatish va tiklash imkoniyati);

fayl va kataloglarga xizmat ko’rsatish;

arxivlarni yaratish va yangilash;



kompyuter resurslari haqida, diskli makon xususida, dasturlar
o’rtasida TXK ni taqsimlash to’g’risida axborot taqdim etish;

turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni ochish;

kompyuterni viruslardan himoya qilish.
Yuqoridagi utilitlarning ba’zi turlariga misollar keltiramiz.
1) Arxivator utilit-dasturlar. Ba’zi fayllar kompyuter xotirasidan juda
katta joyni band qilib turadi. Bunday xollarda bizda shu faylni ixchamlash
extiyoji tug’iladi va bunda bizga arxivatorlar yordamga keladi. Arxivatorlar
katta xajmdagi catalog va fayllarni ularning tarkibini o’zgartirmagan xolda
ixchamlaydi.
Hozirgi
kuda
arxivatorlarning
eng
ko’p
tarqalgan
turlari–WinRAR, WinZip va 7-Ziplar xisoblanadi.
3-rasm. WinRAR arxivatori.
2) Kompyuter xotirasini tekshirish va Defragmentatsiya qiluvchi utilit-
dasturlar. Bunday dasturlar xotirani tekshiradi, xotiradagi joydan unumli
foydalanishni ta’minlaydi va xotiradagi tarqoq ma’lumotlarni tartiblaydi.
Bunday dasturlarga Alcohol 120%, EF Duplicate Files Manager, XPTweaker
va DefragDisc larni misol keltirish mumkin. Bular ichida eng soda va
ishlatishga qulayi bu WindowsXP operatsion sistemasi tarkibiga kiritlgan
Defragmentatsiya diska dasturidir.
Bu dasturni yuklash uchun
kompyutеrda
Пуск


программыстандартныеслужебныеДефрагментация
диска
buyruqlar ketma-ketligi bajarilishi kerak. Bu oynaning asosiy elementi turli
ranglardan iborat 2 ta yo’lakchalardir. Kerakli disk nomi tanlanib,
Дефрагментация
tugmasi
bosiladi.
1-yo’lakchada
diskning
defragmentatsiyadan oldingi holati, 2-yo’lakchada esa defragmentatsiya
bajarilgandan keying holat aks etadi.
4-rasm. Дефрагментация диска oynasi.
3) CD va DVD disklarga yozish va ularni nusxalovchi utilit-
dasturlar. Bunday dasturlarga Clone CD, Nero Burning Rom, CD DVD
Diagnostic, Daemon Tools larni misol qilib keltiramiz. Bunday dasturlarning
eng keng tarqalgani Nero hisoblanadi. chunki Neroda faylla rni tipiga qarab
yozish, RW disklarni qisman va to’la tozalash, disklarni to’gridan to’gri


nusxalash, disklarning holatini tekshirish, diskning ustki ko’rinishini bezash
kabi asosiy ishlar bilan birgalikda yangi animatsiyalar-kliplar yaratish,
tovushli fayllarni taxrirlash va qayta ishlash kabi ko’plab qo’shimcha
imkoniyatlar mavjud.
5-rasm. CD va DVD disklarga yozish. Nero bosh oynasi.


6-rasm. Nero Express-diskka yoziluvchi fayl va kataloglarni jamlash
oynasi
4) Virusga qarshi himoya utilit-dasturlari hozirgi kunda kompyuterlar
uchun eng zarur dasturiy vositalardan biriga aylanib bormoqda. Bunga
sabab dunyo bo’ylab kundan-kunga kompyuter viruslarining ko’payib
borayotganligidir. Kompyuter virusi
ham buzg’unchilik maqsadida
yaratilgan kichik dasturdir. Bu dastur boshqa dasturlarga birikib oladi va
foydalanuvchi ishiga yordam berish o’rniga uning ishlariga zarar yetkazadi:
ma’lumotlarni
o’chiradi
yoki
buzadi,
operativ
xotirani
to’ldirib,
kompyuterning ishlashini sekinlashtiradi va hokazo. Viruslarga qarshi
kurashish maqsadida yirik dasturchi firmalar tomonidan turli Antivirus
dasturlari ishlab chiqilmoqda. Masalan: Dr Web, Nod 32, Kasperskiy va
boshqalar.
Antivirus dasturlari ichida Nod 32 foydalanish uchun qulayroqdir. Nod
32 antivirusining boshqa antivirus dasturlaridan ustunlik tomoni shundaki, u
operativ xotiradan kamroq joy egallab, kompyuterni ortiqcha zo’riqtirmaydi
va shuning uchun kompyuterning ishlash tezligida o’zgarish deyarli
sezilmaydi va viruslarni topib, ularni yo’qotish ham ko’p vaqt talab qilmaydi.


7-rasm. Nod 32 2.7 antivirusi bosh oynasi.
5) Kompyuterlar orasidagi kommunikatsiyani ta’minlovchi utilit-
dasturlar. Bunday dasturlarning tipik vakili sifatida Windows XP operatsion
tizimi tarkibidagi Сетевое окружение dasturidir. Unda local tarmoqqa
ulangan kompyuterlar bilan axborot almashish, bir kompyuterdagi fayldan
uni ko’chirib olmasdan turib foydalanish va tarmoq uchun yagona bo’lgan
qurilmalar (printer, skanyer, faks va b.) dan foydalanish imkoniyatlari
mavjud.
Shu bilan birgalikda bu dastur orqali tarmoqda yangi ishchi
guruh yaratish yoki o’chirish, kompyuterning IP adresini o’rnatish va boshqa
protokollarning xossalarini sozlash mumkin.
8-rasm. Сетевое окружение oynasi.
Qobiq dasturlari –bu dasturlar operatsion tizim dasturlariga nisbatan
kompyuter bilan qulayroq va ko’rgazmali muloqot o’rnatish imkoniyatini
beradi.


MS DOS operatsion sistemasi bir vaqtlar inson bilan kompyuter
o’rtasida vositachi rolini o’ynab, kompyutеr resurslaridan foydalanishni
osonlashtirgandi. Lekin o’zi rivojlanish natijasida haddan ziyod ko’p
buyruqlar bilan toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib
keldi. Shunday qilib foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasida yangi vositachi
ishlab chiqish extiyoji tug’ildi va natijada operatsion sistemaning
qobiq
dasturlari
yuzaga keldi.
Qobiq dastur operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan
va shu operatsion sistema bilan ishlashga ko’maklashadigan dasturdir. Eng
birinchi qobiq dasturlaridan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu
qobiq dasturmashhur amaerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan
yaratildi va kompyuterdan foydalanuvchilar uchun katta qulayliklar yaratdi.
Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander,
Far Manager qobiq dasturlari Norton Commander dasturining asosiy
ishlash tamoyillarini saqlab qolgan.
Qobiq dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Diskdan kataloglar ro’yhatini to’liq ekranga chiqarish;

Faylllarni qayata nomlash;

Fayllarni o’chirish;

Katalog (papka)larning pog’onalik strukturasini ko’rish;

Bir kataloglardan boshqa kataloglarga o’tish;

Kataloglar hosil qilish;

Katalogni qayta nomlash va o’chirish;

Matnli fayllarni taxrir qilish va boshqalar.
Kompyuterlar texnik tomondan mukamallashishi va ularning grafik
imkoniyatlarining rivojlanib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq
dasturlar ishlab chiqarish fikrini uyg’otdi. Bu ishga birinchi bo’lib Microsoft
kompaniyasi kirishdi. Bu kompaniya tomonidan 1985-yilda yaratilgan
Windows 1.0 grafik qobiq dasturi aytarli afzalliklarga ega emasdi. Unda


fayllar ekranda chiroyliroq tasvirlangan edi holos. Ammo bu grafik qobiq
dastur keyingi avlodlarining ishlab chiqilishiga turtki bo’ldi. 1987- yilda
ishlab chiqilgan Windows 2.0 grafik qobiq dasturida Windows 1.0 grafik
qobiq dasturidagi kamchiliklar bartaraf etildi. 1990-yilda ishlab chiqilgan
Windows 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq dasturga aylandi. 1993-
yilda bir necha kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lab ishlatish imkoniyatini
(local tarmoq) beruvchi Windows 3.11 dasturlar tizimi yaratildi.
WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli
uni grafik qobiq emas, grafik muhit deyish qabul qilingan.
Quyida Windowsni boshqa qobiq dasturlardan farqlab turadigan ba’zi
xususiyatlari keltirilgan:
Ko’pvazifalilik.
Bir vaqtda bir nechta dasturni ishga tushirish
imkoniyati mavjud.
Yagona dasturiy interfeys.
Windows uchun yaratilgan dasturlar bir-
biri bilan shunday aloqadaki, bir dasturda xosil qilingan ma’lumotlarni
boshqa dasturga olib o’tish va qayta ishlash mumkin.
Foydalanuvchining yagona interfeysi.
Windows uchun yaratilgan
barcha dasturlarda foydalanuvchi bilan muloqot deyarli birxil. Shu sababli
bunday dasturlarning bittasi bilan ishlashni o’zlashtirib olgan foydalanuvchi
boshqasini ham oson o’zlashtirib oladi.
Grafik interfeys.
Dastur va ma’lumotlar fayllari ekranda o’ziga xos
rasmli nishonlar ko’rinishida (piktogramma) tasvirlamadi. Fayllar bilan
ishlash “sichqoncha” yordamida amalga oshiriladi.
Yagona apparatli- dasturiy interfeys.
Windows turli-tuman qurilmalar
va dasturlarning mutanosib ishlashini o’z zimmasiga oladi.


Hozirgi kunda dunyo bo’yicha eng ommalashib borayotgan
qobiq dasturlardan biri– bu Total Commander hisoblanadi. U o’zida ko’plab
drayverlar va utilitlarni jamlagani uchun foydalanuvchiga kompyuter
resurslaridan unumli foydalanish imkoniyatini beradi.
9-rasm. Total Commander ishchi oynasi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. S.K.Ro’zimov. Kompyuter savodxonligi. Tosh. “Fan” 2006-yil
2. M.Aripov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. Tosh. “Noshir”. 2009-
yil
3. M.Aripov va boshqalar. Informatika. Informatsion texnologiyalar.
Tosh. 2001-yil.
4. A. Abduqodirov, B. Boltayev va boshqalar. Informatika va hisoblash
texnikasi asoslari. UO’T maktablarining 8-sinfi uchun darslik. Tosh.
“O’qituvchi” 2006-yil
5. A.A.Gladkiy, A.A.Chirtik. Excel. Tryuki i effekti. Sankt-Petrerburg.
“Piter” 2006
6. Viktor Pasko. Vash noutbuk. Sankt-Petrerburg. “Piter” 2006


Internet resurslar:
1. http://natahaus.ru/
2. http://almath.ru/
3. http://www.guidebookgallery.org/
4. http://www.computerhope.com/
5. http://en.wikipedia.org/
6. http://www.microsoft.com/
7. http://300.piter.com/

Download 72.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling