Referati 2022-2023 Mavzu: Biznes (tadbirkorlik) huquqi subyektlari Reja: Biznes


Download 411.76 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi411.76 Kb.
#1260521
TuriReferat
Bog'liq
15 guruh iqtisod Rahmonova Zuba6da






NAVOIY INOVATSIYALAR INSTITUTI
IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BUYICHA)
YUNALISHI 1-BOSQICH TALABASI
TOSHBOTIROVA SARVINOZNING
BIZNES HUQUQI FANIDAN YOZGAN


REFERATI
2022-2023

Mavzu: Biznes (tadbirkorlik) huquqi subyektlari
Reja:

1. Biznes (tadbirkorlik) huquqi subyektlari tushunchasi

2. Biznes huquqi subyektlarining turlari

3. Biznes huquqi subyektlarini tashkil etish va tugatish

4. Biznes yurituvchi subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Biznes (tadbirkorlik) huquqining subyektlari, bu — Biznes (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan shaxslardir. Biznes(tadbirkorlik) faoliyati subyektlari tushunchasi va maqomini aniqlash uchun «huquq subyekti» va «fuqarolik huquqi subyekti» tushunchalarining mohiyatini chuqur anglab olish lozim bo‘ladi. Huquq subyekti keng huquqiy kategoriya hisoblanib, uning tarkibiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari kiradi. O‘z navbatida, har bir huquq tarmog‘ining o‘z subyektlari (davlat huquqida — saylovchilar va saylanuvchilar, mehnat huquqida — ish beruvchi va xodim, moliya huquqida —soliq to‘lovchi va soliq organi, jinoyat protsessual huquqida — surishtiruvchi, tergovchi, gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum va h.k.) bo‘lganidek, Biznes huquqining ham o‘z subyektlari bor.


Fuqarolik huquqining barcha subyektlari fuqarolik huquqi fanida yagona «shaxslar» degan umumiy nom bilan ifodalanadi1. «Shaxslar» ham, o‘z navbatida, uch guruhga bo‘linadi:
· birinchisi fuqarolar (jismoniy shaxslar) bo‘lib, u o‘z ichiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni oladi;
· ikkinchisi yuridik shaxslar bo‘lib, u o‘z ichiga foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) larni oladi va bunday tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi, chet el yoki aralash (qo‘shma) korxonalar shaklida bo‘lishi mumkin;
· uchinchisi davlat bo‘lib, u alohida subyekt sifatida bevosita o‘z nomidan, shuningdek, uning nomidan ma’muriy-hududiy tuzilmalar yoki davlat organlari ishtirok etishlari mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik huquqiy munosabatlarda tadbirkor sifatida, shuningdek, bunday maqomga ega bo‘lmasdan ham ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun fuqarolik huquqi subyektlari bir vaqtning o‘zida ham Bizneshuquqi, ham tadbirkorlik huquqi subyektlari hisoblanishi mumkin, ammo Biznesva tadbirkorlik huquqi subyektlari bir-biridan farq qiladi. Farq shundaki, tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda subyekt har doim tavakkal qilib, o‘z javobgarligini zimmasiga olib, foyda olishni maqsad qilgan holda faoliyat yuritadi, Bizneshuquqi subyektlari esa Biznes yuritish, xo‘jalikni boshqarish bilan bog‘liq va iqtisodiyotning davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarini tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar Biznes huquqining subyekti bo‘lib faqatgina sotsialistik tashkilotlar va ularning bo‘linmalarigina bo‘lishi mumkin edi, ammo fuqarolarning xususiy Biznes faoliyat yuritishlari man qilingan edi.
O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18 yilligiga bag‘ishlangan majlisda so‘zlagan «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish — taraqqiyotimizning muhim omilidir» nomli ma’ruzasida: «Biz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab, mamlakatimizning kelajagini, davlatimiz va jamiyatimizning siyosiy-ijtimoiy qurlishini belgilashda, birinchi navbatda, Konstitutsiyamizni ishlab chiqish va tasdiqlashda mulk va mulkiy munosabatlar haqidagi prinsiðial masala doimo e’tiborimiz markazida bo‘lganini ta’kidlash lozim. Aynan shuning uchun ham mamlakatimizning ko‘p ukladli iqtisodiyoti tarkibida davlat mulki, korporativ va xusisuy mulkning tengligini e’tirof etgan holda Konstitutsiyamiz va qonunchiligimizda xususiy mulk ustuvorligi mustahkamlab qo‘yildi va uning ishonchli konstitutsiyaviy kafolatlari ta’minlandi.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘zining iqtisodiyotimizdagi o‘ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo‘nalish o‘rnini bosolmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o‘rin egallaydi.
Mustaqillik yillaridagi taraqqiyotimiz misolida shuni hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bu sohani rivojlantirmasdan, unga tegishli ko‘mak va rag‘bat bermasdan, zarur imkoniyat, imtiyoz va preferensiyalar yaratmasdan turib, biz iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz».
Haqiqatan, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq holda xususiy sektorning rivojlanishiga keng yo‘l ochib berilmoqda, buning natijasida esa Biznesfaoliyatida tadbirkorlik keng qanot yoymoqda. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarni Biznesmunosabatlarining subyektlari deb tan olinishiga olib keldi, ammo bu har qanday fuqaro ham Bizneshuquqining subyekti bo‘lishi mumkin, degan so‘z emas, balki bu yerda gap faqat Biznes faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor fuqarolar ustidagina bormoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Bizneshuquqining subyektiga quyidagicha tushuncha berish mumkin. Biznes huquqining subyekti, bu — Biznes (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshiruvchi, o‘zining mulkiga, Biznes huquq va majburiyatlariga ega bo‘lgan, o‘z faoliyati yuzasidan mustaqil da’vogar va javobgar bo‘la oladigan va o‘zining huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan (yuridik shaxs maqomini olgan) turli mulk shakllariga mansub korxonalar va ularning tuzilmalari hamda yakka tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan fuqarolar hisoblanadi.
Biznes huquqining subyektlari tushunchasidan uning o‘ziga xos belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Biznes huquqi subyektining eng asosiy belgisi, bu uning o‘z mol-mulkiga ega bo‘lishidir. O‘z mol-mulkiga ega bo‘lishning huquqiy shakli — mulk huquqidir.
Ba’zi Biznes yurituvchi subyektlar (masalan, unitar korxonalar, davlat korxonalari) o‘z mol-mulkiga ega bo‘lmasdan ashyoviy huquq asosida (Biznes yuritish, operativ boshqarish huquqi) o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka ega bo‘lishlari mumkin.
Mulk huquqi uning sohibiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, shuningdek, tashkil etilgan korxonaga rahbarlik qilish, ularning faoliyatini amalga oshirish shartlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Mulkdor bo‘lishlik, mulkdorning shu mulkka nisbatan huquqlari shakliga ham ko‘p jihatdan bog‘liq, xususan, Biznes yuritish huquqioperativ boshqarish, ijara huquqi, ichki Biznes yuritishga egalik huquqi paydo bo‘lmasdan turib, Biznes huquqi subyektining vujudga kelishi va taraqqiy etishi mushkul. Shaxs mulkiy baza bo‘lgan taqdirdagina subyekt tashkil etishga intilib, iqtisodiy manfaatdorlikka erishishga harakat qiladi va rivojlanadi.
Foyda ko‘rish maqsadida, tavakkal qilib tovar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) bilan shug‘ullanish ixtisoslashgan faoliyatga aylangan taqdirdagina bunday faoliyatning ishtirokchilarini tadbirkorlar deb hisoblash mumkin. Agar, fuqaro bunday harakatlarni alohida hollardagina (vaqt-vaqti bilan) foyda ko‘rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymay amalga oshirgan taqdirda, masalan, o‘zidagi ortiqcha qishloq Biznesmahsulotlarini yoki keraksiz bo‘lgan boshqa ashyolarni sotishi yoki ishlarni bajarib berish uchun shartlashib va u bajarilganligi uchun haq olinadigan bo‘lsa, bunday faoliyatni tadbirkorlik faoliyati deb bo‘lmaydi, chunki bu kabi munosabatlar fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Shuningdek, bank muassasalariga foiz olish maqsadida jamg‘arma qo‘ygan fuqarolar, qimmatli qog‘ozlar sotib olgan shaxslar ham tadbirkorlar hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi «Òadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy Biznessudining 2000-yil 28-apreldagi «Òadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qonunchilikni qo‘llash sud amaliyoti to‘g‘risida»gi 2-qaroriga ko‘ra, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shu jumladan, chet el fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlaridir. Òadbirkor yuridik shaxsni tashkil etgan holda yoki tashkil etmasdan ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)dir.
Biznes huquqi subyektlarining asosiy belgisi ularning davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishligi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muayyan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari uchun albatta ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lishlari lozimligi talab etiladi.
Biznes huquqi subyektlarini yana bir belgisi bilan boshqa subyektlardan ajratish mumkin. Bu ularning Biznes huquq va majburiyatlariga ega bo‘lishligidir. Bunday huquq va majburiyatlarning doirasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan hamda ularga muvofiq qabul qilingan mazkur Biznes yurituvchi subyektlarning ta’sis hujjatlari bilan aniqlanadi.
Biznes huquqi subyektlarining navbatdagi belgisi shuki, ular o‘z faoliyatlari uchun mustaqil javobgar hisoblanadilar. Javobgarlik uning o‘z mol-mulki doirasida amalga oshiriladi.
Biznes huquqi subyektlari o‘z faoliyatlariga o‘zlariga tegishli mol-mulk doirasida javobgar bo‘lishlari bilan birga, o‘zlarining buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatiga ega ekanliklari to‘g‘risidagi qoidalar qonun hujjatlarida mustahkamlangan.
Download 411.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling