Referat mavzulari ro‘yxati
Download 27.91 Kb.
|
ON referat MMT
Toshkent moliya instituti Andijon fakulteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” mutaxassisiligi III kurs talabalari uchun “Statistika” fanidan referat mavzulari ro‘yxati:
Talabalar referatni kompyuterda ravon tarzda qo‘lda ko‘chirib yozishlari kerak. Referat asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qog‘ozning bir tomoniga kompyuter texnikasidan foydalanilgan xolda 14 hajmdagi Times New Roman shriftida 1.5 oraliqda davlat tilida (rus guruhlarda rus tilida) yoziladi. Har bir sahifani chap tomonda 30 mm, o‘ng tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 25 mm qoldirilgan xolda yoziladi. Referat matnlari qog‘ozning bir tomoniga har sahifaga 25- 30 qator yoziladi. Har qatorda 7-8 ta so‘z joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi sahifaga tegishli bo‘lsa, o‘sha sahifada keltiriladi. Bet qo‘yish quyidagicha amalga oshiriladi: titul varaq -1, mundarija - 2, kirish - 3. Sahifalarga tartib bilan raqam qo‘yiladi. Referat tuzilmasi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: kirish, asosiy mavzuga tegishli 3-4 bo‘lim, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar. Bo‘limlarning hajmi referatning umumiy hajmiga nisbatan taxminan quyidagicha bo‘lishi lozim: 1. Titul varaqasi. 2. Mundarija. 3. Kirish (3%). 4. Asosiy bo‘limlar (80-90%). 5. Xulosa va takliflar (4-6%). 6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (kamida 20ta). 7. Ilovalar (referatning mavzusidan kelib chiqqan holda). Referatning birinchi betiga referat rejasiga tegishli savollarning sahifalari qo‘yiladi. Undan keyingi varaqlarda referatning matni bayon qilinadi va mavzudagi har bir savolning nomi hamda unga tegishli betlari alohida beriladi. Referat faqat varaqning bir tomoniga yoziladi va sahifalar tartib raqami bilan belgilanadi. Download 27.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling