Referat tayyorlagan mavzusi: Internet servise O’qtuvchi: Karimov. S talaba: Xoshimov. Q


Download 0.7 Mb.
bet5/10
Sana18.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1209868
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xoshimov.Q

Ilk elektron xabar


Birinchi elektron xabar dasturchi va elektron pochta ishlab chiqaruvchisi Rey Tomplinson tomonidan tuzilgan. U ARPANET dasturchisi bo‘lgan va e-mail orqali ma'lumot yetkazish serverini ishlab chiqqan. 1971 yilda dunyodagi birinchi elektron xabar yo‘llangan.

Rey Tomplinson

Oradan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, elektron pochta interfeysida katta o‘zgarishlar kuzatilmagan va u o‘zining asosiy vazifasini bajarishda davom etmoqda. Faqat elektron pochta funksionali kengaygan, masalan, matnli xabarga fayllarni biriktirish funksiyasi paydo bo‘lgan.


Birinchi sayt


Dunyodagi eng birinchi sayt 1991 yilning 6 avgustida paydo bo‘lgan, u Tom Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Sayt axborot matnli veb-sahifa ko‘rinishida bo‘lib, unda grafiklar bo‘lmagan.




Tom Berners-Li
Biroq bu veb-sahifa tufayli 90-yillar interfeysi bilan tanishish hamda saytlarning ichki va tashqi mazmunida erishilgan o‘zgarishlarni sezish imkoni paydo bo‘ldi.
Internet rivojanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham). 80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Internetdan foydalanuvchilar soni, mas, AQSH da 55 mln., Xitoyda 55 mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani
egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-provayder roʻyxatga olingan. Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda (2002).[1]
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling