Referati bajardi: Sh. Shuhratov Tekshirdi: V. Abdurahmanov Oltinko’l 2023-y
Download 132.4 Kb.
|
Sherdor iqtisod nazariyasi
Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda psixologik nazariyalar ham o‘z o‘rniga ega. Psixologik nazariya tarafdorlari (J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kirtish mumkin.) fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob’ektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi. Kredit tizimining rivojlanishi talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning ruhiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilarda likvidligi yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyillik ortib borishi o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi62. Biroq iqtisodiy fanda ularning faqat bir nechta turlari aniq bo‘lib qisqa, o‘rta va uzoq muddatli sikllarni ajratish qabul qilingan. Mazkur sikllarning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uzoq muddatli sikllar oqimida o‘rta va qisqa muddatli, o‘rta muddatli sikllar to‘lqinida esa bir nechta qisqa muddatli sikllar mavjud bo‘ladi. Ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan asosiy turlari 19-jadvalda ifodalangan. Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan. AQSH va Evropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan ettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‘y bergan. 1857 yilda qator G‘arbiyevropa davlatlarini qamrab olgan birinchi jahon siklik inqirozi ro‘y bergan. 1873 yilda XIX asrdagi eng uzoq va talofatli inqirozdan keyin 1882 va 1990 yillarda yana yangi inqiroz kuzatilgan. 1900-1901 yillarda bir vaqtda Rossiya va AQSHda metallurgiya sanoatida boshlangan inqiroz shiddatli ravishda barcha Evropa davlatlariga tarqalgan. Iqtisodiyot tarixiga “Buyuk depressiya” nomi bilan kirgan 1929-1933 yillardagi inqiroz eng talofatli va uzoq davom etgan inqiroz hisoblanadi. Bu inqiroz davrida jahon ishlab chiqarishi hajmi 44%ga, jahon savdosi 62%ga kamaygan. Inqiroz kuchaygan davrda etakchi davlatlarda ishsizlikning umumiy soni 30-40 mln. kishiga etgan. “Buyuk depressiya”dan keyin 1974-1975 yillardagi inqiroz bir vaqtda deyarli butun rivojlangan mamlakatlarni qamrab olib, ishlab chiqarish 12% ga qisqargan. Urushdan keyingi yillarda bir qator mamlakatlar uchun 1980-1982 yillardagi inqiroz eng talofatli hisoblanib, bu davrda (1982 yil oxirida) band qilinmagan ishlab chiqarish quvvatlari Italiyada 30%ni, Kanadada 30%dan ortiqni, AQSH qayta ishlash sanoatida 32,4%ni tashqil qilgan. Download 132.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling