Referat mavzu: xotira turlari va uning jarayonlari. Bajardi: Abdullayeva H. Tekshirdi


Download 37.24 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi37.24 Kb.
#1383828
TuriReferat
Bog'liq
Xotira


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

UMUMIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN



REFERAT

MAVZU: XOTIRA TURLARI VA UNING JARAYONLARI.




Bajardi: Abdullayeva H.

Tekshirdi:






Mavzu:Xotira turlari va uning jarayonlari.




Reja:
8.1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.
8.2. Xotiraning psixologik nazariyalari.
8.3  Xotira jarayonlari va turlari.
8.4. Xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar.

Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.


Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi» .
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:
- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni;
- unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni;
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.
Xotiraga tegishli bo‘lgan fizikaviy, kimyviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-kibernetikaviy nazariyalar, shuningdek, psixologik nazariyalar guruhlarii mavjud. Bunday nazariyalar ichida xotira faoliyati qonuniyatlarini tushunish va uni boshqarish usullarini ishlab chiqishda foydali bo‘lgan psixologik nazariyalarni ko‘rib chiqamiz.
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.
Xotira quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: esda olib qolish, esda saqlash va unutish.
Esda saqlash – bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. Bu jarayonning kechish darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va ko‘zlangan (ixtiyoriy). Ixtiyorsiz esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Masalan, o‘rmondagi sayr yoki spektakl tomoshasidan so‘ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni ko‘zlamagan bo‘lsakda, taassurotlarimizdan ko‘proq qismini yodimizga tushirishimiz mumkin. Inson uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, uning qiziqishlari va ehtiyojlari, faoliyatining maqsad va vazifalaribilan bog‘liq bo‘lgan, barchasining esda saqlanib osonroq kechadi. SHuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi.
Anglangan holda esda olib qolish mexanik esda olib qolishdan ko‘ra samaraliroq ekanligi isbotlangan. Xuddi shunday, mexanik esda olib qolishda xotirada 1 soatdan so‘ng materialning faqat 40%, yana bir necha soatdan keyin esa – atigi 20%, angalangan holda esda olib qolishda esa 30 kundan keyin ham materialning 40% saqlanib qoladi.
Takrorlashni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash juda muhimdir. Psixologiyada takrorlashning konsentratsiyalash va taqsimlash usullari mavjud. Birinchi usulda materiallar tanaffuslarsiz ketma-ket takrorlanadi. Masalan, she’rni yodlash uchun 12 marta takrorlash talab etilsa, o‘quvchi uni yod olmagunicha ketma-ket 12 marta o‘qiydi. Taqsimlangan takrorlashda har bir takrorlash keyingisidan vaqt oralig‘i bilan ajratilgan bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, taqsimlangan takrorlash konsetratsiyalangan takrorlashdan samaraliroqdir.
Xotiraning navbatdagi jarayoni – yodda saqlab qolish. Bu idrok qiingan ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo‘lgan xotira jarayoni. Esda saqlab qolish xotira jarani sifatida o‘zining qonuniyatlariga ega. Masalan, esda saqlab qolishning dinamik va statik bo‘lishi aniqlangan. Dinamik esda saqlab qolish operativ xotirada, statik – aksincha, uzoq vaqtli xotirada namoyon bo‘ladi. Dinamik esda saqlashda material kam o‘zgaradi, statikda, aksincha, u albatta, o‘zgarish va ma’lum qayta tiklanishga uchraydi. Qayta tiklanish turli sharoitlarda, masalan, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarning yo‘qolishi va ularning boshqa qismlar bilan almashtirilishi, material izchilligining o‘zgarishida, uning umumlashtirilish darajasida ifodalanadi.
Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalaga oshiriladi.
Eslash – bu xotiradagi materialdan keyingi faoliyatda foydalanish. Eslashning fiziologik asosini jism va harakatlarni idrok qilishda avval hosil bo‘lgan nerv aloqalarini tiklash tashkil etadi. Eslash maqsadsiz (ixtiyorsiz) va maqsadli (ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda eslash biz uchun kutilmaganda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘qigan maktabimiz yonidan o‘tib keta turib, beixtiyor bizga ta’lim bergan o‘qituvchi yoki maktabdosh do‘stlarning obrazlarini namoyon qilishimiz mumkin.
Ixtiyoriy eslashda ongli ravishda maqsadga ega bo‘lgan holda eslaymiz. Bunday maqsad bo‘lib o‘tmish tajribamizdan biror voqeani yodga tushirishga intilish, masalan, yaxshi yod olgan she’rni esga tushirish maqsadini ko‘zlaganimizdagi vaziyat hisoblanadi.
Shuningdek, eslashning turli xillari: haqiqiy eslash, yodga tushirish, tanish mavjud. Alohida o‘rinni xotiralar – shaxsning tarixiy esdaliklari egallaydilar. Esga tushirishda ko‘zlangan maqsad – biror narsani eslash – asosiy masalani hal qilish imkonini beruvchi oraliq maqsadlarga erishish yordamida amalga oshiriladi. Masalan, qandaydir voqeani eslash uchun bu bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan dalillarni eslashga harakat qilamiz. Bunda oraliq zanjirlardan foydalanish ongli xususiyatga ega bo‘ladi. Esga tushirish, shuningdek, irodaviy jarayon bo‘lib hisoblanadi.
Biror ob’ektni tanish uni idrok qilishda sodir bo‘ladi va insonda ob’ekt haqida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, uning shaxsiy taassurotlari (xotira tasavvurlari) yoki so‘z bilan ta’riflash (xayol tasavvurlari) asosida shakllangan ob’ektni idrok qilish sodir bo‘layotganin bildiradi. Masalan, tanishimiz yashaydigan, lekin o‘zimiz hech qachon u erda bo‘lmagan uyni taniymiz, tanish esa, tasavvurimizda aks etgan, bizga avval ta’rifi keltirilgan izlab topish mumkin belgilar asosida sodir bo‘ladi. Tanish jarayonlari bir-biridan ta’riflanish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Biz ob’ektga nisbatan tanish hissini tuyganimizda, lekin o‘tmish tajribadagilarga o‘xshata olmaganimizda tanish darajasi kamroq bo‘ladi. Masalan, yuz tuzilishi tanishdek tuyulgan odamning kimligini va u bilan qanday vaziyatlarda uchrashishimiz mumkinligini eslay olmaymiz. Bunga o‘xshash vaziyatlar tanishning belgilanmaganligi xususiyatiga ega bo‘ladi. Boshqa vaziyatlarda tanish to‘liq belgilanmaganligi bilan farqlanadi: biz odamni ma’lum shaxs sifatida darhol taniymiz. SHuning uchun ushbu vaziyatlar to‘liq tanish xususiyatiga ega bo‘ladi.
To‘g‘ri tanishning turli xillari bilan bir qatorda tanishdagi xatoliklar ham mavjud bo‘ladi. Masalan, birinchi marta idrok qilinayotganlar, ba’zida tanishdek, avval xuddi shu ko‘rinishda sodir bo‘lgandek tuyuladi.
Tanish va eslashning har doim ham bir xilda samarali tarzda amalga oshirilmaydigan jarayonlarining juda qiziqarli o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlab o‘tish lozim.Ba’zida biz qaysidir ob’ektni taniy olishimiz, lekin usiz eslay olmasligimiz mumkin. Bunga teskari vaziyatlar ham bo‘ladi: bizda paydo bo‘lgan tasavvurlarning nima bilan bog‘liqligini tushuntirib bera olmaymiz. masalan, bizni doimo qandaydir kuy ohangi «kuzatib yuradi», lekin uning qaerdan paydo bo‘lganini aytib berolmaymiz.
Unutishning boshqa shakllari xatolik bilan eslash va tanishdir. Barchaga ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan idrok qilinganlar xotirada o‘z yorqinligi va aniqligini yo‘qotib, rangsizlanib, noaniq bo‘lib qoladi. Lekin avval idrok qilingan materialning o‘zgarishi boshqa xususiyatga ham ega bo‘lishi mumkin, bunda unutish aniqlikni yo‘qotishdan emas, esga tushirilganlarning haqiqatda idrok qilinganlarga muvofiq kelmasligidan iborat bo‘ladi. Bunda biz voqelikda mavjud bo‘lganlarni emas, boshqa narsalarni eslaymiz, chunki unutish jarayonida u yoki bu darajada idrok qilingan materialning chuqur qayta tuzilganligi, sifatining qayta ishlanganligi sodir bo‘lishi mumkin. Qayta ishlashga misol tariqasida voqealar izchilligining vaqt bo‘yicha noto‘g‘ri eslashni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ma’lumdir. Xuddi shunday, odam materialni yaxshi tushunib etmagan bo‘lsa, unutish tezroq ro‘y beradi. SHuningdek, material odamga qiziqarli bo‘lmasa, uning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi.
Unutish tezligi, shuningdek, material hajmi va uni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar darajasiga bog‘liq: material hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yoki uni idrok qilish qiyinchilik tug‘dirsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi. Unutish jarayoni tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omil avvalgi faoliyatningsalbiy ta’siri – proaktiv tormozlanish, va keyingi faoliyatning salbiy ta’siri – retroaktiv tormozlanishdir. Agar faoliyat tanaffuslarsiz amalga oshirilsa yoki keyingi faoliyat avvalgi faoliyat bilan o‘xshash bo‘lsa, shuningdek, keyingi faoliyat avvalgisidan qiyinroq kechsa, retroaktiv tormozlanish aniqroq kuzatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qonuniyatni maktabdagi o‘quv ishlarini tashkil etishda hisobga olish zarur.
Unutish jarayonini tezlashtiruvchi boshqa muhim omil yosh ko‘rsatkichidir. Yosh o‘tishi bilan xotira ko‘pchilik vazifalarining izdan chiqishi kuzatiladi. Xuddi shunday, materialni esda olib qolish qiyinroq kechadi, unutish tezligi oshadi.
Unutish, shuningdek, asab tizimining turli kasalliklarida, kuchli psixik va mexanik shikastlanishlarda, aqliy va jismoniy toliqishda, tashqi seskantiruvchilar ta’sirida tezroq sodir bo‘ladi. Xotira buzilishlariga: amneziya (xotiraning yo‘qolishi), retrograd amneziya (kasallikdan avvalgi voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi) va anterograd amneziya (kasallikdan so‘ng sodir bo‘lgan voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi). O‘ta toliqishda paramneziya – xotira aldanishi hodisasi ro‘y beradi. So‘zlarni eslashda xatolikka yo‘l qo‘yish kontaminatsiya («ahamiyatga ega») deyiladi.
Endi xotira tasnifiga nisbatan yondoshuvlar masalasini ko‘rib chiqishga o‘tamiz. Xotira xossalarining turini ajratish uchun umumiy asos sifatida esda olib qolish va eslash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uch asosiy mezonlarga muvofiq ravishda ajratiladi:
- faoliyatda ustunlik qiluvchi psixik faoliyatning xususiyatiga ko‘ra, harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqiy xotiralarga bo‘linadi;
- faoliyat maqsadiga ko‘ra – ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiraga bo‘linadi;
- materialning mustahkamlanishi va saqlanib qolishi davomiyligiga ko‘ra – qisqa muddatli, operativ va uzoq muddatli xotiraga bo‘linadi.
Xotira turlarining mana shu to‘rt xilining xususiyatlarini keltiramiz.
Harakat xotirasi – bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va boshqalarda turli harakatli malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Emotsional xotira – bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday qoniqtirilayotgani, atrof-olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarni uyg‘otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Obrazli xotira – bu tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, ovoz, hid, ta’mlarga nisbatan bo‘lgan xotira. U ko‘rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta’m bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan eydetik xotira – ba’zi individlarning(eydetiklar) avval idrok qilingan jism va sahnalar o‘ta to‘laqonli va obrazini esda saqlash va eslash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar uchrab turadi. Eydetik obrazlar jismning mavjud emasligida yuzaga kelib, oddiy tasavvurga xos bo‘lmagan izchil ko‘rgazmalilik xususiyatiga ega bo‘lishi bilan tasavvurlarga o‘xshash bo‘ladi.
Xotira faoliyat maqsadiga bog‘liqligiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiralarga bo‘linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus maqsadga ega bo‘lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. SHunday maqsad ko‘zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so‘z yuritiladi.
Uzoq muddatli xotira – materialni chegaralanmagan vaqt oralig‘ida va axborotni chegaralanmagan hajmda ushlab qolish xususiyatiga ega bo‘lgan xotira turlaridan biri.
Operativ xotira – ma’lum faoliyatni bajarishda namoyon bo‘ladigan, shu faoliyatga qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiradan kelayotgan axborotni saqlashga binoan xizmat ko‘rsatuvchi joriy faoliyatni bajarish uchun zarur bo‘lgan xotira turi. Bu xotira turi axborotni saqlash davomiyligi va o‘z xossalariga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli xotiralar o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Operativ xotirada materialning saqlanish vaqti operatsiyaning bajarilish davomiyligi bilan aniqlanadi.
Anglanish darajasiga ko‘ra xotira mexanik va mantiqiy xotiraga bo‘linadi. Mantiqiy xotira – yod olinishi zarur bo‘lgan materialdagi mantiqiy aloqalarni o‘rnatish va tushunishga asoslangan xotira turi. Tafakkur va xotiraning aloqasi psixologiyada mavjud bo‘lgan tushunarli bo‘lgan narsa oson eslab qolinadi, degan aqidada qayd etiladi. Mexanik xotira o‘rganish va hayotiy tajriba orttirish qobiliyati shaklida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilgan xotira turlari alohida o‘zlari mavjud bo‘la olmaydi. Fikr va tushuncha xotirasi so‘z-mantiqiy xotira sifatida, shuningdek, har bir xususiy vaziyatda ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo‘ladi.
Download 37.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling