Referat risk va bank riski tushunchalari Tayyorladi: Boltayeva A


Xususiy fikr: Risk bu tarixan xavf-xatarni bildirib, bugungi kunda


Download 355.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana08.01.2022
Hajmi355.25 Kb.
#248530
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
risk va bank riski tushunchalari

Xususiy fikr: Risk bu tarixan xavf-xatarni bildirib, bugungi kunda 

(iqtisodiy sohada) ijobiy natijaga erishishni ko’zlagan xo’jalik yurituvchi 

subyektning noaniqlik  sharoitidagi harakatini ifodalaydi. 

 

Bank riski 

1. Risk barcha tijorat faoliyati, shu jumladan, bank faoliyatining ham 

ajralmas qismidir. 

Moliyaviy risklar bu iqtisodiyot subyekti faoliyatiga ta’sir qiladigan ichki va 

tashqi omillar natijasida xarajatlarning asossiz ko’payishi, daromad kamayishi, 

foydaning tushishi, zararlarning paydo bo’lishi, kapital kamayishi, o’z 

majburiyatlarini bajara olmaslik kabi jarayonlarning real yuzaga kelish 

ehtimolidir.

16

 



 

Moliyaviy risklarga berilgan ushbu ta’rifda risk salbiy natija ehtimoli 

sifatida talqin qilingan. Vaholanki, harakatdan ijobiy natija ko’zlangan. Shu 

                                                           

13

 

Y.Abdullayev, Bank ishi, O’quv qo’llanma, T.: Iqtisod-Moliya, 2010-yil, 532 b. (403-bet)



 

14

 



Банковские риски : учебное пособие / кол. авторов ; под ред. д-ра экон. наук, проф. О.И. 

Лаврушина и д-ра экон. наук, проф. Н.И. Вален цевой. - М.: КНОРУС, 2007 - 232 с (10 стр)

 

15

 



Кузнецов В. Измерение финансовых рисков / / Банковские технологии. 1997. 

№ 7. С. 76. 

16 А.М. Тависев, Банковское дело: Управление и технологии, М.: Юнит, 2005 г. 671 с     

(172 стр.)

 



nauqtai nazardan riskni salbiy natija ehtimoli deb ta’riflash har doim ham to’g’ri 

bo’lavermaydi. 

 

2. Bank riski – boshqaruv va qarorlar qabul qilishda bank tomonidan 

qo‘llanilgan axborotning noaniqligi tufayli yuzaga kelgan holat.

17

 

 



Bu ta’rifda bank riski boshqaruv qarorlari bilan bog’lab ko’rsatilgan. Lekin 

uning qanday natijalarga olib kelishi muhim. Shu sababli ta’rifni yanada aniq qilib 

ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi.  

 

3. Bank riski – kredit muassasasi tomonidan amalga oshiriluvchi bank 

operatsiyalari xarakteridan kelib chiquvchi zarar ko‘rish xavfi.

18

 



 

Ushbu ta’rifda esa bevosita bank operatsiyalariga murojaat qilingan. Biroq 

risk natijasi faqat zarar ko’rish emas, balki ko’zlangan daromadni ololmaslik, 

aktivlarning kamayishi yoxud biror bir imkoniyatning boy berilishi ko’rinishida 

ham namoyon bo’ladi. 

 

4. Bank riski – bu kutilmagan noqulay jarayonlar tufayli bankda yo’qotishlar 

bo’lishi va (yoki) uning likvidliligining tushib ketishidir.

19

 



 

Muallif bank risklarini kutilmagan yo’qotishlar va likvidlilikning 

yomonlashuvi bilan bog’lab tushuntirgan. Darhaqiqat likvidlilik riski bank risklari 

orasida muhim o’rinni egallaydi. Biroq yo’qotishlar kutilmgan jarayonlar tufayli 

emas, balki to’g’ri baho berilmagan, noaniq jarayonlarning amalda sodir bo’lishi 

bilan ko’p jihatdan bog’liq. 




Download 355.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling