boshqaruv organlarining saqlashga, milliy ahamiyatga ega bo‘lgan xalq xo‘jaligi tarmoqlarini
qo‘llab-quvvatlashga, alohida hududlarning ijtimoiy, iqtisodiy va rivojlanish darajalarini
tenglashtirishga, atrof-muhit muhofazasiga, fundamental izlanishlar va fan-texnika progressini
qo‘llab-quvvatlashga safarbar etiladi.
Bularning barchasi, moliyaning mazkur bosqichda ijtimoiy takror ishlab chiqarish
elementlari - moddiy boyliklar, ishchi kuchi va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab
chiqarishga ta’sir qilishining muhim qurollaridan biriga aylanishini isbotlaydi.
Konkret iqtisodiy va siyosiy sharoitlar, davlatning roli va tabiatiga bog‘liq holda moliya
deyarli bir xil institutlarga ega holda, ko‘pincha sifat jihatidan turli mazmunga ega bo‘ladi. Misol
uchun, yaqin vaqtgacha dunyoda ikki siyosiy va iqtisodiy tizim amal qilib keldi. Hozirgi kunda esa,
fan-texnika taraqqiyoti davlatlarni taraqqiyot darajasiga ko‘ra farqlanishini keltirib chiqardi.
Yuqoridagi aytilganlardan kelib-chiqib, moliyaga yana ham kengroq ta’rif berish mumkin.
Moliya - bu davlatning o‘z vazifa, funksiyalarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish sharoitlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul
fondlarini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan, davlat tomonidan tashkil qilinadigan pul
munosabatlari yig‘indisidir.
4. Moliyaning funksiyalari
Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi
turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy
kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar,
mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash
kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |