Referati bajardi: Meliyeva Robiyaxon Qabul Jumanazrovich j rejja
Download 42.79 Kb.
|
Individd
Guliston davlat Pedagogika Instuti Xorijiy til va Adabyoti va ingliz tili yo’nalishi yo'nalishi 9-22 guruh talabasi Meliyeva Robiyaxon Psixologiya fanid tayyorlagan REFERATI Bajardi:Meliyeva Robiyaxon Qabul Jumanazrovich J Rejja
2 Ijtimoiy birlik (butunlik) 3 Hozirgi zamon shaxs nazariyalaridagi asosiy g‘oyalar Individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «boiinmas», «alohida», yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ bilogik turga kiruvchi alohida tirik Mavjudotdir.Shaxsning shakilanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘Iib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs hakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o‘zining xususiyati. qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari boMib. mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon boMadi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi. Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak? — degan savolning tugMlishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi, shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan oinillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsning rivojlanishida faoliyatinig o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim.Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Rivojlanish – shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning takomillashuvini namoyon etadigan jarayon bo‘lib, bunday xislatlar tug‘ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo‘ladi. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysinadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysinadi. Bulardan tashqari odamning barkamol inson bo‘lib shakllanishida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topishi asoslarida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki, inson hayoti davomida jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy ihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida, bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o ‘rin egallaydi. Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarish lar jismoniy rivojlanishiga taalluqlidir. Odam bo‘yining o‘sishi, gavda g‘irligining ortib borishi. gavda tuzilishining o’lgarishi, qon bosimi, o ‘pka sig‘imi, tayanch-harakat a’zolarining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlaridir. Bunga hikmatlarda ham e’tibor qaratilgan. Xususan, ulardan birida «Salomatlik – bu bebaho boylik. Shu bois, uinson uchun berilgan birinchi baxtdir», – deb qayd etiladi. Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga aalluqlidir.Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish,mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali boMishi, ularning samaradorligi va h.k), shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o‘rin tutadi. Shaxs sifatlarini to‘g ‘ri aniqlash uchun turli munosabatlar jarayonida uni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.Bugungi kunda ta ’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllan tirishga xizmat qiladigan zarur bir soha sifatida namoyon bo‘layotgan ekan, shaxs ta’rifi ham birmuncha oydinlashadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan «shaxs» quyidagicha ta’riflanadi:Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Demak, shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli boMib, ongli faoliyat bilan shug’ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o ‘z o‘rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xattiharakat larning miqdoriy va sifat o‘zgarishi jara yonidir. Nasldan naslga o‘tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat. asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko’zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlari ham nasldan naslga o ‘tadi. Iste’dod alomatlari umumiy xusu siyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo‘naltirilgan emas. Iste’dod alomatlari muayyan faoliyatga moyilligini aks ettiradi, xolos. Ma’lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajdodlariga xos iste’dod nishonasi aks etganda, aynan shu iste’dodning shakllanishida muhim rol o‘ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga oila muhitini nazoratdan chetda qoldirmaslik lozim.Fiziologiya va psixologiya fanlari bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki birorbir qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat go‘yo «mud-roq» holatda bo‘Iib, uning «uyg’onishi» – rivojlanishi uchun qulaymuhit yaratishini taiab qiladi.Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog’liq. Muhit – bu shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi voqeahodisalar ajmuyi. «Muhit» tushunchasi o‘ziga geografik-hududiy,ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.Mikromuhit o ‘zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog‘da nisbatan mustaqiilikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o ‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, erta o‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo’lmasa, yo‘q bo’lishi yoki mudroq» ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, axloq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit, unda shaxsning shakllanish jarayoniga, ta’siri roliga alohida e’tibor beradi. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta’siri g‘oyat muhim ekanligini ta’kidlagan holda, ular ijtimoiy muhit abadiy emas, u ijtimoiy-tarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida o‘zgarib boradi, deya ta’kidlaydilar.Oila muhiti — mikromuhit ham o ‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu bois mustaqi- likka erishilgandan so‘ng, o‘tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.Mavjud ijtimoiy muhit inson ning o ‘sib borayotgan ongiga ta’sir etadi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali arnalga oshiriladi. Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq holda, shaxs rivojlanishiga ta’sir etadi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, salbiy ta’èirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi: Tarbiya jarayonida kishi ongining o‘sishi sodir bo‘ladi. Masalan, bola o‘z ona tilini, atrofini o‘rab turgan muhitning ta’sirida o’rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish va yozishni ta’lim olish yo‘li bilan o‘rganadi. Ma’lum bilim ko’nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi. Tarbiya yordamida kishining tug’ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar, ko‘r, soqov va h.k) bilan tug‘iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy qobiIiyatlari taraqqiy qiladi, sog‘lom kishilar bilan barobar faoliyatda bo’lishi mumkin. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan kamchilik (bolalarning qarta, qimor o‘ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga o ‘rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin. Tarbiya – istiqboidagi maqsadni Shu bois, shaxs kamolotini ta’minlashda ilg’or rol o ‘ynaydi.Tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bola shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta’sirini hisobga olishga bog‘iqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bola mavjud bo’lgan mikromuhit mazmunini, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi kishilar va ular bilan o‘rnatilgan aloqa mohiyati belgilaydi. Bola oila a’zolari, tarbiyachi, o ‘quvchi, o‘rtoqlari, oilaga yaqin kishilari bilan munosabatda bo‘ladi. Ushbu munosabatlar bolaning ivojlanishida g ‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bolaga larning ta’siri o‘zaro muomala-munosabatida bo‘ladi. Ana shu aloqa asosida bola ajdodlar tajribasini o‘zlashtiradi, o ‘zi uchun andoza tanlaydi. Ijtimoiy munosabatlar jarayonida nutq rivojlanadi. Chunki jamiyatda bola kattalar, tengdoshlar, tarbiyachilar va turli jamoalar qurshovida bo‘ladi, u savollar beradi, kuzatadi, mulohaza qiladi. Hayotiy voqeahodisalarni tushunishga, yaxshini yomondan ajratib olishga, o‘z harakatlarini davrtalabiga moslashtirishga urinadi. Har bir ijtimoiy jamiyatda tarbiyaning maqsad va vazifalari, axloq me’yorlari, madaniy boyliklar, jamiyat a’zolarining didi, axloqiy qarashlari, dunyoqarashlari, e’tiqodlari o ‘zgarib boradi va ular tarbiya vositasida bolalar ongiga singdirib boriladi. Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kunlik harakat zarur. Faoliyat yordamida bola atrofmuhit bilan munosabatda bo’ladi, shu orqali uning bilish qobiliyati rivojlanadi, tafakkur qilish darajasi yuksaladi, xarakter sifatlari takomillashib, kamol topadi. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o ‘zaro bogiqligi Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan shqarida boMmaydi. Shu sabbli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat – o‘yin, mehnat, o‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta’lim-tarbiyaga bog’lab o‘rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi. Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’limtarbiya shaxsning o ‘zi faol ishtirok etgandagina, uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, iste’dod qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o ‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi.Tarbiyalash jarayoniIndivid” va “individualizm” bir-biriga yaqin atamalar bo‘lsa ham har birining o‘ziga xos mazmun va mohiyati bor. Agar individ deganda mustaqil yashaydigan tirik vujud, shaxsni tushunilsa, individualizmning kelib chiqishi falsafa qomusiy lug‘atida to‘g‘ri yozilishicha, uning mohiyatini asoslashga qaratilgan qarashlar shaxsni jamoaga qarama-qarshi qo‘yish, shaxsiy manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishni ifodalovchi tamoyil sifatida xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan247. Falsafada qabul qilingan individ tushunchasi uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Uning shakllanish davrining boshlanishi ibtidoiy jamoa bosqichiga to‘g‘ri keladi. Uning jismoniy mav-judligi, individ sifatida mustaqilligi o‘zi mansub bo‘lgan urug‘ jamoasi doirasida bo‘ladi. Akademik Erkin YUsupov “Falsafa” o‘quv qo‘llanmasida, “Urug‘ jamoasining emirilishi bilan asta-sekin ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkchilik bir xotinlikka asoslangan oilaning qaror topishi inson rivojlanishida individdan yuksak bo‘lgan yangi bosqich kelib chiqishini ta’minlaydi”248, deb yozadi. Darhaqiqat, ijtimoiy taraqqiyotning keyingi yuqori bosqichlarida insondagi individuallik, boshqacha qilib aytganda, alohidalik yo‘qolib ketmaydi, aksincha unda bu xususiyatlar ob’ektiv ravishda inson xususiyatlarini ifodalovchi bo‘lib davom etaveradi. Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sifatlaridir. Individuallik alohida olingan insonning aniq hatti harakati, malakasi, layoqati, odat va ko‘nikmalarini ifodalaydi249. Jamiyatda moddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish, siyosiy, ma’naviy-madaniy ishlarda ishtirok etish, fan va san’at sohalarida noyob asarlarni ijod va kashfiyot qilish, umuman olganda ko‘plab burchlarning bajarilishida ana shu individuallik namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda ijodiylik hukm suradi. Individuallikda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farq qilib turadi. Individualizm atamasini SHarq va Farb mutafakkirlari o‘ziga xos mazmunda ishlatib kelganlar. Farb olimlari individualizmga lotincha individium – bo‘linmas, ya’ni inson shaxsiy hayotining alohidaligi sifatida qaraganlar, SHarqda esa, fard arabchadagi yakka, yolg‘iz250 ma’nosida ishlatilib, uning mazmuni keng qamrovli ekanligiga e’tibor qaratilgan. O‘rta asr oxirlaridan boshlab individ (fard) jamoadagi o‘z o‘rnini topgan shaxsga nisbatan ishlatilgan, individuallikning shaxsdan farqi individning betakrorligi, alohidaligi va o‘ziga xosligidir. Olimlarning tadqiqotlarida individ, ya’ni fardning sharq mutafakkirlari ijodidagi tahliliga e’tibor qaratilgan. Masalan, B.SH.Karimovning “Am’aq Buxoriyning ijtimoiy qarashlari” (sotsiologik tahlil) nomli nomzodlik dissertatsiyasida fard so‘zining bir necha, ya’ni: yagona, yakka, mujarrad, hamrohsiz, o‘zgalarga o‘xshamaydigan benazir, bir kishi, bir nafar, ajralgan, yakka o‘zi ma’nolarga egaligi qayd qilingan251. Individuallik (fard) dagi keng qamrovli mazmunning ifodalanishi muayyan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-axloqiy zaruriyatlar oldinga suradigan talab va ehtiyojlar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, IX-XV asrlarda Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlar falsafa, fan, din va san’atda shunday yangi fikrlarni aytishga muvaffaq bo‘ldilarki, ular nafaqat o‘z davrlari uchun, balki keyingi davrlar uchun ham ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonining tarixiga nazar tashlasak, shu narsa ayon bo‘ldiki, antik davrning oxirlarida individuallikni shaxs deb ataganlar, inchinun u faqat tabiiy organizm emas, balki insoniy, ijtimoiy mavjudot sifatida qabul qilingan. SHundan e’tiboran shaxs atamasi va unga taalluqli narsalar shaxsiylik ma’nosida ishlatilishi odat tusiga kira boshlagan. Hozirgi zamon falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlarda shaxs tushunchasiga bir necha talqin berilgan. YA’ni, shaxs deb muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan, o‘z taqdirining egasi bo‘la olgan, individual holatda intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarga ega bo‘lgan odamga aytiladi. Tarixan turli diniy-falsafiy tizimlar shaxsga o‘zlaricha yondoshganlar. Agar antik davr falsafasida shaxsga nisbatan asosan munosabatlar deb qaralgan bo‘lsa, xristianlik ta’limotida shaxs maxsus mohiyat, “Individual substansiya”, aqliy xususiyat, nomoddiy ruhning sinonimi deb tushunilgan. YAngi davr falsafasida fransuz faylasufi R.Dekartdan boshlab shaxs haqida dualistik g‘oya shakllanishiga yo‘l ochildi.Bunda birinchi o‘ringa o‘z-o‘zini anglash “Men” tushunchasi bilan birlashtirib yuborildi. Nemis faylasufi I.Kant fikricha, shaxs o‘z-o‘zini anglashi orqali shakllanadi, bu holat unga hayvonlar olamidan farqlab, o‘zining “Men” ini axloqiy qoidalarga bo‘ysundirish imkoniyatini beradi252. Ingliz faylasufi Dj.Lokk esa shaxsni “aqliy”, “fikrlovchi” mavjudot,253 deb tushungan. “SHaxs”alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan individ ma’nosini anglatadigan tushunchadir.Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘z predmeti nuktai nazaridan ishlatiladi. SHaxs hakida xilma-xil talqinlar bor. SHaxs - biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarniig yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir. YUqorida zikr qilingan faylasuf olimlarning shaxs haqidagi ta’riflaridan kelib chiqib unga shunday ta’rif berish mumkin. YA’ni, shaxsning shakllanishi o‘z-o‘zini anglash va aqliy fikrlashdan tashqari avvalo muayyan tuzumda faol qatnashishi bilan ijtimoiy hayotning qaror topishiga o‘z hissasini qo‘shish, buning uchun o‘z intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarini to‘liq namoyon qilish va nihoyat shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarining o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. SHunday qilib, individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, individuallik uni muayyan o‘ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, “shaxs” tushunchasiga yanada torroq ma’no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. YA’ni keng talqinga yo‘l qo‘yadigan “individ” va “individuallik” tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. “SHaxs” tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shu ma’noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni, “ijtimoiy qiyofasi” nuqtai nazaridan tavsiflaydi. Falsafa tarixida antropologik g‘oyalarning rivojlanishi, odamzot evolyusion taraqqiyoti xamda uning Er deb atalgan bir butun tabiatga, shuningdek ijtimoiy taraqqiyotga xal qiluvchi ta’sir o‘tkazish bosqichi – Noosfera davriga kirganini har bir individ anglab olishi zarur. Muayyan ijtimoiy birlik (butunlik) ichidagi ayrimlik individdir.yani individ yakka-yolg‘iz odam emas, balki betakror (individual) xususiyatlariga ega bo‘lgan ayrim kishidir. Individda ayrimlik bilan umumiylik uyg‘un xolda mavjud bo‘ladi. Umumiylikdan ayrimlikni farqlash uchun individ tushunchasi qo‘llaniladi. Umumiylikdagi ayrimlik – individuallik quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) muayyan ijtimoiy gurux, jamoa, tashkilotni tashkil etgan odamlarning o‘ziga xos fel-atvorlari; b) o‘zini tashkil etgan muayyan ijtiomiy gurux kishilarining o‘zlariga xos ijtimoy belgilari, sotsial qiyofalari. Individ va shaxs tushunchalari bir-biriga yaqin. SHaxs betakror (individual) sifatlari bilan albatta individ, ammo u faol xususiyatlari tufayli shaxsdir.Individni o‘ziga xoslik, betakrorlik sifatlasa, shaxsni shu bilan birga, erkin, ijodiy fikrlash va muayyan vaziyatda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olib, mustaqil harakat yo‘nalish olish qobiliyati kabi sifatlar belgilaydi. SHaxs har bir davrda mavjud bo‘lgan muayyan ijtimoiy extiyojlar va manfaatlarni ilg‘ab olib, o‘zi mansub bo‘lgan odamlar guruxi manfaatlarini to‘laroq gavdalantiradigan va u sotsial guruxga xos fazilat va qusurlarni yorqinroq namoyon etadi. Bunday shaxslar o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy gurux manfaatlarini faol ximoya qila oladi va buning uchun masuliyatni o‘z zimmasiga dadil ola biladi. yani muayyan umumiylik ayrim shaxslarda o‘zining yorqin ifodasini topadi. Ijtimoiy muxit inson shaxsini qay darajada shakllantirsa, shaxslar xam o‘sha muxit qanday xolatda bo‘lishini kafolatlaydi. Biroq, shaxslarning barchasi xam ijtimoiy muhit doirasida harakat qiladigan, qotib qolgan turg‘un fikrlar asosida hayot yo‘nalishi belgilaydigan insonlar emas. Har bir individda genetik dastur asosida qabul qilingan va qayta ishlaydigan axborotli inikos turlicha bo‘lgani sababli, undagi o‘zi yashab turgan ijtimoiy muxit xodisalariga qiziqish darajasi xam turlicha bo‘ladi. SHaxs o‘z shaxsiy sifatlari bilan muayyan ijtimoiy harakatga ta’sir ko‘rsatish darajasiga qarab qadrlanadi va qadrsizlanadi. Muayyan tarixiy sharoitlarda yirik ijtimoiy xarakatlarga boshchilik qilganlar tarixiy shaxs sifatida o‘zidan yaxshi yoki yomon nom qoldiradi. Tarixiy shaxslarda jamiyat taraqqiyotini tezlatish yoki sekinlatish, xatto orqaga qaytarish imkoniyati katta bo‘ladi. Bunda ulardagi tarkib topgan dunyoqarash va shu asosida vujudga kelgan imon yo‘nalishi va darajasi muhim rol o‘ynaydi, undagi insoniy fazilatlar va qusurlar o‘zi boshchilik qilayotgan harakatga ijobiy yoki salbiy tasir ko‘rsatadi. SHaxs va uning erki muammosi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Erkin faoliyat ko‘rsatishga ega bo‘lish shaxs uchun tarixiy, ijtimoiy va axloqiy qadriyat bo‘lib, uning individualligi namoyon bo‘lishi va jamiyat taraqqiyoti darajasining mezonidir. SHaxs erkinligini poymol etish, uning ongi va xulq-atvorini bir qolipga solishga intilish, individlarni jamiyat, davlatni boshqarish ishlaridan amalda chetlatish shaxs kamolotiga salbiy tasir ko‘rsatish bilan birga ijtimoiy taraqqiyotni xam sekinlatadi, turg‘un xolga keltiradi va xatto tanazzulga olib keladi. Bola o‘z onasidan tug’llishi bilan uni tashqi muhit asosida tarbiyalash boshlanadi, chunki, odatda, uichki muhit asosida ona qornida tarbiya oladi.Tarbiya insonning o‘z oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kim o ‘z nasidan «yomon» bo’lib tug’llmaydi. Tug’llgandan keyin ham hech bir ota-ona o‘z bolasini yomon boMishini xohlamaydi. balki uni ardoqlab o‘stiradi Foydalanilgan Adabiyotlar 1." Umumiy psixologiya" Do'stmuhammedova. 2."Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti" Safaeva N.S, MirashirovaN.A., Odilova N.G. 3. arxiv.uz - sayti. 4." Muloqot psixologiyasi" Maxsudova M.A. Download 42.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling