Referat xalqaro hisob-kitoblar banki reja
Rubl hududidan chiqish sanasi (asosiy, oraliq valyutaning joriy etilishi)
Download 86.07 Kb.
|
Xalqaro hisob-kitoblar banki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estoniya 1992 yil iyun (krona)
- Latviya 1992 yil iyul (latviya rubli)
- Ozarbayjon 1992 yil avgust (manat)
- Litva 1992 yil oktyabr (litva taloni)
- Ukraina 1992 yil noyabr (karbovanes)
- Qirg’iziston 1993 yil may (som)
- Gruziya 1993 yil avgust (kupon)
- O’zbekiston 1993 yil noyabr (so’m-kupon)
- Armaniston 1993 yil noyabr (dram)
- Qozog’iston 1993 yil noyabr (tenge)
- Moldova 1993 yil noyabr (ley)
- 1995 yil may (tojik rubli) Tojikiston
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlarning muomalada bo’lish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida O’zbekiston Respublikasi hududida 1993 yil 15 noyabrda muomalaga chiqarilgan, qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 bo’lgan so’m-kuponlar qonuniy to’lov vositasi hisoblanishi belgilab qo’yildi. Bunda Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi barcha qiymatdagi banknotlari dastlabki davrda O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlar bilan bir qatorda cheklovlarsiz to’lov vositasi sifatida qabul qilindi. Shu tarzda 1993 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi uch turdagi pul birligi muomalada bo’ldi: so’m-kuponlar, sobiq SSRI Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo’lgan kupyuralari va Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi kupyuralari. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 aprelda qabul qilingan "Pul muomalasini mustahkamlash va so’m-kupon harid qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori pul muomalasini barqarorlashtirish, so’mning harid qobiliyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda muhim tadbir bo’ldi. Ushbu qarorga muvofiq 1994 yil 15 apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida Rossiya banki banknotlarining muomalada bo’lishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularni turli to’lovlarga qabul qilinishi taqiqlab qo’yildi. Respublika hukumati tomonidan ko’rilgan choralar natijasida pul muomalasi va iste'mol bozoridagi salbiy jarayonlar to’xtatildi, to’liq qimmatli milliy valyutani joriy etish uchun sharoitlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 122-moddasi va "O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida"gi qonunning 11-moddasi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952-HI sonli qaroriga muvofiq 1994 yilning 1-iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi bo’lgan milliy valyuta - "so’m" muomalaga kiritildi. O’zbekiston Respublikasining milliy pul birligi "so’m" 1994 yilning 1-iyuligacha muomalada yurgan so’m-kuponlar o’rniga denominatciya yo’li bilan 1000:1 nisbatda muomalaga kiritilgan. 1994 yilning 1-iyul holatiga "so’m"ning AQSh dollariga nisbatan kursi 7 so’mni tashkil etgan edi. 1994 yil iyul oyi davomida respublika hududida yangi pul belgilari ham, so’m-kuponlar ham belgilangan nisbatda to’lovlarning barcha turlarida hech qanday cheklovlarsiz qabul qilindi. 1994 yilning 1-avgustida 1 AQSh dollari 11 so’mga teng edi. Mavjud valyuta bozorini kengaytirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining savdo-sotiq va hisob-kitoblar sohasida turli chora-tadbirlarni qabul qilishni ko’zda tutuvchi 1994 yil 4 oktyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori ushbu jarayonning muhim bosqichlaridan biri bo’ldi. Ushbu qarorga binoan 1994 yil 15 oktyabrdan boshlab, respublika hududida O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo’lgan yuridik hamda jismoniy shaxslar o’rtasidagi barcha to’lov va hisob-kitoblar faqat milliy valyuta - so’mda amalga oshirilishi lozim edi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 7 maydagi 842-XI raqamli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi hududida valyuta munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi "Valyutani tartibga solish" qonuni amal qila boshladi. Respublikada kechayotgan erkinlashtirish jarayonlari va 2003 yilda valyuta borasidagi bir qator cheklovlarning bekor qilinishi natijasida ushbu qonunning yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003 yilning 11-dekabrida tasdiqlandi. 1992 yil 19 oktyabrdagi 14-raqamli xat bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki "O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining valyuta almashtirish shahobchasi haqidagi Nizomni" muomalaga kiritdi. 1994 yil 18 aprelda 45-raqamli "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutada olingan tushumning bir qismini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotuv Tartibi" va 47-raqamli "Korxonalar tomonidan SSRI tarkibiga kirgan davlatlar sub’ektlari bilan savdo operatsiyalardan (bajarilgan ishlar, xizmatlar) olingan tushumning bir qismini majburiy sotuv Tartibi" qabul qilingan. 1995 yil 27 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasi milliy pul birligining ichki konvertatsiyasi xususiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga asosan "so’m"dagi mablag’larni erkin muomalada yuradigan valyutalarga konvertatsiya qilish tartibi kiritildi. O’zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlarini erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirsh borasida quyidagi hujjatlar qabul qilingan:
Download 86.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling