Referat qo’qon 2023 " Bolalar folklori, ma’naviy so’z o’yinlar, harakatli o’yinlar va tez aytishlar."
Download 33.24 Kb.
|
bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar folklori, ma’naviy so’z o’yinlar, harakatli o’yinlar va tez aytishlar.”
Bolalar adabiyoti fanidan 2- kurs Maktabgacha ta’lim (sirtqi ) bo’lim talabasi Abduqayumova Shaxrinisoning 1 - mustaqil ta’lim topshirig’i. “Bolalar folklori, ma’naviy so’z o’yinlar, harakatli o’yinlar va tez aytishlar.” REFERAT QO’QON 2023 “Bolalar folklori, ma’naviy so’z o’yinlar, harakatli o’yinlar va tez aytishlar.” Reja : 1. Bolalar folklori — og’zaki ijod namunalari. 2. Ma’naviy o’yinlar ( tez aytish, chandish, guldur-gup va yashirin tilning ma’naviy axloqiy mohiyati ). 3. Harakatli o’yinlar turlari va mazmuni. Har bir inson bolaligidan boshlab o’zi bilmagan holda katta odamlarning e’tibori qaratilgan mo’jizaviy mavjudotga aylanadi. Kattalar unga ism qo’yadilar, beshikka belaydilar, allalar aytadilar, qo’lchalariga ovoz chiqaruvchi o’yinchoqlar tutqazishadi. Bir oz gap eshitadigan bo’lgani zahoti ovunmachoqlar aytishadi. Keyinchalik esa farzand topishmoqlar, ertaklar, qo’shiqlar olamiga kirib xalq rasm- rusumlari, og’zaki ijodi og’ushida ulg’aya boradi. Xalq qadim zamonlardan farzandlarning ma’naviy va jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaragan. Agar allalar, ertaklar uning ma’naviy dunyosini boyitsa, turli o’yinlar: quvlashmachoq, bekinmachoq, chillak, varrak uchirish kabilar jismonan chiniqtirgan. Yosh bolalar alohida e’tiborga loyiq xalqlarda esa ular uchun maxsus badiiy so’z namunalari yaratilgan. O’zbeklar ana shunday xalqlar qatoridan munosib o’rin oladilar. Tez aytishlardan tortib allalargacha, topishmoqlardan tortib sanamachoqlargacha bevosita yosh avlod tarbiyasiga bag’ishlangan bolalar folklori janrlarini, namunalarini tashkil etadi. O’zbeklar bolalar folklorlariga oid asarlarni bir necha asrlar oldinoq hozirgi zamon pedagogikasi talablarini his etgandek yaratganlar. Aslida xalq bu talablarni o’zicha hisobga olgan. Pedagogika fani esa ularni keyinchalik kashf qilgan. Xususan, bolalar uchun yaratilgan asarlarning tili sodda, mazmuni esa esda qoladigan bo’lishi lozim. Shuningdek, bu asarlar albatta tarbiyaviy ahamiyat kasb etgani holda, bolalarda xalqiga, vataniga, qadiryatlariga, ajdodlariga hurmat ruhini shakllantirishi kerak. Bunday namunalar farzandlarimizning ma’rifiy ozuqasi hisoblanadi. Bo’rining yirtiqichligini, tulkining ayyorligini ular dastlab o’zlariga atalgan ertaklardan bilib oladilar. Ayni paytda, bunday asarlar bolada go’zallikka intilish tuyg’usini uyg’otishga ham mo’ljallangan bo’ladi. Masalan, oy-o’n to’rt kunlik yoki hiloldek; qiz- go’zal, chiroyli, o’n to’rt kunlik oydek; yigit-mard, jasur, pahlavon, hunarli kabi o’xshatish va sifatlashlar bilan yonma-yon tasvirlanadi. Natijada, bolalar folklori bilan aloqada bo’lgan farzand ularni tinglash yoki o’qish barobarida o’zbekning o’zbekona tarbiyasi bilan tanishib boradi va o’zbek bo’lib voyaga etishadi. Bola tug’ilgan zahoti dunyodagi eng mehr bilan aytiladigan qo’shiqni eshitadi. Alla ana shu qo’shiq hisoblanadi. Sevimli shoirimiz Cho’lpon alla haqida shunday degan edi: “Bir bola uxlamasa, alla aytadilar. Bola tez uxlab ketar. Chunki ul andin bir lazzat his qilur”. Bu ifodada allaning eng muhim fazilati- bola ruhiga ta’siri aks etgan. Keksalarimiz allaning sadolari bola ruhiga iymon, vataniga muhabbat, xalqiga hurmat, o’zi tug’ilgan oilaga izzat bo’lib quyilishini ko’p aytganlar. Alla atamasi olimlarning ta’kidlashlaricha ovutib, uxlatish ma’nosini berar ekan. Ayni chog’da bu so’zning “Alloh”dan olinganligi ham ta’kidlanadi. Alla deyarli hamma xalq og’zaki ijodida bor. Uni ruslar “kolo’belnaya”, gruzinlar “nanina” deb atashadi. Alla qo’shiqlari matnida bir nechta mavzular ifodalanadi: 1)onaning farzand ko’rganiga shukrona keltirishsh; 2) onaning farzandiga baxt-saodat tilashi, uning kelajagi porloq bo’lishini Allohdan so’rashi; 3) o’zining his-tuyg’ularini, ba’zan turmushidan hasrat qilishlarini bayon qilishi. Ammo allaning matnida qanday mazmun ifodalanishidan qat’i nazar farzand ko’rgan ayolning bolasiga bo’lgan muhabbati ustivorlik qiladi Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. O’zbek Bolalar Folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar o’yin qo’shiqlari, erkalama, masxaralama va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bolalar Folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, o’iiniga, qo’shig’iga moslangan bo’ladi. O’zbekistonda Bolalar Folklori namunalari to’plam holida 1932 yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yo’g’rilgan bo’lib, ularda go’dakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit o’z ifodasini topadi. Bolani belash, o’tqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, o’ynatish va ovutishlarda “Toytoy”, “Bordibordi” va boshqa ovutmachoqlar aytiladi. Bolalar qo’shiqlarining ko’plari yil fasllari bilan bog’liq. “Boychechak”, “Oftob chiqtsi olamga”, “Chittigul”, “Laylak keldi, yoz bo’ldi”, “Qurbaqa”, “Qaldirg’och” kabi qo’shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko’chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg’ir yog’ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog’liq. “Bu bog’chada olicha”, “Zuvzuv borag’on”, “Chamandagul”, “Oq sholi, ko’k sholi” va boshqa qo’shiqlar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san’at bilan bog’liq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. O’yinlar ham, qo’shiqlar ham bolalarning aqliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uyg’otadi. O’yinlar Bolalar Folklorining murakkab turi bo’lib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. O’yinlarni kichik yoshdagi bolalar “Choriy chambar”, “Hakkalakam” kabi sanama o’yinidan, katta bolalar “Qushim boshi” degan topishmoqdan boshlaydi. Bolalar bog’chalari, maktablarda o’yinlardan keng foydalaniladi. Bolalar Folklori yosh avlodni intizomli, Jasur, qat’iyatli, qiyinchiliklarni engishga, o’rtoqlariga yordam berishga tayyor bo’lish singari yaxshi sifatlarga ega bo’lib o’sishlariga yordam beradi. Bolalar xalq o'yinlarida amaliy pedagogika, san'at va jismoniy tarbiya asoslari chatishib ketgan. Shunga qaramay, ularning ma'lum qismi so'z asosidagina qurilgan. Shu xususiyatiga ko'ra ulami harakatli o'yinlar va ma'naviy (so'z) o'yinlari tarzida ikki guruhga ajratish mumkin. Harakatli o'yinlarda biror predmet (o'yinchoq) yoki so'z (qo'shiq) hal qiluvchi rol o'ynaydi, ular butun o'yinni boshqaruvchi vosita vazifasini bajaradi. «Chillik» o'yinida chillikdasta va chillik, «Danak yashirish» o'yinida danak — harakatni boshqaruvchi predmet, shularsiz o'yin voqe bo'lmaydi. «Oq terakmi, ko'k terak?», «Boy xotin», «Mehmonmisiz?» va boshqa talay o'yinlarda so'z (qo'shiq) harakatni boshqaruvchi vositaga aylangan. Chunonchi, «Mehmonmisiz? »o'yinida 2 ta qiz bola qatnashadi. Sharga ko'ra, birovi ikkala qo'lining kaftlarini ochgan holda o'rtog'i tomon uzatib turadi. Ikkinchisi esa: Juba-juba, Sochi mayda, Ani tuba. Qo'li belida, Tog'da lola Voy qo'lim-ey, Bir qiz bola, Voy qo'lim-ey, Ko'chaga chiqing. Omonmisiz, esonmisiz? Bir qiz kelyapti. Bugun bizga mehmonmisiz? deb tugatishi zahoti chaqqonlik bilan dugonasining ochiq qo'li kaftlariga o'z qo'li kaftlarini urib tekkizib qochadi. Shunda qizning qo'lini tuta olsa yoki belgilangan marragacha quva turib o'rtog'ini tuta bilsa, o'yin galini olib, endi u qo'shiqni takrorlashi lozim bo'ladi. Bordi-yu tuta olmasa, yana o'zi qo'lini cho'zganicha ochib turaveradi. Ma'naviy (so'z) o'yinlarida so'zning o'zi bosh rolni o'ynaydi. Bunda so'z ma'nosini tuyish, so'z ohangini his qilish, so'zda yashiringan ma'noni belgilar Ifodasi yordamida topish, so'zdagi tovushlar garmoniyasini ilg'ash, tovushning so'zda ma'noni farqlovchi mohiyatni idrok etish mashqlari muhim ahamiyat kasb etadi. Guldur-gup, tez aytish, chandish, topishmoq janrlari ana shunday poetik vazifalarga ega. Guldur-guplar o'zbek bolalari repertuarida keng tarqalgan ma'naviy o'yin. U bolalar oldiga gapirmaslikni, Jim turish shartini qo'yadi. Dim-dim-dim, Yaila: Mushuk o'ldi, O'raga sichqon ko'mdim . Dumi qoldi. Gapirganing og'ziga Kim gapirsa, Bir shapaloq urdim, Uni yeydi. Guldur-guplar bolalarga so'zning qudratini, Insonly munosabatlardagi mas"ulligini, so'z va ish (harakat) uyg'unligini idrok yetishlariga ko'maklashadi, eng muhimi, bardoshlilikka o'rgatadi, irodalarini toblantiradi. Tez aytishlar vositasida bolalar ona tilidagi tovushlar va so'zlami ravon,burro, ochiq talaffuz etishni, tovushlar ohangdorligini, so'zlarning nozik ma'no tovlanishlarini his, va idrok qilish, anglash hamda ilg'ab olishni mashq qiladilar. Shu ma'noda tez aytishlar tovush va so'zlar ustidagi mantiqiy poetik mashqlar hisoblanadi. Tez aytishlar nutq tovushlari alteratsiyasiga asoslangan folklor Janri bo'lib, o'xshash tovushli so'zlar yoki so'z birikmalarining bir nafasda shiddatli aytilishi Jarayonida u yoki bu tovush, u yoki bu so'z talaffuzida chalg'ish yo tutilish natijasida voqe bo'luvchi ma'no oʻzgarish linegizida yuzaga keladi: «Namanganda usta Musa puch pistafurush bor ekan. O'sha usta Musa puch pistafurushning oltmish uch pud puch pistasi bor ekan. Oltmish uch pud puch pistasi bo'lsa ham, o'sha usta Musa puch pistafurush, oltmish uch pud puch pistasi bo'lmasa ham, o'sha usta Musa puch pistafurush». Tez aytishda savdodagi qalloblikni fosh etish, yetakchi motiv: pistaning puchligini ta'kidlovchi «p» va «ch» tovushlari-alteratsiya asosi, tez aytish uchun muddao husni-motivni ifodalovchi vositaga aylangan, alteratsiya, rivojiga turtki beruvchi o'zak ham shu iborada. Muddao husni, aslini olganda, ham she'riy, ham nasriy tez aytishlarda tugun vazifasini o'taydi. Ular motivnigina emas, qaysi tovushni alteratsiyaga solishni, qay so'zni takrorlashni belgilovchi vosita sifatida so'z yoki birikma shaklida namoyon bo'ladi: Qishda kishmish pishmasmish, Pishsa kishmish qishmasmish. Chustda usta Tursunmatning uchta tustovug'i bor. O'sha uchta tustovuq Chustdagi usta Tursunmatning uchta tustovug'imi yoki o'sha Chustdagi usta Tursunmatning uchta tusdagi tustovug'imi? Dastlabki tez aytishda «kishmish» so'zi muddao husni bo'lib. < Chandishlar ham keng tarqalgan ma'naviy o'yinlardan, ular so'zda laqillatish, chandib olish hisobiga, «g'aflatdagi» harifni hushyor torttirish, shu asosda so'zga. so'z ma'nosiga, ohangiga nisbatan sezgirlik reaksiyasini uyg'otish hamda so'z ohangidan hozirjavoblikka shaylash maqsadini ko'zlaydi. Chandishlar so'z o'yini sifatida, M.N.Melnikov nikov to'g'ri ta'kidlaganidek, «bolalarning nimanidir bajara olmaydigan. nimanidir bilmaydigan yoki zarur bo'lganda o'zini tuta olmaydigan tenqurlaridan quvonib kulishlari vositasi» bo'lib xizmat qiladi". Chandishlarning dialog shakli qat'iy bo'lib, ikki bola ishtirokida amalga oshadi. Ular o'ziga xos ilmoqdor va serjilo so'z musobaqasi hisoblanib. bolalarning so'zda bir-birlarini tutishi, chandishi asosida yuzaga keladi, ularga so'zning xilma-xil ohang va ma'no tovlanishlarini kashf etishga, o'zlashtirishlariga yo'l ochadi. Harakatli o'yinlarning turlari va mazmuni. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga mo'ljallangan o'yinlarni quyidagi turlari mavjuddir: 1. Qoidali harakatli o'yinlar. a) mazmunli o'yinlar; b) mazmunsiz o'yinlar 2. Sport o'yinlari. Qoidali harakatil o'yinlarga mazmunli va mazmunsiz o'yinlar kiradi. Mazmunli harakatli o'yinlar hayotiy va afsonaviy epizodlarni shartli shaklda aks ettiradi. Bolalarni ijodiy amalga oshiriladigan o'yin obrazlari jalb etadi. («Chumchuqlar va avtomobil», «Bo'ri va g'ozlar», «Maymunlar va ovchilar...) Mazmunsiz harakatli o'yinlar. Bolalar uchun qiziqarli bo'lgan, tushunarli bo'lgan maqsadga erishishda ularga yordam beruvchi harakatli o'yin topshiriqlardan iboratdir. Ular ham o'z navbatida yugurib o'tish, quylashmachoq tipidagi o'yinlar; musobaqa elementlari mavjud o'yinlar («Kimning zvenosi tezroq saflanadi », «Kim o'z bayroqchasiga tezroq yetib bora oladi...); murakkab bo'lmagan o'yin-estefetalar («Kim to'pni tezroq uzatadi»), buyumlar (typlar, chambaraklar, arg'imchoqlar, keglilar) bilan bajariladigan o'yinlar, harakat mazmuniga ko'ra farqlanadigan o'yinlar (yugurish, sakrash, uloqtirish..... Shuningdek kichik yoshli bolalarga mo'ljallangan o'yin ermaklar («Chapak-chapak», «Shoxli echki»...) ham mavjud. Sport o'yinlari - bularga voleybol, basketbol, badminton, shaharcha, lapta, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Sport