Referat yozib platformaga joylash. Azaldan Vatanni ulug`lab, uning uchun jonini fido qilgan


Download 34.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi34.25 Kb.
#210873
TuriReferat
Bog'liq
Mustaqil ta 1 d01e66b0a4898f7d6ef7179133500b07



Mustaqil ta`lim barcha 1 –bosqich talabalariga 

 

 



 

Mavzu: “Mening maxallam- mening faxrim” mavzusida 

referat yozib platformaga joylash. 

 

 



Azaldan Vatanni ulug`lab, uning uchun jonini fido qilgan 

ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz bizga yurtni sevishni, uni 

ardoqlashni  o`rgatib kelishgan. Shuning uchun ham 

Vatan ona so`zi bilan  doim  birga qo`llanadi. Vatanim – 

onam... 

  Shu Vatan ichra vatanim deya ulg`laganim esa mening 

mahallamdir. Vatanim mening uchun barcha ezgu 

ishlarga undovchi ostonam bo`lsa, mahallam qo`llaguvchi 

hamdamimdir. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, 

“Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla 

tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat 

boshqaruvidagi o`rni va maqomi belgilab qo`yilgan”. Bu 

maqom  hali-haligacha o`z o`rnini saqlab, kundan kunga 

yuksalib boryapti.  Birgina bizning mahallamiz misolida 

oladigan bo`lsak,  barcha kishilar ahil, inoq yashashadi. 

Bu, albatta, mahalladoshlarimizning birdamligidan. 

Barcha insonlar holidan, ayniqsa, keksalarimiz, mehrga 

muhtoj kishilasrni tez-tez yo`qlab, ularning yumushlariga 

biz, mahallamiz bolalari, qizlar  yordamlashib, og`irlarini 

yengil qilamiz. Ularning arzimaz yumushlarni 

bajarganimizda uzundan uzoq duo qilishlari, avvalo, 

yurtimizga tinchlik tilashlari meni doim to`lqinlantiradi. 

Axir  shu emasmi buyuk baxt. Axir shu emasmi kelajakka 

ishonch. Azaldan xalqimizda “Oltin olma duo ol, duo 




oltin emasmi” maqoli bejizga  aytilmagan. Bu oltinga 

teng  duolar bizlarni katta-katta marralarga undaydi. Har 

gal vatanimiz yoshlarining fan va sport sohasida erishgan 

yutuqlari, qo`lga kiritgan medallari haqida eshitganimda 

yoki ko`rganimda  qalbim hayajonga to`lib, ko`zimda 

yosh aylanadi. Keksalarimizning qilgan duolari ijobatini 

ko`rgandek bo`laman. 

      Biz, yurt farzandlarining bunday marralarga erishishi 

uchun  oilamizda, mahallamizda berilayotgan e’tiborning 

samarasi deb bilaman. Oilalamizda  keksa bobolarimiz 

har bahor yoshgina nevaralarini yetaklab ko`chak ekish 

uchun bog`ga yo`l oladilar. Bu oddiy odat zamirida 

qanchadan qancha ma’no bor. Yosh go`dak jajji qo`llari 

bilan niholni ushlab, bobosining qilayotgan harakatlarini 

kuzatib turadi. Bu orqali uning qalbiga ko`chak bilan 

birgalikda ezgulik urug`i qadaladi. U bolakay 

ulg`ayganda ham yoshligida o`rgangan odatini har bahor 

takrorlayveradi. Buvilarimiz keksa bo`lishlariga qaramay 

qo`llariga igna-ip olib kashtalar tikishadi. Yoshgina jajji 

qiz nevaralari esa ularning atroflarida  girdikapalak bo`lib, 

tikishga urinishadi. Bu oddiygina urinish ulardagi 

fazilatlar eshigini ochadi. Qizlarimiz qo`liga igna olishi 

bilan sabr atalmish yuksak tuyg`uni o`zida shakllantirib 

boradi. Sababi, kashtachilik, tikish-bichish kishidan 

alohida mehr, sabr-toqatni talab qiladi. Shu birgina ish 

bilan buvilarimiz bizlardagi hayot mashaqqatlari oldida 

sabrimizni mustahkamlashni o`rgatadilar. Shunday 

yuksak odatlarni ko`rganimda beixtiyor yurtboshimizning 

aytgan so`zlari qulog`im ostida jaranglaydi: “Azaldan 

o`zbek mahallasi milliy qadriyatlar maskani bo`lib 

kelgan. O`zaro mehr- oqibat, ahillik va totuvlik, 



ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar 

olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to`y-tomosha, 

hashar va ma’rakalarni ko`pchilik bilan bamaslahat 

otkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga 

bo`lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar, 

avvalombor, mahalla muhitida shakllangan va 



rivojlangan” 

Download 34.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling