Referati buxoro-2023 Oʻzbekiston va Yunesko munosabatlari
O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor
Download 244.39 Kb.
|
7-mustaqil talim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Millatlararo munosabatlarda yangi davr.
O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi boshi- dan kechirgan og‘ir qatag‘on yillari va ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘p sitamlarga yuzma-yuz bo‘lgan koreyslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, qrim-tatar va boshqa millat vakillari O‘zbekistonni Vatan tutdilar. Ulaming hozirgi avlodlari uchun esa O‘zbekiston ona Vatanga aylandi. Chunki ular shu yerda tug‘ilib kamolga yetdilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topdilar.
Bugungi kunda ham milatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi dunyoda eng dolzarb muammolardan biridir. Shu munosabat bilan, YUNESKO 1995-yil Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa har yilning 16-noyabrini «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qildi. O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadigan “Mus- taqillik” va “Navro‘z” bayramlari, 8-dekabr - Konstitutsiya qabul qilingan kun, 8-mart - Xotin-qizlar kuni, 9-may - Xotira va qadrlash kuni kabi bayram tadbirlarida turli millat va elat vakillari ham faol qatnashadilar. Hozirgi O‘zbekiston hududida qadimdan Sharq ma’naviyatiga tayanib yashash, hamjihatlikka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, millatidan, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, yagona o‘lchov - insonni insonligi uchun ulug‘lash bosh mezon qilib olingan. Bugungi kunda respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarida turli millatga mansub talabalar tahsil oladi. Dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida kuzatiladigan yana bir holat shuki, O‘zbekistonda ta’lim 7 tilda olib boriladi. Bular sirasiga o'zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari rus, qozoq, turkman, tojik va qirgTz tillarini kiritish mumkin. Teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jumallar 10 dan ortiq tillarda chop etilmoqda. Bu O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Millatlararo munosabatlarda yangi davr. Bugun respublika hudu- dida yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi millatlararo totuvlikni mustahkamlash, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning kafolati bo’lib xizmat qilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respubiikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bocyicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda tinchlikni yanada mustahkamlash, millatlararo barqarorlikni yuksaltirish maqsadida 2017-yil 19-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo muno- sabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillash- tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi far- moni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, Baynalmilal madaniyat markazi negi- zida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do(stlik aloqalari qoemitasi tashkil etildi. Bu esa, oez navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlarini qoTlab-quvvatlash, ulaming samarali faoliyat yuritishida davlat idoralari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan docstlik aloqalari qo‘mitasi Xalqlar do‘stligi maydonidagi Shomahmudovlar oilasi haykali va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda mustahkam tayanch bo‘ladi. Download 244.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling