Referat qabul qildi: Toshpòlatova Mamura Toshkent 2021


Download 233.11 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi233.11 Kb.
#251594
TuriReferat
Bog'liq
Fikr (mulohaza) va prеdikatlar. Mulohaza. mulohazaning inkori. Kon'yunktsiya va diz'yunktsiya.


Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika instituti

Boshlanģich talim fakulteti

101 – guruh talabasi Rayimova Yulduzning

Fiziologiya fanidan

Tayyorlagan

REFERAT

Qabul qildi: Toshpòlatova Mamura

Toshkent 2021

Mavzu: Fikr (mulohaza) va prеdikatlar. Mulohaza. mulohazaning inkori. Kon'yunktsiya va diz'yunktsiya.

Reja:

  1. Mulohazalar haqida umumiy tushuncha.

  2. Sodda va murakkab mulohazalar haqida tushuncha.

  3. Mulohazalar ustida umumiy bajariladigan mantiqiy amallar.


B.B.B. jadvali
(bilaman, bilishni xohlayman,bildim)




Mavzu savoli

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bildim

1

Mulоhazani va Mulоhaza inkоrini










2

Mulоhaza kоn’yunksiyasi va diz’yunksiyasini

 

 

 

3

Mulоhazalar ustidagi amallarni хоssalarini isbоtlashni

 

 

 

Mulohazalar haqida umumiy tushuncha. Malumki, o’zbek tilidagi

gaplar to’plami 3 ta sinfga ajratiladi.



D — «Darak gaplar» to’plami.

C — «So’roq gaplar» to’plami.

X — «His-hayajon gaplar» to’plami.

Haqiqatan ham, D∪C∪X — gaplar to’plami va D∩C∩X = ∅ bo’ladi.

O’z navbatida «darak gaplar» to’plamini ham 3 ta to’plamga ajratish mumkin.

Rost yoki yolg’onligini bir qiymatli aniqlash mumkin bo’lgan darak gaplar.

Tarkibida o’zgaruvchi ishtirok etgan darak gaplar.

Rost yoki yolg’onligini aniqlash mumkin bo’lmagan darak gaplar.


1-ta’rif. Rost yoki yolg’onligi bir qiymatli aniqlanadigan darak gaplar mulohaza deyiladi.

So’roq yoki his-hayajon ga’lar mulohaza bo’la olmaydi. Noma’lum qatnashgan gaplar ham mulohazaga kirmaydi. Mulohazalar lotin alifbosining bosh harflari:



A, B, C, D, ... orqali belgilanadi. Mulohazalar sodda va murakkab bo’ladi. Murakkab mulohazalarni sodda mulohazalarga ajratish mumkin.
Bir vaqtda rost yoki bir vaqtda yolg’on bo’lgan mulohazalar ekvivalent mulohazalar deyiladi. Ekvivalent mulohazalar A = B ko’rinishda yoziladi. Matematik mantiq fanini mulohazani bayon qilish shakli emas, faqat rost yoki yolg’onligi qiziqtiradi. Bundan buyon

rost mulohazani «R» yoki «1», yolg’on mulohazani «Y» yoki «0» bilan belgilaymiz. Mulohaza inkori.


2-ta’rif. A mulohaza inkori deb, A rost bo’lganda yolg’on, yolg’on bo’lganda rost bo’luvchi mulohazaga aytiladi.

A mulohaza inkoriA ko’rinishda belgilanadi va «A emas», «A ekanligi yolg’on» deb o’qiladi. Masalan, A: «32=6»bo’lsa, A : «32≠6»; A: «Hozir yoz fasli» bo’lsa, uning inkori: «hozir yoz fasli emas» yoki «hozir yoz fasli ekanligi yolg’on» kabi ifodalanadi.


3-ta’rif. Ikkita sodda A, B mulohazalardan tuzilgan «A va B» mulohazaga mulohazalar konyunksiyasi deyiladi. Mulohazalar konyunksiyasi uning tarkibiga kirgan mulohazalar rost bo’lganda, rost bo’ladi va «A yoki «A&B» ko’rinishda yoziladi hamda «A va kabi o’qiladi. Konyunksiyaning rostlik jadvali ko’rinishda bo’ladi:

A

B

A∧B

R

R

R

R

Y

Y

Y

R

Y

Y

Y

Y



  • The easiest way to clarify the meaning of these logical connectives is by using truth tables. The truth table for ^ is¹



A

B

A ˄ B

T

T

T

T

F

F

F

T

F

F

F

F



Masalan, a) A: «5 — tub son» — (R); B: «5 >6» — (Y) bo’lsin, u holda A∧B: «5 — tub son va u 6 dan katta» — yolg’on mulohaza bo’ladi.

b) A: «3<8» —(R),B: «8< 11» — (R), A∧B: «3 <8∧8< 11» yoki «3<8< 11», ya’ni tengsizliklar konyunksiyasini qo’sh tengsizlik ko’rinishida yozish mumkin va aksincha; ta’rifga ko’ra «3 <8 < 11» — rost mulohaza.

Mulohazalar konyunksiyasining xossalari:

1°. A∧B = B∧A(kommutativlik);



2°. (A∧B)∧C = A∧(B∧C) = A∧B∧C(assotsiativlik);

3°. A∧ = Y (A∧ — aynan yolg’on mulohaza).

Mulohazalar konyunksiyasi xossalarining to’g’riligini rostlik jadvallari tuzish va mos kataklardagi murakkab mulohazalar qiymatlarini taqqoslab tekshirish mumkin.

Rost mulohazalarni ko’chiring, yoniga ularning inkorini yozing.




  • 12 + 17 = 29
    12 + 17 ≤ 29

  • 12 + 17 > 28

  • 12 + 17 ≥ 29

  • 12 + 17 ≠ 28




12 + 17 ≠ 29

12 + 17 > 29

12 + 17 ≤ 28

12 + 17 < 29



12 + 17 = 28

Download 233.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling