K I R I SH
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish
ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar, «Inson shaxsini, uning yuksak ma’naviy
fazilatlarini kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy merosimiz
hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat-e’tibor, mustaqil Vatanimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash
talablari oldimizga muhim vazifalarni qo’ymoqda» deb alohida ta’kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi
navbatda kelajakning bunyodkorlari bo’lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo’lib
o’z yurti va halqiga sitqidildan mehnat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat
qilishga o’rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o’z Vatani manfaatlariga g’oyat
sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishini taqozo etadi.
Hozirgi kunda psixologiya fani sir-asrorlarini har bir o’quvchi uchun zarur bo’lgan jihatlarini,
chunonchi: psixologiyaning boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi, hamkorligi, bog’liqligini;
psixologiyaning zamonaviy yo’nalishlari va tarmoqlarini; shaxsni psixologik diagnostika qilish usullarini;
shaxs va jamiyat munosabatlarini uyg’unligini; shaxs faoliyati va hatti-harakati motivlarini; faoliyati
turlarini; shaxsda kuzatiladigan psixik jarayonlar: sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayolni bilish va
ularni boshqarish qonuniyatlarini qo’llay olishni; shaxsdagi qobiliyat, xarakter va temperament kabi
individual psixologik xususiyatlarning shaxs faoliyati va hayotidagi tutgan o’rnini; shaxsning turli yosh
davrlarga bog’liq xususiyatlarini; shaxsning muloqot jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning
guruhga va o’z navbatida guruhning shaxsga ta’sirini; o’quv va tarbiya jarayonida qo’llash mumkin
bo’lgan samarali usullarni bilish, o’rganish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |