Referat Mavzu: Valyuta operatsiyalarini tartibga solish va nazoart qilish Bajardi: Ramazon Rustamov


Download 26.59 Kb.
bet1/5
Sana17.12.2022
Hajmi26.59 Kb.
#1026399
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu. Valyuta operatsiyalarini tartibga solish va nazoart qi


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Referat


Mavzu: Valyuta operatsiyalarini tartibga solish va nazoart qilish
Bajardi:Ramazon Rustamov
Qabul qiluvchi:Sheraliyev Abbos
1. Valyuta operatsiyalari nima maqsadda tartibga solinadi?
Valyuta operatsiyalarini tartibga solishning asosiy maqsadi- valyuta operatsiyalarining amalga oshirish tartib va taomillarga asosan amalga oshirilayotgani va uning iqtisodiy vaziyatga mosligini taminlash ustidan nazorat qilish.
2. Valyuta operatsiyalari nima maqsadda nazorat qilinadi?
Valyuta operaciyalarini nazorat qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
a. Mamlakat to'lov balansining muvozanatini tiklash maqsadida.
b. Ichki tovar ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish.
c. Urushlarga tayyorgarlik ko'rish.
d. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar paytida spekulyativ kapitallarning harakatini cheklash.
3. Valyuta operatsiyalarini tartibga solishning qanday usullarini bilasiz?
1) to’g’ridan-to’g’ri:
a) valyuta cheklovlari;
b) valyuta tushumlarining bir qismini sotish;
c) kapital harakatining nazorati;
d) hisob-kitoblar rejimi.
2) egri:
a) valyuta kursi rejimi;
b) valyuta intervensiyalari;
c) devalvatsiya va revalvatsiya
4. Valyuta operatsiyalarini nazorat qilishning qanday usullarini bilasiz?
Valyutaviy nazoratni amalga oshirishning quyidagi usullari mavjud:
1) Eksportyorlarning valyuta tushumini qisman yoki to'liq hajmda majburiy sotiladi.
O'zbekiston Respublikasida ho'jalik yurutuvchi sub'ektlarning eksport tushimining 50 foizi majburiy tartibda tijorat banklariga sotiladi. Markazlashgan eksportdan olingan valyuta tushimi esa, to'liq ya'ni 100 foiz Markaziy bankka sotiladi.
2) Importyorlarga horijiy valyutalarni sotishni cheklash.
3) Ayrim tovar poziciyalarining importi bo'yicha konversion operatsiyalarni cheklash.
4) Xorijlik eksportyorlarning tovarlarni sotishdan olingan valyuta tushumlarini qisman yoki to'liq "hibsga olish".
5. Milliy va xorijiy valyutalarni hajmda oltin va boshqa nodir metallarni mamlakatdan olib chiqib ketishni cheklash.
6. Rezidentlarni xalqaro fond bozorlaridan qimmatli qog’ozlar sotib olishini ta'qiqlash.
7. Ssuda kapitallari bozori faoliyatini nazorat qilish.
8. Davlatning tashqi qarzi bo'yicha to'lovlarni qisman yoki to'liq to'xtatish.
5. To’lov balansi passiv bo’lganda tartibga solishning qaysi usullaridan foydalaniladi?
To’lov balansi passiv bo’lganda tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
a) devalvatsiya;
b) deflyatsion siyosat;
c) valyuta cheklovlari;
d) maxsus pul massasini targetlash, soliqlardan foizlarni bekor qilish, subsidiyalar berish va h.k. asoslangan pul-kredit siyosati;
e) davlat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan maxsus dasturlar;
6. To’lov balansi aktiv bo’lganda tartibga solishning qaysi usullaridan foydalaniladi?
To’lov balansi aktiv bo’lganda tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
a) revalvatsiya;
b) kapital eksportini oshirish va importini cheklash;
c) foiz stavkalarining ko’tarilishi;
d) importni oshirish va eksportni kamaytirish.
7. O’zbekistonda valyutaviy nazoratni amalga oshirish tartibi qanday?
O’zbekistonda valyutaviy nazoratni amalga oshirish tartibi “Valyutani tartibga solish to’g’risida” gi Qonunga asosan amalga oshiriladi unga ko’ra:
4-bob. Valyuta nazorati
23-modda. Valyutani nazorat qiluvchi organlar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir.
24-modda. Valyutani nazorat qiluvchi organlarning huquq va majburiyatlari
Valyutani nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligiga taalluqli qismi bo‘yicha nazoratni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirishi shart.
Valyutani nazorat qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida:
valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshirishga;
rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobotlarining to‘liqligi hamda to‘g‘riligini tekshirishni belgilangan tartibda amalga oshirishga;
valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarni va axborotni so‘rab olishga;
valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilashga;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida talabnomalar taqdim etishga hamda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan boshqa choralarni ko‘rishga haqlidir.
Valyutani nazorat qiluvchi organlar faqat o‘tkazilayotgan valyuta operatsiyasiga bevosita taalluqli bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin.
Valyutani nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan tijorat, bank sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlashi shart.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalari ustidan valyuta nazoratini amalga oshiradi.
25-modda. Valyutani nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazish chog‘ida rezidentlar hamda norezidentlarning huquq va majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi rezidentlar va norezidentlar quyidagi huquqlarga ega:
valyutani nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv materiallari bilan tanishish;
valyutani nazorat qiluvchi organlarning harakatlari ustidan shikoyat qilish;
valyutani nazorat qiluvchi organlar va ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rni qoplanishi.
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi rezidentlar va norezidentlar:
valyutani nazorat qiluvchi organlarga so‘ralayotgan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi barcha hujjatlarni va axborotni taqdim etishi;
valyutani nazorat qiluvchi organlarga tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida, shuningdek ularning natijalari bo‘yicha tushuntirishlar berishi;
valyuta operatsiyalarining hisobini yuritishi va hisobotlarni tuzishi, shuningdek ularning saqlanishini ta’minlashi;
valyutani nazorat qiluvchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir talablarini (ko‘rsatmalarini, taqdimnomalarini) bajarishi;
valyutani nazorat qiluvchi organlarni tekshiruvlarni amalga oshirayotgan chog‘da ularning o‘z binolariga kirishini, hujjatlaridan va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan foydalana olishini ta’minlashi shart.

Tashqi iqtisodiy aloqalar- bu, mamlakatlar va ularning subyektlari o’rtasidagi hamkorlik, mamlakat tomonidan amalga oshiriladigan eksport va import operatsiyalar majmui, xo’jalik va tijoriy-siyosiy munosabatlar kompleksi.


Tashqi iqtisodiy aloqalar turi – bu, aynan bir xususiyatiga ko’ra birga jamlangan aloqalar yig’indisi.
Import– bu, tovar, ish, xizmat va intellectual faoliyat mahsulini mamlakat bojxonasi orqali mamlakat hududiga qayta olib chiqish majburiyatisiz olib kirish.
Xizmatlar – bu, biror bir faoliyatning nomoddiy tusdagi mahsuli bo’lib, u yetkazib beruvchi va iste’molchining o’zaro munosabatlari asosida yuzaga keladi.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida pul birligida ifodlanishi.
Muddatli valyuta operatsiyalari - bu, xorijiy valyutani sotish/ sotib olish bo’yicha bitim bo’yicha mablag’larni ma’lum muddatga yetkazib berish shartini nazarda tutgan operatsiya.
Valyuta optsioni – bu, valyuta bitimi bo’lim unga ko’ra opsion sotuvchisi opsion sotib oluvchisiga muddat davomida yoki so’nggida ma’lum miqdordagi valyutani sotib olish/ sotishni nazarda tutadi.
Evropa optsioni – bu, opsion egasiga fiksirlangan narxda belgilangan muddatda aktiv bo’yicha qaror qilish huquqini beruvchi bitim.
Amerika optsioni – bu, aktiv bo’yicha oldindan kelishilgan narxda kelishuv muddatining boshidan uning ijrosi oxirigacha aktiv bo’yicha qaror qabul qilish huquqini beruvchi bitim.
Diskont siyosati – valyuta kursi va to’lov balansini tartibga solish maqsadida MB ning hisob stavkasining o’zgartirilishi.
Diskont (foiz stavkasi) stavkasi – bu, daromadlarning kelgusi oqimini yagona joriy qiymatlar kattaligiga hisobga olish uchun foiz stavkasi.
Devalvatsiya – milliy valyuta kursining xorijiy valyutaga nisbatan kamayishining rasman tan olinishi.
Revalvatsiya - milliy valyuta kursining xorijiy valyutaga nisbatan ortishining rasman tan olinishi.
Valyuta rezervlarini diversifikatsiya- bu, turli xil valyutabirligi va qiymatliklarida zaxiralar yaratish.
Xalqaro hisob-kitoblar – xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining bir qismi bo’lib, xalqaro savdo operatsiyalari bo’yicha

Download 26.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling