2.Qiz bolalar sochiga mato qoldiqlaridan gul tayyorlash.
Qizlarning qo`li shunchalik gulki ular yo`qdan bor yaratishga ham ustadirlar. Sunday ekan keraksiz bo`lib qolgan futbolka yoki koftalardan qizlar o`zlari uchun kerakli buyum tayyorlashlari mumkin. Hozir sizlar bilan birgalikda keraksiz buyumlardan biz uchun kerakli bo`lgan qiz bolalar sochini yig`ib turuvchi gulli lenta tayyorlash jarayoni bilan tanishib chiqamiz.
Kerakli mahsulotlar.
Mato bo`laklari,ip, igna, qaychi, tikuv mashinasi,rezinka.
Mato 2,5 – 3 sm kenglikda kesib olinadi.
Qotirma aylana shaklida kesib olinadi.
Kesib olingan mato bo`laklarini tikuv mashinasi yordamida to`g`ri tikib chiqiladi va pirpirak shakliga keltirib olinadi.
Tayyorlab olingan aylana shakliga pirpirak lentasimon bo`lakchalarni to`g`nog`ich yordamida biriktirib olinadi.
Tikuv mashinasi yordamida ularni bir biriga biriktirib tikiladi
So`ng ustidan ikkinchi pirpirakni qo`yib tikamiz
Bu jarayon bir necha bor takrorlanadi.
Ketma- ketlik jarayoni rasmda ko`rsatilgan. So`ng o`rta qismiga tugun holida bog`langan aylana shaklidagi matoni qo`yib tikib chiqiladi.
Tayyor bo`lgan gulga rezinkani biriktirib tikamiz. Qiz bolalar uchun mo`ljallangan gul ham tayyor.
Do'stlaringiz bilan baham: |