o'yinlarida eng avvalo maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinadi, shuning uchun faqat ularbop sodda, biroz harakat texnikasi qoidalari, o'yinni tashkil etishning haqiqiy elementlari tanlanadi. Shu tufayli o'yin omillari katta kishilarda bo'lganidek jismoniy va asabiy zo'riqish uyg'otmaydi. Ayni paytda ular maqsadga intilganlik, o'rtoqlik va ma`suliyat hissini va sportga muhabbatini tarbiyalaydi. Bolalar bog'chalarining katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida sport o'yinlarini o'tkazish mumkindir. Ularda bolalar musobaqasi, o'yin estafetasi elementlari mavjud. Sport o'yinlari harakatli o'yinlarni uyushgan holda o'ynaydigan va harakatli o'yinni mustaqil tashkil etadigan bo'lganda asta-sekin joriy etiladi. Sport o'yinlari harakatli o'yinlardagidan ko'proq o'zini tuta bilishini, uyushqoqlikni, kuzatuvchanlik muayyan harakat texnikasini, harakatining tezkor reaktsiyasini egallashni talab qiladi. Agar harakatli o'yinlarda bolalar ijodiy tashabbus ko'rsatgan xolda turli harakatlardan foydalansalar, sport o'yinlarida harakatlarni bir qadar chegaralanganligi kuzatiladi, bu mazkur o'yinning o'ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi bilan belgilanadi. Sport o'yinlarida qatnashuvchilar soni aniq belgilangan, ularning vazifalari taqsimlangan, o'yin muddati vaqti chegaralangan bo'ladi. O'yinlarni o'tkazish shartlari maxsus tayyorlangan joyni belgilangan maydonchani, tegishli jihoz va Inventarlami talab qiladi. Bolalarning sport o'yinlarini (basketbol, voleybol, tennis) o'ynashi uchun ular to'pni erkin egallash ko'nikmasiga ega bo'lishlari muhimdir. To’p bilan harakat qilish, tutib olish, fazoda to'g'ri mo'ljal olish kabi zarur malakalarni rivojlantiradi. Harakatli o'yinlar har bir yosh guruh uchun tanlashda ulami murakkablashib borishini hisobga olishi lozim. Harakatli o'yinlar bolalarda mushak zo'riqishi: kuchli, o'rtacha, sust harakatchanlik darajasiga qarab bo'linadi. Harakatli o'yin turlari o'z ichiga asosiy, saflanish va umumrivojlantiruvchi mashqlarni oladi. Harakatli o'yinlarni o'zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Biroq variantlar faqat o'yinni rang-baranglashtirish bolalarning unga nisbatan qiziqishini saqlab turish uchungina emas, balki pedagogik vazifalar-harakatlarini takomillashtirish, birmuncha murakkab o'yin harakatlari, qoidalarini bajarishga o'yin vaziyati sharoitining o'zgarishi uchun kerak bo'ladigan jismoniy sifatlarini tarbiyalash uchun ham zarurdir. Ular bolalardan muayyan aqliy va jismoniy kuchni va shu bilan birga o'yinga nisbatan ortib boruvchi qiziqishni talab qiladi. Masalan: «Qopqon» o'yinining bir necha varianti mavjud: To'p bilan o'ynaladigan «Qopqon» o'yini, «Oyoqni yerdan uzib o'ynaladigan «Qopqon o'yini» Shuningdek harakatli o'yinlar variantlarini tarbiyachining o'zi yaratishi mumkin. Bunda u o'z guruhidagi bolalarni aqliy va jismoniy rivojlanganligini hisobga oladi va ularga qo'yiladigan talablarning tobora oshib borishini ko'zda tutadi. Download 33.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling