Referati ilmiy rahbar : xiva-2023 Mavzu: Shartnoma tushunchasi Reja: Shartnoma tushunchasi
Download 95.91 Kb.
|
Kamron iqtisot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Institut Tashkilot
Institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegara
Hukmronlik munosabatlarining rasmiy tuzilmasi, ma’lum darajadagi murakkablik bilan tavsiflanuvchi ko`p pog`onalilik. Tashkilot - hukmronlik munosabatlari, ya’ni ishtirokchilarining ayrimlari - «agentlar» tomonidan o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining uning boshqa ishtirokchisi - «prinsipal»ga topshirilishi asosida qurilgan muvofiqlashtirish birligi. Tashkilotni muvofiqlashtirish birligi sifatida ta’riflash ushbu tushuncha va insonlarning o`zaro hamkorligini belgilab beruvchi «institut» tushunchasini aniq chegaralashni talab qiladi. Ularni quyidagi jadval yordamida taqqoslaymiz:
Transaksiya xarajatlarini tejashga taalluqli bo`lgan so`nggi farq xususida alohida to`xtalib o`tish lozim. Yollash to`g`risidagi shartnomani amalga oshirish o`sha maqsadlar uchun sotish to`g`risidagi shartnomaning institutsional doiralaridan foydalanishdagiga qaraganda ancha kam transaksiya xarajatlari bilan bog`liq. Tejash, birinchidan, shartnomani muntazam qayta tuzish zarurati yo`qolishi munosabati bilan, ikkinchidan esa, shartnomaning implitsit shakli – o`zaro hamkorlikning barcha detallarini aniq tafsirlashdan voz kechish hisobidan paydo bo`ladi. Transaksiya xarajatlarini tejashning qolgan bizga ma’lum vositalari ichida tashkilot bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Bitimlar tuzishda muzokaralar yuritish xarajatlarini tejash imkonini beruvchi standart (namunaviy) shartnomalardan foydalanish; o`lchash xarajatlarini pasaytiruvchi sifat, o`lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish va rivojlantirish; jamiyatda mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish xarajatlarining kamayishiga olib keluvchi konsensus mafkurasini shakllantirish kabi vositalar shular jumlasidandir. Ularni qo`llash intensivligini oshirish bilan yuqorida ko`rsatilgan barcha uchta vositaning samaradorligi pasaymaydi. Aksincha, ushbu vositalardan qanchalik keng foydalanilsa, bir bitim hisobida transaksiya xarajatlarining miqdori shunchalik kam bo`ladi. Tashkilot doirasida transaksiya xarajatlarini tejash borasidagi ishlar esa boshqacha ko`rinishga ega. Transaksiya xarajatlari miqdorlarining o`sishi, ya’ni tashkiliy doiralarda bitimlar ko`proq amalga oshirilishi bilan ushbu sohada uning samaradorligi kamayadi. Tashkilot ichida bitimlarni amalga oshirish hamon axborotni qidirish xarajatlarini, shuningdek muzokaralar yuritish xarajatlari va shartnoma tuzish xarajatlarini pasaytirish imkonini bersa-da, bunda boshqa xildagi xarajatlarning o`sishi yuz beradi. Tashkilot o`lchamlarining ortishi bilan, birinchi galda, monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlari oshadi. Birinchidan, tashkilot ishtirokchilari sonining o`sishi bilan ular manfaatlarining birligiga, aniqrog`i ular manfaatlarining «prinsipal» manfaatlariga mos kelishiga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun «prinsipal» monitoringni va «agentlar» harakatini nazorat qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirishga to`g`ri keladi. Bundan tashqari, tashkilotning o`sishi «prinsipal»ni, «agentlar»ni nazorat qilish bo`yicha vakolatlarining bir qismini o`z vakillariga topshirgan holda, murakkab hukmronlik munosabatlari sxemasiga o`tishga majbur etadi. Ushbu tarkibiy o`zgarishlar nafaqat «agentlar»ni nazorat qilish xarajatlarining ortishi bilan, balki «prinsipal» manfaatlari vakillarining harakatlarini nazorat qilish zarurati bilan ham bog`liq R.Kouz tashkilotning o`sishi bilan kamayuvchi samaradorlikni «menejmentning kamayuvchi marjinal samaradorligi» deb nomladi va hamma vaqt institutga (bozorga) nisbatan tashkilot (firma) o`sishining chegarasi mavjud degan fikrga keldi. «Firma firma ichidagi bitta qo`shimcha transaksiyani tashkil etish xarajatlari o`sha transaksiyani ochiq bozorda almashish orqali amalga oshirish xarajatlari bilan tenglashgunga qadar kengayib boradi...». Ya’ni, yolg`iz firmadan tashkil topgan iqtisodiyot (buyruqbozlik iqtisodiyotini ana shunday deyish mumkin) bo`lishi mumkin, lekin menejmentning marjinal samaradorligi kamayiishi tufayli u samarasiz bo`ladi. Masalan, A firma bozorda B, V va G firmalardan (sotish to`g`risidagi shartnoma doirasida) sotib olinadigan butlovchi qismlardan kompyuter yig`ish bilan shug`ullanadi, deylik. O`zining transaksiya xarajatlarini optimallashtirgan holda, A firma B firma bilan yagona korxona tuzishga qaror qiladi. U V firma bilan ham masalani huddi shu tariqa hal etadi. G firmani yagona tashkiliy tuzilmaga kiritish firma ichidagi boshqaruv va nazorat xarajatlarining o`sishi tufayli foydasiz bo`lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, A firma tomonidan V firmaning qo`shib olinishi chegara bitim hisoblanib, shundan so`ng keyingi kengaytirish samarasiz bo`lib qoladi. Lekin, institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegaraning aniq demarkatsiyasi sotish to`g`risidagi shartnoma (bozor bitimlari)ning ham, yollash to`g`risidagi shartnoma (firma ichidagi bitimlar)ning ham elementlarini o`zida birlashtiruvchi neoklassik shartnomalarning mavjud bo`lishi fakti bilan qiyinlashadi. Masalan, A firma o`z tarkibiga G firmani birlashtirishdan bosh tortishi, lekin ayni paytda u bilan butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun shartnoma tuzishi mumkin, bu hukmronlik munosabatlari asosida emas, balki ikki tomonlama kelishuv asosida bozorning «tabiiy» oldindan aytib bo`lmasligidan ko`riladigan zararlarni pasaytirish imkonini beradi. Shartnoma erkinligi tamoyilining mazmuni FKning 354-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan. Unga koʻra, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Buning ma’nosi shundan iboratki, hech kim ularni shartnoma tuzishga majbur qila olmaydi. Shartnoma fuqarolar va yuridik shaxslarning oʻz xohishiga koʻra, oʻz erki irodasi bilan tuziladi. Albatta, ularni shartnoma tuzishga undovchi sabablar (motiv) turlicha boʻlishi mumkin: oʻz ehtiyojlarini qanoatlantirish, foyda olishga intilish, ta’sis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish va h.k. Ba’zan, boshqa uchinchi shaxslar shartnoma tuzish haqida talab, taklif yoxud iltimos qilishlari mumkin. Biroq har qanday holda ham shartnoma tuzish haqidagi qaror fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan mustaqil, oʻz erki-irodasi asosida qabul qilinadi. Shartnoma tuzish vaqtida fuqaro (yuridik shaxs rahbari, vakili) fikri tiniq, ruhiy holati normal, oʻzini oʻzi idora qila oladigan, oʻz harakatlarining oqibatlarini koʻra oladigan holda boʻlishi lozim. Agar subyektning ichki ruhiy holatida, ongida roʻy bergan buzilishlar, tashqi ta’sirlar tufayli shartnoma tuzishga majbur etilsa, unday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Bu shartnomalar erkinligini real ta’minlashning oʻziga xos yuridik kafolati hisoblanadi deb aytish mumkin. Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning oʻzaro manfaatdorligi, shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (ya’ni, xalq tili bilan aytganda, “shartnomaning puldan qimmatligi”), unda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan koʻra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan (shartnomadan) toʻlaroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalar toʻlov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini har tomonlama ragʻbatlantiradi, oʻz navbatida taraflarning mas’uliyatini oshiradi, xoʻjalikning debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta’minlaydi. Bu esa, oʻz navbatida, jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning moʻl-koʻlligiga garovdir. Shartnoma erkinligi tamoyili nafaqat fuqarolik huquqini, balki milliy huquq tizimini yetakchi tamoyillaridan biri deb aytish mumkin. Shartnoma erkinligi tamoyili asosida quyidagi qoidalar yotadi: Masalan, avtotransport egalari qonunga koʻra oʻzlarining fuqarolik – huquqiy javobgarligini majburiy sugʻurtalash shartnomasini tuzishlari shart. -fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar; -shartnoma tuzishga hech kim majbur qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, shartnoma tuzish burchi FK (358-modda), boshqa qonunda (Avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisidagi qonun, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisidagi qonun) yoki olingan majburiyatda (FK 361-moddasi) nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. - taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan istalgan shartnomalarni tuzishlari mumkin (distribyutorlik shartnomasi, volontyorlik shartnomasi, tansoqchi xizmati boʻyicha fuqarolik shartnomasi, tolling (xom ashyoni qayta ishlash uchun topshirib, birlamchi, ikkilamchi tayyor mahsulotlarni oʻziga qaytarib olish haqida shartnoma), agentlik shartnomasi, konsignastiya shartnomasi, notijorat hamkorligi shartnomasi va boshqalar); -aralash shartnomalar tuzishga taraflar haqliligi; -qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imperativ shartlardan tashqari qolgan shartlar erkin belgilanadi. Xulosa Demak, shartnoma muayyan bitimlarni amalga oshirishning institutsional doiralarini o`zida namoyon etadi. Har qanday institut singari, shartnoma nafaqat o`zaro hamkorlikni chegaralaydi, balki uning uchun zamin yaratadi, bu hol ayniqsa bitimlarni tuzish va amalga oshirish lahzalarining vaqt bo`yicha mos kelmasligida yaqqol namoyon bo`ladi. Bunday turdagi bitimlar ular ishtirokchilarining maqsadlariga bog`liq bo`lmagan holatlarning paydo bo`lishi xatari bilan bog`liq. Insonlar xatarni qabul qilish darajasi bo`yicha farq qiladi, bu esa ikki turdagi shartnomalarning – xatarga betaraf bo`lgan sheriklar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi sotish to`g`risidagi shartnoma hamda xatarga betaraf bo`lgan va xatarga qarshi insonlarga o`zaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi yollash to`g`risidagi shartnomaning mavjud bo`lishini izohlaydi. Tashkilot miniatyuradagi buyruqbozlik iqtisodiyotini o`zida namoyon etadi. Tashkilot ichki o`sishining cheklanishlari aynan shu bilan bog`liq: tashkilot ko`lamlarining kengayishi monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlarining oshishiga olib keladi. Institut (bozor) bilan tashkilot (firma) o`rtasidagi eng aniq chegara quyidagi ko`rsatkichlar darajasini baholash yordamida aniqlanadi: aktivlarning o`ziga xosligi, noaniqlik, bitim tomonlarining xatarga moyilligi, bitimning murakkabligi, shuningdek qonundan foydalanish narxi bilan xufyonalik narxining o`zaro nisbati. Foydalangan adabiyotlar Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. 2-qism. Darslik. – Toshkent: TDYU, 2019. 684-b. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 2-jild. (ikkinchi qism). Adliya vazirligi. –Toshkent: Baktria Press, 2013. 912-b. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 3-jild. (ikkinchi qism). Adliya vazirligi. –Toshkent: Baktria Press, 2013. 800-b. Imomov N.F. Yuridik shaxs mohiyatining fuqarolik-huquqiy talqini (nazariy masalalar). Monografiya. –Toshkent: TDYuU, 2017. 156-b. Oqyulov O., Ro‘zinazarov Sh.N., Imomov N.F. Fuqarolik qonunchiligining rivojlanishi va takomillashtirish istiqbollari (axborottahliliy material). – Toshkent: TDYI, 2015. 111-b Download 95.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling