Referati buxoro-2023 Oʻzbekiston va Yunesko munosabatlari


Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi


Download 244.39 Kb.
bet4/4
Sana30.01.2023
Hajmi244.39 Kb.
#1140978
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
7-mustaqil talim

Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi. SSSR davrida O‘zbekistonda 89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib keldi. O‘zbekiston aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti respublika miqyosida nishonlab kelinmoqda,diniy jumal va gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas.
Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi.
1991- yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolaming hayotida muhim o‘rin egalladi.
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlami majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda.
1992- yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana boshlandi.
1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qommda fuqarolaming vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq “Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab- quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlami boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar”.
O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Diniy bag‘rikenglik mamlakatda rivojlanayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Ayni paytda 16 ta diniy konfessiya o‘zaro totuvlikda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita dindorlar ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi - AYSESKO tomonidan “Toshkent - Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston davlatining dinga bo‘lgan munosabati natijasidir.
Download 244.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling