Referat mavzu: Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar. Guruh: 8 bh-2020
Download 0.76 Mb.
|
Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh: 8 BH-2020 Bajardi: Nursaxatov Axror Tekshirdi: A,Sheraliyev Himoya natijasi: «____» baho. «____» _________ 2023 yil DENOV 2023
- Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI “TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI “MOLIYA VA BANK ISHI” KAFEDRASI “PUL VA BANKLAR ” FANIDAN REFERAT MAVZU: Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar. Guruh: 8 BH-2020 Bajardi: Nursaxatov Axror Tekshirdi: A,Sheraliyev Himoya natijasi: «____» baho. «____» _________ 2023 yil DENOV 2023 Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar. REJA: 1. Markaziy bank mustaqilligi tushunchasi. 2. Rivojlangan davlatlar markaziy banklari. 3. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi me’zonlar. 4. Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi xususiyatlar. Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar: Sukerman indeksi; GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar tomonidan asos solingan) indeksi; Eyffinger–Shaling indeksi; Sukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bo'lingan 16 ta ko'rsatkichlarni o'zida mujassamlashtiradi. Kadrlar siyosatini mustaqilligi pul-kredit siyosatini ishlab chiqish Uning maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chegaralash. Har bir 16 ta ko'rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi mumkin. GMT indeksi 2 qismdan iborat bo'lib, MBning siyosiy va iqtisodiy mustaqilliligini belgilaydi. Har bir qism o'zida indekslarni aks ettirib faqat 2 ta ko'rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda GMT indeksi MBning mustaqililigini baholash uchun ko'plab ishlatilayotgan indeksdir, chunki uni hisoblash uchun etarli ma'lumotlarni olish mumkin bo'ladi GMT indeksi doirasida MB siyosiy mustaqilligini baholashning asosiy me’zonlari quyidagilar: MB raisini tayinlashda hukumat aralashuvi; MB raisi 5 yildan ortiqroq muddatga tayinlanishi; MB direktorlar kengashi hukumat aralashuvisiz tayinlanishi; MB direktorlar kengashi 5 yildan ortiqroq muddatda boshqarishi; MBning direktorlar kengashida xukumat vakillarini ishtirokiga zaruratning yo'qligi; Pul-kredit siyosatiga oil qarorlarni hukumat tomonidan tasdiqlanishi lozim emasligi; MB qonunchilikka asosan asosiy maqsadlardan biri sifatida narxlar darajasini barqarorlashtirishga harakat qilishi shart; MB bilan hukumat o'rtasida muamolarni hal qiluvchi qonunchilik normalarini mavjudligi. Eyffinger–Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi: MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi; MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi; Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a'zolarining ulushi; Bu indeks qanchalik shartlarni bajarilishiga ko'ra 1 dan 5 gacha baholanadi. Hozirgi vaqtda MB siyosiy mustaqilligi MB boshqaruvini tayinlash jarayonining qonun bilan boshqarilishidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda MBning boshqaruvini tanlash va ularning vakolat muddatlarini qisqartirishga hukumat doimiy aralashmoqda. Bank boshqaruvida hukumat vakillarining ko'pincha ishtirok etishi. Hukumat bilan munozaralarda MBning qonuniy himoyasining chegaralanganligi. MB raisi yoki Prezidentlarini tayinlash. U quyidagicha amalga oshirilishi mumkin. MB rahbarlarini tayinlashda: parlament, Bank boshqaruvi; qonunchilik hokimiyati; ijro etuvchi va qonunchilik hokimiyati birgalikda; bir-ikki ijro jetuvchi hokimiyat vakillari(hukumat rahbar va/yoki moliya vazirligining ishtiroki) Xalqaro amaliyotda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini baholashda GMT indeksidan keng foydalaniladi. Ushbu indeksning nomi uni birinchi bo'lib taklif etgan olimlarning familiyalarini bosh harfidan kelib chiqqan. * Grilli * Maskiandaro * Tabellini GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta me’zon bo'yicha baholanadi: 1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi. 2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi. 3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a'zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi. 4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi. 5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo'q. 6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomonidan ma'qullanish zaruriyatining yo'qligi. 7. Markaziy bankda qonun bo'yicha ustuvor maqsadlardan biri sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta'minlash majburiyati bo'lishi kerak. 8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me'yorlarining mavjudligi. Hozirgi davrda dunyo bo'yicha siyosiy mustaqillik darajasi eng yuqori bo'lgan Markaziy bank – bu Yevropa Markaziy bankidir (YeMB). YeMB Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlariga va evrohudud hukumatlariga umuman bo'ysunmaydi. YeMB baholar barqarorligiga javob beradi. YeMBning vakolatlarini qonunchilik asosida o'zgartirilishi mumkin emas. YeMBning vakolatlari faqatgina Maastrixt shartnomasini qayta ko'rib chiqish natijasida o'zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab jarayon bo'lib, barcha ishtirokchilarning roziligini olishni talab etadi. Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi mamlakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o'rin tutadi. Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan so'nggilari sifatida “The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash ko'rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu ko'rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy me’zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko'rsatkichlariga yaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi. GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi 7 ta me’zon bo'yicha baholanadi: 1. Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining mavjud emasligi. 2. Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalarida beriladi. 3. Markaziy bank kreditlari Hukumatga ma'lum muddatga beriladi. 4. Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi. 5. Markaziy bank davlat qimmatli qog'ozlarining birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi. 5. Markaziy bank davlat qimmatli qog'ozlarining birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi. 6. Markaziy bank o'zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat bilan kelishmasdan, o'rnatadi. 7. Markaziy bank bank sektorini nazorat qilish yuzasidan javobgardir. (Bu holatda GMT indeksi asosida MB ga 2 ball o'zlashtiriladi yoki boshqa davlat organi bilan birgalikda amalga oshirilsa 1 ball qo'yiladi). Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling