Referat Reja: Deviant xulq haqida umumiy tushuncha
Salbiy deviant xulq-atvorning turlari
Download 20.03 Kb.
|
Referat Reja Deviant xulq haqida umumiy tushuncha-hozir.org
Salbiy deviant xulq-atvorning turlari
Ular ijtimoiy tizimni buzadi, uning asoslarini barbod qiladi va birinchi navbatda, o‘smirning o‘ziga katta ziyon yetkazadi. Jinoyatchilik chalg‘iydigan hulq-atvorning eng xavfli shakli hisoblanadi hamda individual va ijtimoiy manfaatlar o‘rtasidagi keskin nizoni ifodalaydi. Ichkilikbozlik va giyohvandlik kundalik tashvishlar va hayotdagi qiyinchiliklardan o‘zini chetga olish shakli, ishonchsizlik vositasi hisoblanadi. O‘zini-o‘zi nobud qilish bularning eng og‘ir shaklidir. Bo‘lajak forum arafasida ―Ijtimoiy fikr‖ jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari voyaga yetmaganlar orasida asosial hulq-atvor muammosi bilan shug‘ullanadigan ekspertlar o‘rtasida so‘rov tadqiqoti o‘tkazdi. So‘rab chiqilgan ekspertlarning mutlaq ko‘pchiligining fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda voyaga yetmaganlarning asosial hulq-atvor muammosi bizning jamiyatimiz va umuman mamlakat uchun keskin muammolardan biridir. Voyaga yetmaganlarning deviant hulq-atvori ―katta yoshdagilar‖ning og‘ma hulq-atvori qonuniyatlariga muvofiq emasligini qayd etish zarur. Jumladan, kriminologiya umum tomonidan qabul qilingan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalariga zid bo‘lgan maxsus qadriyatlar tizimi mavjudligi bilan izohlanadi. Va shu sababli jinoyatchilikni, eng avvalo, professional jinoyatchilikni tahlil qilish asosial submadaniyat nazariyasiga asoslanadi. Biroq, voyaga yetmaganlarga tatbiqan bunday yondashuv hamisha ham to‘g‘ri emas. Masalan, ko‘pincha o‘smir sodir etilgan qilmishni inkor etmagan holda, o‘z aybiga iqror bo‘lmaydi yoki o‘zi prinsip jihatidan inkor etmaydigan huquqiy taqiqni buzadi. O‘tkazilgan so‘rov ushbu qoidani tasdiqladi. So‘rab chiqilgan ekspertlar o‘smirning deviantiv gururhga tushib qolishi ko‘pincha “vaziyat va do‟stlarining ta‟siri ostida”, “o‟zi o‟sayotgan muhit ta‟sirida” ongsiz ravishda yuz berishini va u “uni nima jalb etayotganligini tushunmasligini” qayd etishadi. Gap shundaki, o‘smir yoshida bola oila va maktabdan vaqtincha ruhiy yiroqlashadi, shaxsning shakllanishida oila va maktabning ahamiyati pasayadi, ayni chog‘da tengdoshlarining ta‘siri kuchayadi. Ko‘pincha u qaysi tomonda - rasmiy jamoami yoki norasmiy muomala guruhi tarafida bo‘lishni tanlashi kerak bo‘ladi. Shu sababli bunday sharoitlarda ota-onalar va o‘smirning eng yaqinlari o‘z bolasining muammolari va qiziqishlariga e‘tiborliroq munosabatda bo‘lishlari, o‘smirda yuz berayotgan nomaqbul va salbiy o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishlari muhimdir. Guruh normalarida rolning talablaridan chetga chiqadigan hulq-atvor uning paydo bo‘lishi nuqtai nazaridan qiziqish uyg‘otadi. Asosial hulq-atvorni o‘rganish tarixi uni tushunishning xilma-xil va prinsipial farq qiladigan tendensiyalariga boy. Ayrim tadqiqotchilar ekzogen sabablarni (―hech kim jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi‖), boshqalari chalg‘ish genetik jihatdan ―dasturlashtirilgan‖ endogen sabablarni ko‘rsatadilar. Ilmiy bahslar shaxsning hulq-atvori, odatda, ham endogen, ham ekzogen omillar chalg‘uvida belgilanishini tushunishga olib keldi. Ekspertlarning voyaga yetmaganlarning deviant hulq-atvorli guruhga tushib qolishining asosiy sabablari haqida fikrini umumlashtirib, tavakkalchilikning besh omilini ajratib ko‘rsatish mumkin. Biologik omillar. Bolaning ijtimoiy moslashishini qiyinlashtiradigan, uning organizmining noxush fiziologik va anatomik xususiyatlari mavjudligidaifodalanadi. Psixologik omillar. Unga bolada psixopotologiya yoki xarakter ayrim belgilarining aksentuasiyasi (haddan tashqari zo‘riqish) qo‘shiladi. Bunday chetga chiqishlar asab-ruhiy kasalliklarda, psixopatiyada, nevrastaniyada, asab tizimini qo‘zg‘aydigan va o‘smirning nojoiz munosabatda bo‘lishga olib keladigan chegara holatlarida ifodalanadi. Bola rivojlanishining har bir mbosqichida ayrim psixik sifatlar, shaxs va xarakter belgilari shakllanadi. Ruhshunoslarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘smirda psixika rivojlanishining ikki jarayoni kuzatiladi: o‘zi yashayotgan sosial muhitdan chetlanish yoki u bilan muomalaga kirishish.Agar bola oilada ota-onaning erkalashi, muhabbati e‘tiboridan kamchilik sezsa, bunday holatda chetlashish himoya vositasini o‘taydi. Download 20.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling