Referat oila pedagogikasi va psixologiyasi mavzular


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI AKADEMIYASI


Download 1.63 Mb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1500505
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OILA PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYaSI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI AKADEMIYASI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI AKADEMIYASI



REFERAT


OILA PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYASI

Mavzu:

  1. Muhammad ibn Iso at-Termiziy oila haqidagi qarashlari.






Topshirdi: Djabbarov Sh.X.
Qabul qildi:_____________________________
Toshkent-2023


3-MAVZU. MUHAMMAD IBN ISO AT-TERMIZIY OILA HAQIDAGI QARASHLARI.


O’rta asrlarda yashagan ko’pgina olimlar ilm-fanning turli sohalariga oid dunyoviy fanlar bilan birga diniy ilmlar rivojiga ham katta e’tibor berganlar. Zotan diniy ilmlar jamiyat taraqqiyotida, insonlarning kamol topishi va ularning dunyoqarashining shakllanishida alohida rol o’ynagan.


Jahonshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalardan biri – mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. Uning to’liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhok as-Sullamiy (umrining oxirlarida ko’zi ojiz bo’lib qolganligidan ad-Dariyr taxallusi bilan ham atalgan) at-Termiziy bo’lib, u hijriy hisobda 209 (milodiy 824)-yilda Termizda, uncha badavlat bo’lmagan oilada tavallud topdi. Markaziy osiyolik mashhur olim va tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam’oniy (113/1167) “Al-Ansob” nomli asarida yozishicha, at-Termiziy Bug’ (hozirgi Sherobod tumani) qishlog’ida vafot etganligi uchun uning nomiga al-Bug’iy taxallusi ham qo’shilgan. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida o’tib, dastlabki ma’lumotni ham shu shaharda olgan. Chunonchi, yozma manbalar va tarixiy osori-atiqalardan ma’lumki, o’rta asrlarda Termiz ham Markaziy Osiyoning Urganch, Buxoro, Samarqand singari ilm-fan va madaniyati rivojlangan shaharlardan biri bo’lgan. Mana shunday madaniy muhitda o’sgan at-Termiziy yoshligidan turli ilmlarni egallashga zo’r qiziqish bilan intilgan. Bolaligidan o’ta ziyrakligi, yodlash qobiliyatining kuchliligi va noyob qobiliyati bilan o’z tengqurlaridan ajralib turgan at-Termiziy diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallagan va bu boradagi o’z bilimlarini muttasil oshirish uchun ko’pgina Sharq mamlakatlarini ziyorat qilgan. Jumladan, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Ko’p yillar davom etgan safarlari chog’ida at-Termiziy ilm-fanning turli sohalaridan – ilm al-qiroat, ilm al-bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, o’zi yoshligidan qiziqqan hadis ilmidan o’z davrining yirik olimlari – mashhur muhaddislaridan ta’lim oladi. Uning ustozlaridan imom al-Buxoriy, imom Muslim, imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sa’iyd, Is’hoq ibn Muso, Mahmud ibn G’aylon va boshqa mashhur muhaddislarni ko’rsatish mumkin. Manbalarda yozilishicha, hadislarni to’plashda va o’rganishda at-Termiziy har bir qulay fursatdan unumli foydalangan. U yo’lda, safarda bo’lganda ham yoki bir joyda muqim turganda ham o’z ustozlaridan, uchratgan roviylaridan eshitgan hadislarni darhol yozib olib, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borgan.
O’z davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy ko’pdan-ko’p shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirddaridan Makhul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud, Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Muhammad an-Nasafyun, al-Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy va Abul-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiylarni sanab o’tish mumkin. Musofirchilikdan qaytgan at-Termiziy o’z yurtida yirik muhaddis olim sifatida shuhrat qozondi va ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashg’ul bo’ldi. U 279 hijriy (milodiy 892) yilda Termizdan uzoq bo’lmagan Bug’ qishlog’ida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.
O’z ijodiy va ilmiy faoliyati davrida at-Termiziy bir qancha asarlar yaratdiki, ularning aksariyat qismi bevosita hadislarga bag’ishlangan. Gap shundaki, VII asrning birinchi yarmida davr jihatdan qisqa muddatda yuzaga kelgan Qur’oni karim islom ta’limotida katta madaniy va tarixiy ahamiyatga ega asosiy manba bo’lsada, musulmon dunyosining ijtimoiy, huquqiy va axloqiy tomonlariga oid jamiki masalalarni har tomonlama to’la-to’kis qamrab ololmagan, albatga. Shu boisdan ham Islom dini chegaralarining kengayishi, uning qonun- qoidalarish asoslangan jamiyat rivojlangan sari turli-tuman yangi g’oyaviy fikr-mulohazalar va ko’rsatmalarga ehtiyoj tobora kuchaya borgan. Shu sababdan ham barcha jihatlardan namunali zot hisoblanshi payg’ambar Muhammad alayhissalomning o’zlari aytgan ibratomuz pand-nasihatlar, diniy, axloqiy masalalarga doir qarashlari, ko’rsatmalari hamda payg’ambar alayhissalom hayoti, faoliyati xususida qarindosh-urug’lari, sahobalari, yaqin safdoshlari aytgan hikoyat va rivoyatlari – hadislarni to’plash keng ko’lamda avj olgan. Shunga ko’ra, islom ta’limotida hadislar Qur’ondan keyin turadigan muhim manbalar hisoblanadi. Islom ulamolari o’rtasida ilk davrdan boshlab hadislarning to’g’riligi, ularni ishonchli manbalarga asoslanishiga katta e’tibor berilgan. Chunonchi, o’sha davrning o’zidan boshlaboq noaniq, chala-chulpa, hatgo soxta hadislar ham el orasida tarqay boshlagan. Shunday paytlarda ular qayta-qayta tekshirilib, muhaddislarning betinim mehnati natijasida asl holiga qaytarilib, yozma ravishda qayd qilingan. Natijada islomshunos yirik ulamolar orasida ishonchli manbalar asosida to’plangan va tartibga keltirilgan olgita hadislar to’plami (As-sihoh as-sitga) mualliflari eng nufuzli va mo’tabar muhaddislar deb tan olingan. Mana shu e’tirof etilgan mashhur muhaddislardan biri – Imom at-Termiziydir.
At-Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. “Al-jomi’” (“Ja’mlovchi”). “Ash-shamoil an-nasaviya” (“Payg’ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadiys” (“Hadislardagi og’ishishlar”), “Risola fi-l-xilof va-l-jadal” (“Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola”), “At-tarix” (“Tarix”), “Kitob az-zuhd” (“Taqvo haqida kitob”), “Kitob ul-asmo va-l-kuna” (“Ismlar va laqablar haqida kitob”) kabi asarlar shular jumlasiga kiradi.
At-Termiziining asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, “Al- jomi’” bo’lib, avval eslatib o’tganimizdek, payg’ambar alayhissalomga doir oltita ishonchli hadislar to’plamlaridan biridir. Ushbu asar ilmiy adabiyot va manbalarda “Al-jomi’ al-kabir” (“Katta to’plam”), “Al-jomi’ us-sahiyh” (“Ishonchli to’plam”), “Jomi’ at-Termiziy” (“Termiziy to’plami”), “Sunan at-Termiziy” (“Termiziy sunnatlari”) nomi bilan ham atalib, payg’ambar alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim manbalardan hisoblanadi.
At-Termiziyning mashhur ta’liflaridan yana biri “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Payg’ambarning alohida fazilatlari”) bo’lib, ba’zi manbalarda “Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallolohu alayhi vasallam” nomi bilan ham keltirilgan. Nomidan ham ko’rinib turibdiki, bu asar payg’ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u kishining suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o’z ichiga qamragan manbadir. Bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, payg’ambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to’plash bilan juda ko’p muhaddislar shug’ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan o’rin olgan. Lekin at-Termiziy asarining afzalligi shundaki, u hadislarni muntazam ravishda to’plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob holiga keltirgan. Muhammad alayhissalomning hayotiga doir muhim manba sifatida “Ash-shamoil an-nabaviya” azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga tortib keldi. Arab tilida yozilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Shu bilan bir qatorda ushbu asarning tili ravon, uslubi g’oyatda oddiyligini ham qayd qilib utish o’rinlidir. Asarning fors va turk tillariga tarjima qilinishi ham unga bulgan qizqishning kattaligidan dalolat beradi.
“Ash-shamoil an-nabaviya”ning birinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning suvrat (tashqi qiyofa)lariga, ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyolariyu axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bag’ishlangan.
“Ash-shamoil an-nabaviya”ning XVI asrga oid bir qulyozmasi Toshkentda, Movarounnahr musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. 1980-yilda Toshkentdagi Diniy boshqarma buyurtmasi bilan “Ash-shamoil an-nabaviya”ning ushbu qulyozmasi ofset uslubida nashr etilgan bo’lib, unga qisqacha so’zboshi O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari Diniy boshqarmasi hay’atining sobiq raisi, marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari tomonidan yozilgan.
“Ash-shamoil an-nabaviya” so’nggi yillarda ham Toshkentda bir necha bor nashr etildi. Bundan tashqari allomaning 1200 yillik yubileyi (1990) munosabati bilan gazeta va jurnallarda u haqida ko’plab maqolalar chop etildi.
Xulosa qilib aytganda, buyuk vatandoshimiz Abu Iso Muhammad at-Termiziy bizga boy va katta ilmiy meros qoldirgan. Afsuski, hozircha bu qimmatbaho meros jumhuriyatimizda yetarlicha o’rganilgani yo’q. Keng jamoachilik ommasi ham uning hayoti va ijodi haqida g’oyatda oz ma’lumotga ega.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling