Referati Fan nomi: Ona tili va bolalar adabiyoti Mavzu: Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy qarashlar


Download 42 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi42 Kb.
#1433605
TuriReferat
Bog'liq
Hamrakulova Zeboning




Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika institutining “Boshlang’ich ta’lim va STI” fakulteti 102-guruh talabasi Hamrakulova Zeboning


Referati


Fan nomi:Ona tili va bolalar adabiyoti


Mavzu:Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy qarashlar


O’qituvchi: Jumanazarova Guljahon


Mavzu: Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy qarashlari


Reja:


1.Alisher Navoiy hayoti va ijodi.
2.Alisher Navoiyning asarlarida ta’lim va tarbiyaning ahamiyatliligi.
3.Shoirning vatanga, ona yurtga muhabbati.
4.Mening xulosam.


1.Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov Alisher Navoiyga shunday ta’rif berganlar.”Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri,shoir desak shoirlarning sultonidir”.
Ulug' o'zbek shoiri,mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy temuriylar saltanatiga tegishli Xuroson mulkining markazi Hirotda 1441-yilning 9-fevralida tug'ilib shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan.Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan.She’r zavqi va iste’dodi erta uyg’ongan Alisher yeti yoshidayoq Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini yod olgan,Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan.Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan.
Sayyid Hasan Ardasher,Pahlavon Mauhammad kab iustozlardan ta’lim olgan,Abdurahmob Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan.Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan chiqib ketishga majbur bo’lgan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach,Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlandi.Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy”(sulton hazratlarining eng yaqin kishisi) degan unvonni beradi.Ung ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig’ib “Ilk devon”tuzgan edilar,so’ngra “Badoyi ul-bidoya”,”Navodir un-nihoya” nomli devonlar tartib berganlar.
Navoiy merosining salmoqli qismini nasriy asarlar tashkil etadi.Ular ijtimoiy-siyosiy,axloqiy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy yo’nalishdadir.”Mahbub ul-qulub” Navoiyning so’nggi yillik asari bo’lib,unda ulug’ mutafakkir,adibning hayoti davomidagi kuzatishlari,to’plagan boy tajribasi o’z yuqori darajasida aksini topgan.Uch qismdn iborat bu asarda “Soriun-nosning af’ol va ahvolining kayfiyati’,axloqiy mummolar,”mutafariqqa favoyid va amsol surati” masalalari ifodalangan.
2.Alisher Navoiy so’z mulkining sultoni hisoblanadi.Uning asarlarini sanab sanog’iga yetish mushkul ish. Lekin shuni aytolamanki , shoirning har bir asarida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati juda ham katta.Asarlarini o’qishga kirishgan odamda albatta, hayajon paydo bo’ladi.Boisi shundaki,uning asarlarinimo’qiyotgan insonda Aisher navoi bilan birgadek o’zini his etadi.Ta’lim ba tarbiyaning uyg’unligini uning bitta asarida misol qilib ko’rstishim mumkin .Ya’ni “Xamsa” asarining “Hayrat ul-abror” ya’ni (Yaxshi kishilarning hayratlanishi).Bu doston juda ham ma’noga boy asar hisoblanadi.Pand nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy,falsafiy doston.3988 baytdan iborat bo’lib, 64 bob 29 maqolatdan tashkil topgan.Aruzning sare’ bahrida yozilgan.Asarda shoir Alloh, borliq, inson haqida shunday fikrlaydi:bir vaqtlar bu jahon (yashirin edi).Na yer na ko’k,na kun,na tun,-hech nrsa yo’q edi. Sendan boshqa hech kim, hech narsa yo’q edi. Nozir ham, manzur ham o’zing eding.Ishqingdan mast, husningdan masrur eding,husning jilvasiga cheku chegara yo’q edi. Senga ko’zgu kerak bo’ldi va shu maqsad bilan dunyo maydonga keldi.Demak, dunyo sening jamolingga oynadir. Sen dunyoni g’oyat go’zal qilib yaratding,lekin hammasidan insonni ulug’ .a2 ,ylading.Binobarin,Alloh har narsadan ulug’ va yaqin tutgan insonni ham tabiatning ,ham jamiyatning gultojidir.Navoi dunyoni Allohning namoyon bo’lishidir,deb biladi. Inson esa uning markaziy siymosi.
3.Alisher Navoiyning Vatanga muhabbatini uning har bir asarining taftida his qilishimiz mumkin.Shoir yurtiga shunchalik sodiq, vafodor bo’lganki, uni so’z ta’riflash mumkin emas.”Farhod va Shirin” dostonida Farhodning Shiringa bo’lgan muhabbati tufayli uning butun lashkarni yengganligiga amin bo’lishimiz mumkin. Bu bilan men nima demoqchiman, shoirning Farhod orqali Shiringa bo’lgan muhabbatidan shuni sezdimki, u inson nafaqat sevikli yoriga balki ona yurtiga muhabbati ha juda ham beqiyosdir.
4.Xulosa. Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida yoshligimizdan bilamiz.Shoirning har bir g’azali va har bir asari kitobxonning qalbiga yetib
boradi.Alisher navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarini siyosat bilan birlashtirgan .Yuqori mansabga ega bo’lgan shaxs bo’la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo’shgan ,ilm-fan, san’at rivojiga homiylik qilgan,tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.Alisher Navoi mana necha yillardirki,uning ismlari tilimizda,boisi u kishining asarlari,g’azallaridan har bir inson juda ko’p narsani bilib olishi mumkin.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling