Referat mavzu: Xom ashyoni boyitish. Bajardi: guruh talabasi Tekshirdi


Download 40.2 Kb.
bet1/3
Sana29.01.2023
Hajmi40.2 Kb.
#1139853
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Referat

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Qo‘qon filiali


REFERAT

Mavzu: Xom ashyoni boyitish.

Bajardi: __________ guruh talabasi ______________


Tekshirdi: ______________

2023 yil
Mavzu:Xom ashyoni boyitish.




  1. Xom ashyo va uning turlari.

  2. Xom ashyoni boyitish usullari.

  3. Xom ashyoni boyitish va undan foydalanish.

Maqsad: Talabalarga kimyoviy texnologiyada ishlatiladigan xom ashyo turlari va ularni boyitishdan maqsad nima ekanligi, sanoatda xom ashyoning ahamiyati haqida tushuntitish.


Sanoat va unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar mustaqillikning moddiy-texnika bazasini yaratishda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan qo`yilgan amaliy vazifalarni to`la bajarish sanoatni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Sanoatning rivojlanishidagi asosiy shartlaridan biri sanoatni xom ashyo bilan yetarli darajada ta`minlash, undan to`la va to`g`ri foydalanishdir.
Xom ashyo har qanday texnologik jarayonlarning asosiy elementi hisoblanib, u ishlab chiqarish texnologiyasinigina belgilamasdan, balki uning iqtisodiy samaradorligini hamda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning sifatini ham belgilaydi. Xom ashyo keng miqyosda iste`mol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallar (birikmalar) dan iborat bo`lib, u quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Miqdori jihatdan yetarli bo`lishi;

  • Qazib olish arzon va oson bo`lishi;

  • Texnologik jarayonlar oson borishi kerak.

Ma`lumki, sanoatda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan umumiy xarajatlarning 70-80% ini jarayonda ishlatiladi. 
Xom ashyo va yarim mahsulotlarning mahsulot tannarxidagi qismi


Sanoat tarmoqlarining turlari

Xarajatlarning xom ashyo tashkil qilgan qismi, %

Plastmassa va lok-bo`yoq mahsulotlar ishlab chiqarish

77-79%

Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish

70-80%

Sintetik kauchuk ishlab chiqarish

77-78%

Shina sanoati

86-88%


Download 40.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling