Referat turlari Fan nomi: akademik yozuv Guruh : 972-21


Download 11.82 Kb.
bet2/5
Sana28.10.2023
Hajmi11.82 Kb.
#1730377
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat turlari Fan nomi akademik yozuv Guruh 972-21-kompy.info

- Tanlangan mavzu bo’yicha turli adabiy manbalarni (monografiyalar, davriy matbuotdagi maqolalar va shu kabilar) o’rganish mahoratini takomillashtirish va ularni tanqidiy tahlil etish asosida materialni mustaqil va savodli bayon qilish, dalillangan xulosalar chiqarish va takliflar berish. - Yozma ishni to’g’ri rasmiylashtirish malakalarini rivojlantirish.


  • Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o’zlashtirib olishdan iborat bo’lib qolmasligi, ya’ni ko’chirmachilik va kompilyasiya mahsuli bo’lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo’lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.

  • Referat ( lot. Refero - axborot beryapman) - biror ilmiy asar, maqola, o'qilgan kitob va shu kabi mazmunining qisqacha Yozma yoki og'zaki bayoni; o'rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot; tegishli adabiyot va boshqa manbalardan olingan sharxli tahlilini o'z ichiga olgan maʼlum mavzudagi maʼruza.

  • Referat, manba, ilmiy axborotni o'taydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, ilmiy ilmiy tadqiqotlar, ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinishi va tanqid qilinishi mumkin. O'zbekistonda referat maktab ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, umumiy taʼlim maktablarida ko'p qo'llanmalar didaktik vositadir. Umumiy o'rta taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o'quvchilari hamda oliy o'quv yurtlari talabalarining fakultativ mashg'ulotlardagi maxsus axborotlari ham referat emas. Dissertatsiya olingan referat (avtorferat) da dissertatsiyaning asosiy mazmuni va natijalari ifodalanadi

  • Davlat standartiga asosan, referat - hujjatning mazmuni, asosiy faktik ma'lumotlar va mahsulotlarning, muallifning qo'shimcha izohlashi yoki tanqidisiz, lo'nda ifodasidir

  • referat rejasini tuzish

  • Referat rejasi quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: • kirish, • asosiy qism, • xulosa, • foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, • ilovalar (referatning shart bo’lmagan qismi).

  • Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko’rilishi lozim bo’lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yo’nalish olishga imkon beradi, uning to’g’ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta’minlaydi. Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o’ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g’oyat muhim shartidir. Referatning asosiy qismi o’zining lo’nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.

Download 11.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling