Referati Mavzu: Boshqaruv qarorlarini qabul qilish Boshqaruv qarorlari jarayonining mazmuni va bosqichlari


Download 318.93 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi318.93 Kb.
#1497062
TuriReferat
Bog'liq
boshqaruv qarorlarini qabul qilish referat 4



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Tadbirkorlik va boshqaruv” FAKULTETI
Buxgalteriya hisobi YO‘NALISHI
_2_ -BOSQICH 8-bh-2021___ -GURUH TALABASI
Murodov nodirbekning Buxgalteriya hisobi
FANIDAN TAYYORLAGAN
Referati

Mavzu:Boshqaruv qarorlarini qabul qilish




  1. Boshqaruv qarorlari jarayonining mazmuni va bosqichlari.

  2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullar

  3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligi

Boshqarmaga oid qarorlar bu menejerning aniq boshqarish faoliyati natijasidir. Qaror qabul qilish boshqarish asosidir. Qaror ishlab chiqib qabul qilish har bir satxdagi rahbar faoliyatining ijodiy jarayonidir. Bunga quyidagilar kiradi:
- maqsadni ishlab chiqish va maqsadni qo’yish;
- olingan ma’lumotlarga asosan muammolarni o’rganib chiqish;
- samaradorlik me’zonini tanlash va asoslash;
- muammoni yechishning har xil variantlarini mutaxassislar bilan
muhokama qilish;
- optimal qarorlarni tanlash va ifodalash;
- qaror qabul qilish;
- ijrochilar uchun qarorlarni aniqlashtirish.
Menejment texnologiyasi boshkarmaga oid qarorlarni 3 bosqichdan iborat bo’lgan jarayon sifatida qaraydi: qarorni tayyorlash; qaror qabul qilish; qarorni amalga oshirish.
Qarorni tayyorlash bosqichida holatning mikro- va makrodarajadagi iqtisodiy tahlili o’tkaziladi, bunga axborotlarni qidirish, yig’ish va ishlov berish hamda yechilishi kerak bo’lgan muammolarni ifodalash kiradi.
Qarorni qabul qilish bosqichida harakatning alternativ yechimlari va yo’nalishlarini ko’p variantli hisob – kitoblar yordamida ishlab chiqish va ularga baho berish, optimal qarorlarni tanlash me’zonlarini aniqlash, eng yaxshi qarorlarni tanlash va qabul qilish amalga oshiriladi.
Qarorni amalga oshirish bosqichida esa qarorni chuqurroq aniqlashtirish va uni ijrochilarga yetkazish, qarorni bajarilishini nazorat qilish, zarur bo’lsa ba’zi bir o’zgartirishlar kiritish, qaror bajarilishi natijasida olingan natijalarga baho berish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Boshqaruv qarorlari. Boshqaruv qarorlari: qabul qilishning mohiyati, tasnifi va texnologiyasi. Zamonaviy boshqaruvning turlanishi bashoratlash va ilmiy oldindan ko’ra bilish jarayonlaridan iborat asoslarga tayangan holda, taraqqiyotning boshqalarga nisbatan ilgarilab boruvchi texnologiyalaridan foydalanib boshqaruv tizimlarining majmuali rivojlanishiga ega bo’lishi kerak.
Har qanday tizimlarni (ob’ektlarni) samarali boshqarish inson faoliyatining turli sohalarida qo’llaniladi. Shuning uchun ham, bugungi kunda bu faoliyatda uning sub’ektini oldindan ko’ra bilmaslik, maqsadga yetish va erishishdagi katta to’siqlarga uchratadi. «Boshqarish – oldindan ko’ra bilish» degan gap turli yo’nalishlardagi mutaxassislarning faoliyatiga taalluqli hisoblanadi va mazmuni jihatidan ancha kattalikdagi miqdorlarni tashkil qiladi.
Qaror yuzaga kelib chiqqan muammolarga tashkiliy ta’sirlanish sifatida yakka shaxsning va ijtimoiy guruhlar axloqining universal shakli hisoblanadi va inson faoliyatidagi mezonlarning maqsadli yo’nalishlarini tushuntiradi.
Boshqaruv haqidagi zamonaviy fan va u bilan birga boshqaruv qarorlari nazariyasi zamonaviy tushunchadagi tashkilotlarning kelib chiqishi bilan yuzaga chiqdi. Boshqaruv haqidagi zamonaviy fan va boshqaruv qarorlari nazariyasi tashkiliy qarorlar va boshqaruv qarorlari tadqiqotlari bilan ko’proq shug’ullanadi.
Tashkilotni boshqarishning umumiy tizimi keltirildi. Tashkiliy qarorlar – tashkiliy vazifalarni yechishda rahbarning boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishi jarayonlari haqidagi
qarorlarini aniq belgilay olishi hisoblanadi. Tashkiliy qarorlar qo’yilgan maqsad tomon harakatlanishni boshlaydi.
Boshqaruv qarorlari – maqsadga erishish dasturi va holatlarning tahliliga asoslangan boshqaruv ob’ektiga tanlangan ko’rsatmaning maqsadli yo’nalishli ta’siridir.

Boshqaruv qarorlarining ob’ektlari tashkilotning quyidagi faoliyati turlari hisoblanadi:


• tashkilotning texnik rivojlanishi;
• asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni tashkil qilish;
• iqtisodiy va moliyaviy rivojlanish;
• oylik maosh va mukofotlarni tashkil qilish;
• ijtimoiy rivojlanish;
• hisob-kitob bo’limi faoliyati;
• kadrlar ta’minoti va boshqa faoliyat turlari.
Yuqorida qayd qilinganidek, boshqaruv qarorlarini turli belgilar bo’yicha tasniflash mumkin. Masalan:
1. Boshqaruv vaqtlari bo’yicha (strategik, taktik, operativ);
2. Boshqaruvga duch keladigan jarayonlarning mazmunlari bo’yicha (ijtimoiy, iqtisodiy, texnik va boshq..);
Boshqaruv qabul qilgan qarorlarning samarali bajarilishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishni to’g’ri yechim deb topishgan:
1. ijrochilarning professionalligi va tajribalarini haqqoniy baholash;
2. boshqaruv qarorlarini sifatli bajarishda ijrochilar- ni motivlashtirish;
3. qarorlarni amalga oshirish bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejalarini
so’zsiz bajarilishiga erishish;
Tashkilotning iqtisodiy faoliyatidagi boshqaruv qaror- lari rejali, me’yorli,
texnologik, hisobli va analitik axbo- rotlarga asoslanadi. Boshqaruv qarorlarining
natijalarini baholash va ularning bajarilishiga javobgarlik ichki hisobotlar ma’lumotlari bo’yicha tekshiriladi.
O’ziga mansub usullar yordamida amalga oshirilgan analitik hisoblar rejalashtirish va tashkilotni istiqbolda rivojlan- tirishni muvofiqlashtirish uchun qo’llaniladi.
Qabul qilinadigan qaror joriy va bashoratlangan axborotlarga, kelib chiqadigan oqibatlarni oldindan ko’ra bilishni hisobga olgan, qarorlarga ta’sir qiladigan barcha omillarning tahlilining to’g’riligiga asoslanishi kerak.
Ishlanmalarning texnologiyalari va boshqaruv qarorlari- ni qabul qilish uchun
boshqaruv qarorlarini axborotli ta’- minlashning tamoyilli talablarini
shakllantirish zarur. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zaruriy barcha
axborotlarning yig’indisi axborotlar tizimi deyiladi. Axborotlar tizimi odatda
quyidagi tizim osti axborotlaridan tashkil topgan:
• ichki axborotlar;
• tashqi axborotlar;
• dastlabki axborotlarni to’plash;
Zamonaviy boshqaruvning turlanishi bashoratlash va ilmiy oldindan ko’ra
bilish jarayonlaridan iborat asoslarga tayangan holda, taraqqiyotning boshqalarga nisbatan
ilgarilab boruvchi texnologiyalaridan foydalanib boshqaruv tizimla- rining majmuali
rivojlanishiga ega bo’lishi kerak. Har qanday tizimlarni (ob’ektlarni) samarali
boshqarish inson faoliyatining turli sohalarida qo’llaniladi.
 Qaror yuzaga kelib chiqqan muammolarga tashkiliy ta’sirlanish
sifatida yakka shaxsning va ijtimoiy guruhlar axloqining universal shakli
hisoblanadi va inson faoliyatidagi mezonlarning maqsadli
yo’nalishlarini tushuntiradi. Qaror – bu harakatga rahbarlik hisoblanib, ko’plab ishlarning
rejasi ko’rinishida rasmiylashtirilgan al`ternativ tanlashdir
Download 318.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling