Referat mavzu: Xalqaro monitoring tadqiqotlarida (pisa, timss, pearls) o`quv yutuqlarini baholashga kontseptual yondashuvlar. Xalqaro Monitoring vositalari
Download 0.63 Mb.
|
Matrasulova docx
O‘qish savodxonligining maqsadi :
- badiiy tajriba orttirish; - axborotni olish va undan foydalanish. Tushunish jarayoni: - diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan mа’lumotlarni topish; - to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish; - g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish; - kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish. TIMSS – (Trends in International Mathematics and Science Study) maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur dastur 4-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u dunyodagi maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilarning bilim darajasi, tahsil oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘lib xizmat qiladi. PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. TIMSS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi. Ta’limdagi bunday o‘zgarishlar o‘quv dasturi va o‘quv adabiyotlari mazmunini o‘zgartirishga undadi. Ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratildi va o‘quv dasturlariga kiritildi. PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy etildi. 5- sinfdan 11-sinfgacha o‘quv darsliklarida buni ko‘rish mumkin. PISA ona tili, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod, texnologiyalarini yangilanib o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirilmoqda. Bu fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratilib, 2019-2021-yillarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazish niyatida. PISA testlaridan ona tili darslarida foydalansa, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish va sinchkovlik talab etiladigan topshiriqlarni qo‘llash o‘quvchining hayotiy va intellektual ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 7-sinf ona tili dasturida berilgan “Biriktiruv bog‘lovchilari” mavzusini o‘tishda o‘qituvchi mavzuni mustahkamlash maqsadida darslikdan tashqari quyidagi matn asosida PISA topshiriqlari tuzishi mumkin: Xalqaro baholash dasturlari PIRLS TIMSS va PISA talablari asosida o‘qish, o‘zbek tili va adabiyoti, matematika va tabiiy o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv va nostandart adaptiv topshiriqlarini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil ish daftarlarini bosma shaklda va modulli o‘qitish tizimiga asoslangan elektron variantini tayyorlash axborot texnologiyalari vositasida baholash mexanizmini ishlab chiqish Ushbu loyihalar oʼquvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash koʼnikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qoʼllay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu koʼnikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi. Hozirgi kunga qadar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi oʼrtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan. Mazkur tadqiqotlar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi oʼquvchi-yoshlarining savodxonlik darajalari ilk bor sinab koʼrilar ekan, bunga o’ta mas’uliyat bilan tayyorgarlik koʼrish talab etiladi. Buning uchun, xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar oʼtkazish, oʼquv jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali oʼquvchilarda maxsus koʼnikmalarni rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, umumtaʼlim muassasalari rahbarlari, pedagoglar, oʼquvchilar foydalanishlari maqsadida oʼquvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy fanlar va oʼqish savodxonligini baholashga qaratilgan topshiriqlar tarjima qilinib, toʼplam koʼrinishiga keltirildi hamda foydalanish uchun taqdim etilmoqda. TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va tabiiy fanlar ta’limi sifatiga solishtirma baho berish. Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf о‘quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va kо‘nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bо‘lgan munosabati, qiziqishi, hamda ta’limga bо‘lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf о‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiy fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yо‘sinda maktabning boshlang‘ich va yuqori sinf о‘quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi. Taqdqiqot о‘tkazuvchi davlatlarda maktabda matematika va tabiiy fanlar ta’limning mazmun mohiyati va о‘quv jarayoni, ta’lim muassasasi, о‘qituvchilar, о‘quvchilar, ularning oilalari bilan bog‘liq omillar qо‘shimcha о‘rganiladi. Xalqaro testga qо‘shimcha bо‘lib tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab ma’muriyati, о‘quvchilar va о‘qituvchilar sо‘rovnomadan о‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar test natijalariga ya’ni о‘quvchilarning bilimiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga, tadqiqotda ishtirok etuvchi davlatlarning matematika va tabiiy fanlarning holatini kо‘rsatib berishga yordam beradi. Ushbu tadqiqotni olib borishda va majmua ishlanmasida dunyoning kо‘plab ilmiy tadqiqot markazlari va professional tashkilotlar ishtirok etadi. Ta’limsohasidagitestxizmatlari: (ETS- Educational Testing Service SSHA), Kanadaning statistik markazi (Statistics Canada), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining Sekretariati (IEA, Niderland(gollandlar)lar), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining ma’lumotlar markazi (DPC IEA – Data ProcessingCenter IEA, Germaniya) va hokazo. Turli davlat mutaxassislarining koordinatsiyasini kuchaytirish uchun dunyoning yetuk mutaxassislaridan iborat bо‘lgan maslahat qо‘mitalari tashkil etildi. Hozirgi tadqiqot koordinatsiyasi Boston kollejida xalqaro koordinatsiya markazi tomonidan amalga oshirilgan. (ISC – International Study Center, Boston College SSHA) Rossiyada ushbu tadqiqot (ta’lim sifatini baholash markazi) Rossiya ta’lim akademiyasining fan, ta’lim mohiyati va uslubi instituti xamda fan va ta’lim vazirligi va regionlarning ta’lim boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqotning tasnifi TIMSS tadqiqotini ishlanmasiga asos qilib maxsus xujjat olingan “TIMSS Assessment Frameworks and Specifications”, unda ushbu yо‘nalishlarga umumiy yondashgan xolda matematika va tabiiy fanlarga test va test topshiriqlariga tushuncha berilgan, shuningdek о‘quvchi topshiriqni bajarayotganda о‘rganish faoliyatining barcha turlari namoyish etiladi, sо‘rovnoma davomida olinayotgan ma’lumotlar о‘quvchiga, о‘qituvchiga va ta’lim muassasiga berilgan tariflarning sanab о‘tilgan turlari va topshiriqlari kо‘rsatiladi. Yо‘nalishlar bо‘yicha har bir variantga baholash uchun matematika va tabiiy fanlardan savollar kiritilgan. Turli tipdagi topshiriqlar qо‘llaniladi (qisqa, tо‘liq va mukammal javoblarni, amaliy topshiriqlarning javoblarini tanlagan holda). 4- va 8-sinf о‘quvchilarini matematika va tabiiy fanlardan baholashda test topshiriqlarning nazariyasidan foydalaniladi (inglizcha, ruscha). Ushbu nazariya cheklangan miqdorda 60-70 tadan topshiriqlarni о‘z ichiga olib, har bir davlatdan ishtirok etgan о‘quvchining, о‘qituvchining va ta’lim muassasasining kо‘rsatkichlarini (sо‘rovnomaga asosan) aniqlab beradi. Matematika va tabiiy fanlar natijalari 4- va 8-sinflarda alohida о‘rganiladi va tahlil qilinadi. Statistik о‘rganishlar natijasida har bir о‘quvchini 1000 ballik shkala bо‘yicha baholab, matematika va tabiiy fanlarga alohida ballar beriladi. 1995 yilda xalqaro shkalalar 4- va 8-sinflarda о‘rnatilgan. Bunda tadqiqotda ishtirok etgan davlatlarning о‘rtacha bali 500 ball deb hisobga olingan. Keyingi tadqiqot natijalari 1995 yilgi shkala bо‘yicha о‘rnatilmoqda, bu natijalarni solishtirishga va ularning о‘zgarish tendensiyalarini aniqlashga yordam beradi. 50 dan ortiq mamlakatlar о‘quvchilarining bilim, kо‘nikma, malakalari darajasini aniqlashning global resursi jahonning eng ilg‘or tajribasi asosida ishlab chiqilgan. TIMSS yordamida о‘quvchilarning ta’limiy yutuqlari: bilish, qо‘llash, mulohaza yuritish baholanadi О‘qituvchilar о‘quvchilarning о‘quv faoliyati turlari (bilish, qо‘llash, mulohaza yuritish) bо‘yicha о‘quv yutuqlarini baholashda о‘tgan yillar davomida tadqiqotda ishlatilgan, biroq konfidensiallik rejimidan chiqqan topshiriqlarni didaktik material sifatida ta’lim jarayonida qо‘llashlari mumkin. Bu esa TIMSS xalqaro tadqiqotining о‘quvchilarning о‘quv yutuqlarini baholashning о‘ziga xos yondashuvlarini tushinishni ta’minlaydi. Muhimi, matematika va tabiiy fanlardan savodxonlikni baholash vositalari ta’lim texnologiyalari va о‘qitish metodikasini takomillashtirishga imkon beradi. Xalqaro baholash dasturlari bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarda О‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik kо‘rish bо‘yicha «Yо‘l xaritasi»ning 13-bandida xalqaro tadqiqotlarda о‘tgan yillarda foydalanilgan savollar mazmunini о‘rganib chiqib, tahlil qilish belgilangan. TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) Matematika va tabiiy fanlarni о‘qtish bо‘yicha xalqaro an’analar deb nomlangan xalqaro tadqiqotlari о‘quvchilarning о‘quv yutuqlari sifatini baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan har 4 yilda о‘tkaziladi. TIMSS matematika va tabiiy fanlar bо‘yicha 4- va 8- sinf о‘quvchilari о‘quv yutuqlarini baholash orqali ishtirokchi mamlakatlarda bu fanlar bо‘yicha yutuqlarni kuzatib borish imkonini beradi. О‘quv yutuqlarini baholash uchun о‘quvchilar testdan о‘tkaziladi hamda о‘quvchilar, о‘qituvchilar va maktab ma’murlari sо‘rov varaqalarini tо‘ldirishadi, shuningdek bu bilan ta’lim natijalariga ta’sir kо‘rsatadigan omillar haqida ma’lumot olinadi. Matematika va fanga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish kо‘plab mamlakatlarda ushbu fanlarning о‘quv dasturlarining eng muhim maqsadlaridan biridir. Uyda topshiriqlar bajarish о‘quvchilarga maktabda о‘rganilgan materialni mustahkamlash imkonini beradi va о‘qituvchilar uchun mavzu bо‘yicha о‘qitish vaqtini uzaytiradi. Natijada, kо‘p miqdorda uy vazifasi olgan о‘quvchilar kam miqdorda uyga vazifa olgan yoki umuman olmagan о‘quvchilarga qaraganda yuqori natijalarga erishishi kutiladi. Uy vazifasini bajarish an’analari kо‘p mamlakatlar tomonidan keng tarqalgan. Ba’zi mamlakatlarda 4- sinfda ular kamdan-kam hollarda uyda, asosan tuzatuv maqsadlarida, individual о‘quvchilarni о‘zlarining tengdoshlari bilan materiallarni о‘zlashtirib olishlariga imkon berish uchun sо‘raladilar. Umuman olganda, uy vazifasining katta miqdori о‘quvchilarning ta’lim yutuqlari sifatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. XXI asrda insoniyat oldida turgan muammolar ilmiy tafakkur va ilmiy kashfiyotlarga asoslangan innovatsion yechimlarni talab etishi shubhasiz.Jamiyatga iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda zarur bo‘ladigan innovatsiyalarni rivojlantiradigan va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan ilm egalari, olimlar kerak. Aytish mimkinki, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik tayanch kompetensiya sanalib, tabiiy fanlarni o‘qitishning asosiy maqsadidir. Tabiiy fanlarga asoslangan bilim hamda ko‘nikmalar har bir shaxsning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatida katta ahamiyatga ega, ilm-fan va unga asoslangan texnologiyalarni tushunish esa “yoshlarni hayotga tayyorlash”da markaziy o‘rinni egallaydi. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid g‘oyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal qila olishi tushuniladi. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilishda ishtirok eta oladi. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar shakllangan bo‘ladi: hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish – 14 – Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling