Referat tekshirdi: Xolimtayeva Ikbola Ubaydullayevna


Download 64.9 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi64.9 Kb.
#1829279
TuriReferat
  1   2   3   4   5








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITI


Komyuter injinerligi fakulteti 214-22 gurux talabasi: Mavlonbekov Qobilbek

REFERAT
Tekshirdi: Xolimtayeva Ikbola Ubaydullayevna


Toshkent-2023

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar


Reja:

  • Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy meyoriy-huquqiy hujjatlar tahlili.

  • Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari.

  • Enigma shifrlash mashinasi va uning bardoshligi

  • Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlashda antivirus, IDS, IPS, TE vositalarining o‘rni.

  • Zararli dasturiy vositalarni klassifikatsiyasi va himoya usullari




Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili.

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarining ajralmas qismidir. Iqtisodiyot tarmoqlarining o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili — mamlakat kiberxavfsizligini ta'minlashdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo'nalish doirasida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish belgilangan. Xususan, 2020 — 2023 yillarga


mo'ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani, “Kiberxavfsizlik
to'g'risida” gi qonun loyihasini hamda O'zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqish belgilandi.
Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi. Ta'kidlash joizki kiberxavfsizlik sohasiga tegishli bo'lgan 17 ta qonun hujjati, 9 ta Prezident Farmon va Qarorlari, 14 ta Vazirlar Mahkamasining Qarori, shuningdek tegishli normalar va ko'plab idoralararo me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ochiq ma'lumotlarga ko'ra 2019 yilda «UZ» milliy domen zonasida ro'yxatdan o'tgan domenlar soni 74 mingtadan oshdi. Xususan, Adliya vazirligiga O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) va Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz) singari yirik axborot resurslari tegishli. Ma'lumot uchun: Kiberxavfsizlik bo'yicha xalqaro global reyting ABI Research va XEI ning qo'shma loyihasi bo'lib, indeks davlatlarning kiberxavfsizlik sohasidagi ishtiroki darajasini baholash imkonini beradi. Bunda majburiyatlar darajasi besh sohada baholanadi: huquqiy choralar, texnik choralar, tashkiliy choralar, salohiyatning rivoji va xalqaro hamkorlik. Kiberxavfsizlik bo'yicha global reytinglarda 2020 yil sarhisobiga ko'ra O'zbekiston Milliy kiberxavfsizlik indeksi (National Cyber Security Index) da 90 o'rinda, Global kiberxavfsizlik indeksi (Global Cybersecurity Index) da 52 o'rinda, AKT rivojlanganlik indeksi ( ICT Development Index) da 95 o'rinda.

Download 64.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling